Indesit bwse 71252 l b 1 [62/70] Kir yuvish mashinasining tavsifi

Indesit bwse 71252 l b 1 [62/70] Kir yuvish mashinasining tavsifi
62
UZ
Kir yuvish mashinasining tavsi
Boshqaruv paneli
HARORAT
(TEMPERATURE)
tugmasi
YUVISH SIKLINI
TANLASH
MURVATI
Vosita taqsimlagichi tortmasi
YOQ/O‘CH (ON/OFF)
tugmasi
SIQISH
(SPIN)
tugmasi
BOSHLASH/PAUZA (START/PAUSE)
tugmasi va indikator chirog‘i
KECHROQ BOSHLASH
(DELAYED START)
tugmasi
PARAMETR
(OPTION)
tugmalari
Vosita taqsimlagichi tortmasi: kir yuvish vositalari va qo‘shim-
chalarini taqsimlashda ishlatiladi (“Kir yuvish vositalari va
yuklash” bo‘limini ko‘ring).
YOQ/O‘CH (ON/OFF) tugmasi: mashinani yoqish yoki
o‘chirish uchun bosing. BOSHLASH/PAUZA (START/PAU-
SE) indikator chirog‘i yashil rangda sekin yonsa, mashina
yoqilganini bildiradi. Yuvish sikli mobaynida mashinani
o‘chirish uchun tugmani 3 soniya bosib turing; agar tugmani
qisqa yoki tasodifan bosilsa, mashina o‘chmaydi.
Agar yuvish sikli mobaynida mashina o‘chirilsa, yuvish sikli
bekor qilinadi.
YUVISH (PUSH & WASH) tugmasi: (“Yuvish sikllari va para-
metrlari” bo‘limini ko‘ring).
YUVISH SIKLINI TANLASH MURVATI: kerakli yuvish siklini
belgilash uchun ishlatiladi (“Yuvish sikllari jadvali” bo‘limini
ko‘ring).
BOLALARDAN QULFLASH (CHILD LOCK) tugmasi: boshqaruv
panelining qulni ishga tushirish uchun bu tugmani taxminan
2 soniya mobaynida bosib turing. indikator chirog‘i
yonganida boshqaruv paneli qulanadi (YOQ/O‘CH (ON/
OFF) tugmasidan tashqari). Bu ramz, ayniqsa uyda bolalar
bo‘lgan hollarda, kir yuvish siklining tasodiy o‘zgartirilishini
oldini olish imkoni mavjud ekanligini anglatadi. Boshqaruv
panelining qulni o‘chirish uchun tugmani taxminan 2 soniya
mobaynida bosib turing.
PARAMETR (OPTION) tugmalari: mavjud parametrlarni tan-
lash uchun bosing. Tanlangan parametrga tegishli indikator
chirog‘i yonib turadi.
HARORAT (TEMPERATURE) tugmasi : haroratni pasayti-
rish yoki umuman o‘chirib qo‘yish uchun bosing; qiymati
displeyda ko‘rsatiladi.
SIQISH (SPIN) tugmasi: siqish siklini kamaytirish yoki
umuman o‘chirib qo‘yish uchun bosing; qiymati displeyda
ko‘rsatiladi.
KECHROQ BOSHLASH (DELAYED START) tugmasi: tan-
langan yuvish siklini keyinroq boshlash uchun bosing;
kechiktirish vaqti displeyda ko‘rinadi.
BOSHLASH/PAUZA (START/PAUSE) tugmasi va indikator
chirog‘i: yashil indikator chirog‘i sekin o‘chib-yonayotganida
tugmani bosib, yuvish siklini boshlang. Sikl boshlanganida
indikator chirog‘i uzluksiz yonib turadi. Yuvish siklini pauza
qilish uchun tugmani yana bosing - indikator chirog‘i sariq
rangda chaqnaydi. Agar belgisi yoniq bo‘lmasa, eshikni
ochish mumkin. Yuvish siklini to‘xtagan joyidan davom
ettirish uchun tugmani yana bosing.
Kutish rejimi
Quvvatni tejash borasidagi yangi qoidalarga kora, bu
mashina avtomatik kutish rejimiga ega bo‘lib, 30 daqiqa
davomida hech qanday amal bajarilmasa, shu rejimga
o‘tiladi. YOQ/O‘CH (ON/OFF) tugmasini bosib, mashina
qaytadan ishga tushishini kutib turing.
DISPLEY
YUVISH (PUSH &
WASH) tugmasi
BOLALARDAN QULFLASH
(CHILD LOCK)
tugmasi

Содержание