Samsung NV70K3370BB черный [105/128] Boshlashdan oldin

Samsung NV 70 K 3370 BS/WT [105/128] Boshlashdan oldin
O'zbek 9
Boshlashdan oldin
Pechni mahkamlash
A
Pech bilan bufetning ikkala tomoni orasida
kamida 5 mm oraliq (A) qoldiring.
Pechni bufet ichiga sig‘diring va har ikkala
tomonidan 2 ta vint bilan mahkam qotiring.
O‘rnatish tugallangach, himoya plyonkasi, tasma va boshqa o‘rama materiallarini olib
tashlang va anjomlarni pech ichidan oling. Pechni bufetdan chiqarish uchun avval
tokdan uzing, keyin pechning ikki tomonidagi 2 ta vintni bo‘shating.
OGOHLANTIRISH
Pech me'yorda ishlashi uchun havo aylanishi kerak. Hech qachon havo tirqishlarini
to‘sib qo‘ymang.
IZOH
Pechning asl ko‘rinishi modeliga qarab farq qilishi mumkin.
Boshlashdan oldin
Ilk sozlamalar
Pechni birinchi marta yoqqaningizda, displeyda “12:00” ko‘rsatiladi va soat qismi (“12”)
o‘chib-yonadi. Joriy vaqtni qo‘yish uchun quyidagi bosqichlarga amal qiling.
1. Soat qismi o‘chib-yonayotganida, soatni
qo‘yish uchun qiymat shkalasini (o‘ng
tomondagi) aylantiring, keyin daqiqa
qismiga o‘tish uchun OK tugmasini bosing.
2. Daqiqa qismi o‘chib-yonayotganida,
daqiqani qo‘yish uchun qiymat shkalasini
aylantiring, keyin OK tugmasini bosing.
Bu sozlamani qo‘ygandan so‘ng joriy vaqtni
o‘zgartirish uchun tugmasini 3 soniya
bosib turing, keyin yuqoridagi bosqichlarga
amal qiling.
Yangi pech isi
Pechni birinchi marta ishlatishdan oldin uning ichini tozalang, shunda isi ketadi.
1. Pech ichidagi anjomlarni olib tashlang.
2. Pechni Konveksiya 200 °C yoki An’anaviy 200 °C da bir soat ishlating. Bunda pech
ichida qolgan jismlar kuyib ketadi.
3. Tugallangach, pechni o‘chiring.
Aqlli xavfsizlik mexanizmi
Pech ishlayotganida eshigini ochsangiz, pech chirog‘i yonadi hamda ventilyator
bilan isitish elementlari ishlashdan to‘xtaydi. Bundan maqsad - kuyish yoki jismoniy
jarohatning oldini olish hamda keraksiz quvvat sarni tejashdir. Bunday holda eshikni
yopsangiz bas, pech ishlashda davom etadi, chunki bu tizimdagi kamchilik emas.
NV70K3370BS_WT_DG68-00752A-00_RU+UK+KK+UZ.indb 9 2/15/2016 4:49:22 PM

Содержание

Похожие устройства

Скачать
Случайные обсуждения

Ответы 0

Как снять двери у духовки?
2 года назад