Samsung DV90TA040AE/LP [136/0] O rnatish

Samsung DV90TA040AE/LP [136/0] O rnatish
O‘rnatish
20
O‘zbek
O'rnatish bo'yicha talablar
IZOH
Bu quritgich malakali mutaxassis tomonidan o‘rnatilishi shart. Agar bo‘sh yoki
nosoz o‘rnatilgani tufayli texnik xizmat ko‘rsatish kerak bo‘lsa, bunga egasi
javobgar bo‘ladi va kafolatni yo‘qqa chiqarishi mumkin. Bu ko‘rsatmalarni kelajakda
foydalanish uchun saqlab qo‘ying.
OGOHLANTIRISH
Quritgichni o‘rnatish yakunlanmasidan turib rozetkaga ulamang.
Quritgichni siljitish uchun kamida ikki kishi yordamlashishi kerak.
Bolalar yoki uy hayvonlari quritgich ichida, ustida yoki atroda o‘ynashiga yo‘l
qo‘ymang. Doimiy nazorat ostida tutish zarur.
Barcha o‘rama materiallarini bolalarning qo‘li yetmaydigan joyda saqlang.
Shikastlangan elektr shnuri yoki vilkasini o‘zingiz almashtirmang. Shikastlangan
elektr shnuri yoki vilkasini Samsung mutaxassisi yoki malakali texnik
almashtirsin.
Quritgichni ta’mirlash, qismlarga ajratish yoki o‘zgartirishga urinmang.
Ta’mirlash uchun yaqinroqdagi Samsung xizmat markaziga murojaat qiling.
Chiqitga chiqarillgan jihozlarning eshik/qopqoqlarini olib tashlang, bolalar
bo‘g‘ilib qolmasin.
Agar quritgich g‘alati shovqin chiqarsa, kuygan hid yoki tutun chiqarsa, darhol
vilkani rozetkadan sug‘uring va yaqinroqdagi Samsung xizmat ko‘rsatish
markaziga murojaat qiling.
Quritgich ishlab turganida vilkani sug‘urmang.
Quritgich yaqiniga yonuvchan jismlarni qo‘ymang.
O‘rnatish
DV5000T_DC68-04209S-00_UZ.indd 20 2020/12/1 11:17:10

Содержание

Похожие устройства

Скачать