Indesit bwse 71252 l b 1 [61/70] Ehtiyot choralari va maslahatlar

Indesit bwse 71252 l b 1 [61/70] Ehtiyot choralari va maslahatlar
UZ
61
Ehtiyot choralari
va maslahatlar
! Ushbu kir yuvish mashinasi xalqaro xavfsizlik qoidalariga
mos ravishda loyihalashtirilgan va tayyorlangan. Quyidagi
ma'lumotlar xavfsizlik nuqtai nazaridan taqdim etilmoqda
va shuning uchun diqqat bilan o'qib chiqilishi shart.
Umumiy xavfsizlik
• Ushbu jihoz faqat uyda foydalanishga mo'ljallangan.
Bu jihoz jismoniy yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki
bilimi va tajribasi yetarli bo'lmagan shaxslar (jumladan,
bolalar) foydalanilishiga mo'ljallanmagan, ular nazorat
ostida bo'lgan yoki ularning xavfsizligi uchun javobgar shaxs
ushbu jihozdan foydalanish to'g'risida ko'rsatmalar bergan
hollar bundan mustasno. Bolalar jihoz bilan o'ynamasligini
ta'minlash uchun nazorat ostida bo'lishi kerak.
• Kir yuvish mashinasidan faqat katta yoshdagi kishilar ushbu
qo'llanmada taqdim etilgan ko'rsatmalar asosida foydalanishi
kerak.
• Mashinaga yalangoyoq turganingizda, ho'l yoki nam qo'l
yoki oyog'ingiz bilam tegmang.
• Jihozni elektr quvvati rozetkasidan uzayotganda elektr
ta'minoti kabelidan ushlab tortmang. Vilkadan ushlab
torting.
• Mashina ishlab turgan paytda kir yuvish vositasini
taqsimlash tortmasini ochmang.
• Chiqarib yuborilayotgan suvga tegmang, uning harorarati
juda baland bo'lishi mumkin.
• Hech qachon illyuminatorli eshikka kuch ishlatmang. Bu
uning tasodiy ochilib ketishi oldini olishga mo'ljallangan
xavfsizlik qulni shikastlashi mumkin.
• Agar mashina buzilib qolsa, uni o'zingiz tuzatmoqchi
bo'lib, hech bir holatda ichki mexanizmlarini ochmang.
• Jihoz ishlab turganda hamisha bolalarni undan uzoq
tuting.
• Yuvish sikli vaqtida eshik juda qizib ketishi mumkin.
• Agar jihozni joyidan ko'chirish kerak bo'lsa, ikki yoki uch
kishi bo'lib ishlang va uni o'ta ehtiyotkorlik bilan ko'taring.
Bu ishga hech qachon bir o'zingiz urinmang, chunki jihoz
nihoyatda og'ir.
• Kirni mashinaga solishdan oldin barabani bos'h ekaniga
ishonch hosil qiling.
Chiqitga chiqarish
Orama materiallarni chiqitga chiqarish: mahalliy
qonun-qoidalarga qarab ko’ring, balki o’ramadan qayta
foydalanish mumkindir.
• Yevropaning 2012/19/EU - WEEE Elektr va elektronika
chiqindilari haqidagi yo'riqnomasi eski maishiy elektr
jihozlarini oddiy maishiy chiqindilar bilan birga chiqitga
chiqarmaslikni talab qiladi. Eski jihozlar ichidagi
materiallarni tuzatish va qayta ishlashni optimallashtirish
va ularning inson salomatligi va atrof muhitga ta'sirini
kamaytirish uchun alohida joyga qo'yilishi lozim. Mahsulot
ustidagi istiga chiziq tortilgan "g'ildirakli konteyner" belgisi
jihozni chiqitga chiqarayotganda uni alohida joyga qo'yish
majburiyatingiz borligini eslatib turadi. Iste'molchilar eski
jihozlarini chiqitga chiqarishga oid ma'lumot olish uchun
mahalliy hokimiyat idoralari yoki chakana savdogarga
murojaat qilishi lozim.
Eshigini qo‘lda ochish
Tok uzilib qolgani sababli eshigini ochib bo‘lmasa, kirlarni
chiqarib olish uchun quyidagicha yo‘l tuting:
1. vilkani rozetkadan
sug‘urib oling.
2. mashina ichida suv eshi-
kdan pastroqda bo‘lsin; agar
pastda bo‘lmasa, ortiqcha
suvni oqava shlangi bilan
rasmda ko‘rsatilganidek qilib
chelakka chiqarib tashlang.
3. mashinaning oldingi past
qismidagi yopqich panelni
oching (qarang: rasm).
4. rasmda ko‘rsatilgan tutqich bilan tashqariga tortib, pla-
stik to‘sinni bo‘shating; pastga bosib turgan holda eshikni
oching.
5. panelni joyiga qo‘ying, uni jihoz ichiga itarishdan oldin
ilgaklar o‘z joyidaligiga ishonch hosil qiling.
20
1
2
3

Содержание