Samsung DV90TA040AE/LP [137/0] Elektr ta minoti va yerga ulashga bo lgan talablar

Samsung DV90TA040AE [137/174] Elektr ta minoti va yerga ulashga bo lgan talablar
O‘zbek
21
O‘rnatish joyiga bo‘lgan talablar
Tebranishlarga chidamli, tekis va barqaror sirtni tanlang. Yerga ulangan, 3 tishli
rozetka bor joyni tanlang.
OGOHLANTIRISH
Quritgichni faqat ichkariga o‘rnating.
Quritgichni ochiq havoda o‘rnatmang.
Quritgichni harorat 5 °C dan pasayishi yoki 35 °C dan ko‘tarilishi mumkin
bo‘lgan joyga o‘rnatmang.
Quritgichni gaz sizib chiqadigan joyga o‘rnatmang.
Sovitish panjarasining quritgich old tarada joylashgan havo kirish tuynugini
to‘sib qo‘ymang.
Tokcha yoki shkafga o'rnatish
Tokcha yoki shkafga ornatish uchun minimal oraliqlarga rioya qiling:
Yon tomonlar Tepasi Oldi Orqasi
25 mm 25 mm 490 mm 51 mm
Quritgich kir yuvish mashinasi bilan birga o‘rnatilsa, tokcha yoki shkafning old
tomonida kamida 490 mm ochiq tuynuk bo‘lishi shart.
Elektr ta’minoti va yerga ulashga bo‘lgan talablar
Quritgichga AC 220-240 V / 50 Gs elektr ta’minoti kerak.
Quritgich tegishli tarzda yerga ulanishi kerak. Quritgich to‘g‘ri ishlamagan yoki
ishdan chiqqan hollarda yerga ulash elektr toki uchun eng kam qarshilikli yo‘l
bilan ta’minlab, tok urishi xavni kamaytiradi. Quritgichning elektr shnuri 3
tishli yerga ulanadigan vilkaga ega. Vilka tiqiladigan rozetka tegishli tarzda
o‘rnatilgan hamda barcha mahalliy qoidalarga asosan yerga ulangan bo‘lishi
lozim.
Elektr ta’minoti va yerga ulashga bo‘lgan talablarga oid savol tug‘ilsa, Samsung
yoki malakali elektrikka murojaat qiling.
O‘rnatish
DV5000T_DC68-04209S-00_UZ.indd 21 2020/12/1 11:17:10

Содержание

Похожие устройства

Скачать