Indesit bwse 71252 l b 1 [64/70] Yuvish siklini bajarish

Indesit bwse 71252 l b 1 [64/70] Yuvish siklini bajarish
64
UZ
Yuvish siklini bajarish
Tez dasturlash
1. KIRLARNI SOLING. Eshigini oching. Keyingi betdagi
dasturlar va yuvish sikllari jadvalida ko‘rsatilgan
maksimal miqdordan oshiq bo‘lmagan miqdordagi
kirlarni soling.
2. VOSITANI QO‘SHING. Vosita taqsimlagichi tortmasini
chiqarib, vositani tegishli bo‘lmasiga “Kir yuvish
vositalari va yuklash” bo‘limida ko‘rsatilganidek qilib
soling.
3. ESHIGINI YOPING.
4. Yuvish dasturini boshlash uchun “YUVISH (PUSH &
WASH)” tugmasini bosing.
Oddiy usulda dasturlash
1. MASHINANI YOQING. tugmasini bosing; BO-
SHLASH/PAUZA (START/PAUSE) indikator chirog‘i
yashil rangda sekin yonadi.
2. KIRLARNI SOLING. Eshigini oching. Keyingi betdagi
dasturlar va yuvish sikllari jadvalida ko‘rsatilgan maksi-
mal miqdordan oshiq bo‘lmagan miqdordagi kirlarni
soling.
3. VOSITANI QO‘SHING. Vosita taqsimlagichi tortmasini
chiqarib, vositani tegishli bo‘lmasiga “Kir yuvish vosita-
lari va yuklash” bo‘limida ko‘rsatilganidek qilib soling.
4. ESHIGINI YOPING.
5. YUVISH SIKLINI TANLANG. Kerakli yuvish siklini tanlash
uchun YUVISH SIKLINI TANLASH murvatidan foyda-
laning. Har bir yuvish sikli uchun harorat va aylantirish
tezligi qo‘yiladi; bu qiymatlarni o‘zgartirish mumkin.
Sikl davomiyligi displeyda ko‘rsatiladi.
6. YUVISH SIKLINI O‘ZGARTIRING. Tegishli tugmalarni
bosing:
Harorat va/yoki siqish tezligini o‘zgartirish.
Tanlangan sikl uchun belgilangan maksimal harorat
va aylantirish tezligi miqdorlari avtomatik ravishda
ko‘rsatiladi, yoki tanlangan siklga mos keluvchi oxirgi
ishlatilgan sozlamalar ko‘rsatiladi. Haroratni pasayti-
rish uchun tugmasini bosish mumkin, uni sovuq
suvda yuviladigan “O‘CH” (“OFF”) parametrigacha
o‘zgartirish mumkin. Siqish tezligini pasaytirish uchun
tugmasini bosish mumkin, uni butunlay o‘chirib
qo‘yish ham mumkin (“O‘CH” (“OFF”) sozlamasi). Bu
tugmalar qayta bosilsa, maksimal qiymatlar qo‘yiladi.
! Istisno: agar 6-dastur tanlangan bo‘lsa, haroratni
60°C gacha oshirish mumkin.
! Istisno: agar 7-dastur tanlangan bo‘lsa, haroratni
60°C gacha oshirish mumkin.
! Istisno: agar 10-dastur tanlangan bo‘lsa, haroratni
90°C gacha oshirish mumkin.
Kechroq boshlashni belgilash.
Tanlangan siklni kechroq boshlashni belgilash uchun
kerakli muddat tanlangunicha tegishli tugmani bosing.
Bu parametr yoqilganida displeyda belgisi yonadi.
Kechroq boshlash sozlamasini olib tashlash uchun
displeyda O‘CH (“OFF”) so‘zi ko‘rsatilgunicha tugmani
bosing.
Sikl sozlamalarini o‘zgartirish.
Parametrni yoqish uchun tugmani bosing; tugmaga
tegishli indikator chirog‘i yonadi.
Parametrni o‘chirish uchun tugmani yana bosing;
indikator chirog‘i o‘chadi.
! Agar tanlangan parametr belgilangan yuvish sikliga
mos kelmasa, indikator chirog‘i o‘chib-yonadi va para-
metr yoqilmaydi.
! Agar tanlangan parametr ilgari tanlangan boshqa
parametrga mos kelmasa, indikator o‘chib-yonib,
tovushli signal beriladi (3 marta), keyingi tanlangan
parametrning o‘zi faollashtiriladi; yoqilgan parametrga
tegishli indikator chirog‘i yonadi.
! Parametrlar tavsiya etilgan yuklanish hajmi va/yoki
sikl davomiyligiga ta’sir qilishi mumkin.
7. YUVISH SIKLINI BOSHLANG. BOSHLASH/PAUZA
(START/PAUSE) tugmasini bosing. Tegishli indikator
chirog‘i yashil rangga kiradi va yonib turadi, eshik esa
qulanadi (ESHIK QULF (DOOR LOCKED) belgisi
yonadi). Yuvish sikli bajarilayotgan paytda uni o‘zgar-
tirish uchun BOSHLASH/PAUZA (START/PAUSE) tu-
gmasini bosib, mashinani to‘xtatib turing BOSHLASH/
PAUZA (START/PAUSE) indikator chirog‘i sariq rang-
da sekin o‘chib-yonadi); keyin kerakli siklni tanlang va
BOSHLASH/PAUZA (START/PAUSE) tugmasini yana
bir marta bosing.
Sikl bajarilayotgan paytda eshikni ochish uchun BO-
SHLASH/PAUZA (START/PAUSE) tugmasini bosing;
agar ESHIK QULF (DOOR LOCKED) belgisi o‘chiq
bo‘lsa, eshikni ochish mumkin. Yuvish siklini to‘xtagan
joyidan davom ettirish uchun BOSHLASH/PAUZA
(START/PAUSE) tugmasini yana bir marta bosing.
8. YUVISH SIKLINING TUGASHI. Buni displeydagi “END
yozuvidan bilish mumkin; ESHIK QULF (DOOR
LOCKED) belgisi o‘chganidan keyin esa eshigini
ochish mumkin. Eshigini ochib, kirlarni chiqarib oling
va mashinani o‘chiring.
! Agar boshlangan siklni bekor qilmoqchi bo‘lsangiz,
tugmasini bosib turing. Sikl to‘xtaydi va mashina o‘chadi.

Содержание