LG OLED55G3RLA [53/60] Antenna kabel

LG OLED55G3RLA [53/60] Antenna kabel
5
Devorga montajlash
Devorga o’rnatiladigan tayanchni televizorning orqa tarafiga
ehtiyotlik bilan mahkamlang va uni mustahkam devorga polga
perpendikulyar holda o’rnating. Televizorni boshqa qurilish
mollariga biriktirishda malakali xodimga murojaat qiling. LG
devorga o’rnatishni malakali mutaxassis tomonidan amalga
oshirilishini tavsiya qiladi. Biz LGning devorga o’rnatish
kronshteynidan foydalanishni tavsiya qilamiz. LG-ning devorga
o’rnatish kronshteynini ulangan kabellar bilan joyini o’zgartirish
osondir. Iltimos, LGning devorga o’rnatish kronshteynidan
foydalanilmagan holatlarda, tashqi qurilmalarga ulanish uchun
yetarlicha joy bilan ta’minlangan va devorga mahkam qotirilgan
devor kronshteynidan foydalaning. Qotirilgan devorga o’rnatish
kronshteynini o’rnatishdan oldin barcha kabellarni ulash tavsiya
qilinadi.
Televizorni devorga o’rnatishdan avval tayanchni mahkamlash
harakatlarini teskari tartibda bajargan holda tayanchi
televizordan ajratib oling.
Vint va devorga montajlash konstruksiyasi haqida batafsil
ma’lumot olish uchun Alohida xaridga qarang.
Agar siz mahsulotni devorga o’rnatmoqchi bo’lsangiz,
VESA (Videoelekronikani Standartlashtirish Uyushmasi)
standartiga mos keladigan o’rnatish interfeysini (ixtiyoriy
qismlarni) mahsulotning orqa tarafiga mahkamlang. Televizorni
devorga mahkamlanadigan tayanchdan (ixtiyoriy qismlardan)
foydalangan holda o’rnatishda uning tushib ketmasligi uchun
tayanchni mustahkam qotiring.
TVni devorga montajlash vaqtida elektr va signal kabellarini
TVning orqasidan osilib turadigan qilib osmang.
Agar ushbu mahsulot moy yoki moyli tuman ta’siriga uchrashi
mumkin bo’lsa, uni devorga o’rnatmang. Bu mahsulotni buzishi
va uning tushib ketishiga sabab bo’lishi mumkin.
Devorga osayotganda aksessuar kabel ushlagichidan
foydalaning. (Faqat OLED48/83C3*)
Antenna/Kabel
Televizorni devordagi antenna uyachasiga RF kabeli (75 Ω) bilan
ulang.
2 tadan ko’proq televizordan foydalanish uchun signal
splitteridan foydalaning.
Agar tasvir sifati yomon bo’lsa, tasvir sifatini yaxshilash uchun
signal kuchaytirgichni to’g’ri o’rnating.
Agar antenna ulangan holda tasvir sifati yomon bo’lsa,
antennani to’g’ri yo’naltirishga harakat qiling.
Antenna kabeli va konverter qurilma bilan birga berilmaydi.
Ultra HD efirga uzatuvi uchun mo’ljallanmagan hudud ichida
televizor Ultra HD efirga uzatuv signallarini qabul qila olmaydi.
Estetikaga amal qilish uchun AV qopqog‘ini ishlating. Juda
ko‘p kabel ulansa, ko‘tarishda muammo yuz berishi mumkin.
Bunday hollarda ishlatishdan oldin AV qopqog‘ini olib tashlang.
(Rusumga qarab)
Sun’iy yo‘ldosh antennasi
Televizorni sun’iy yo’ldosh antennasidagi sun’iy yo’ldosh
uyachasiga RF kabeli (75 Ω) bilan ulang. (Rusumga qarab)

Содержание

Скачать