Samsung NV70K3370BB черный [106/128] Boshlashdan oldin

Samsung NV70K3370BB черный [106/128] Boshlashdan oldin
10 O'zbek
Boshlashdan oldin
Boshlashdan oldin
Gril sixi * Gril sixi tovuq kabi taomlarni tayyorlashda ishlatiladi. Gril sixini
bittalik rejimda 3-qavatda ishlating, u yerda sixni qo‘ygich bor.
Grilda tayyorlayotganda six tutqichini burab, chiqarib oling.
Sixli moslama va
kabob *
Selini tutish uchun patnisni 1-holatdagi tokchaga qo‘ying yoki yirik
go‘shtni qo‘yish uchun pech tubiga qo‘ying. Sixga 1,5 kg gacha
bo‘lgan go‘sht ilish tavsiya etiladi.
1. Sixni go‘shtga tiqing. Sixni tiqishga yordam bo‘lishi uchun
tutqichini to‘mtoq uchiga burab kirgizing.
2. Qaynatilgan kartoshka va sabzavotlarni go‘sht atroga qo‘ying.
3. Tayanchni o‘rta tokchaga "V" shaklini oldinga qilib qo‘ying.
Sixning ko‘rsatkich uchini orqaga qilgan holda, tayanchga
qo‘ying va pechning orqa panelidagi aylantirish mexanizmiga
kirgunicha ohista itaring. Sixning to‘mtoq uchi "V" shakli ustiga
qo‘yilishi kerak. (Sixda sixning oldinga surilib ketishini oldini
olish uchun pech eshigiga yaqin joylashtirilishi kerak bo'lgan
ikkita bo'rtiq bor, bo'rtiqlar yana qo'l uchun dasta vazifasini ham
bajaradi).
4. Pishirishdan oldin tutqichni bo'shatib yeching.
5. Tayyorlagandan keyin sixni tayanchdan olish oson bo‘lishi uchun
dastani qayta joyiga qotiring.
OGOHLANTIRISH
Six tutqichi joyiga to‘g‘ri o‘rnashsin.
Sixdan foydalanishda ehtiyot bo‘ling. Sanchqi va ignalar o‘tkir
bo‘lib, jarohat yetkazishi mumkin!
Sixni chiqarish paytida kuyib qolmaslik uchun qo‘lqopdan
foydalaning, chunki u qaynoq bo‘ladi.
Surilma
yo‘naltirgichlar *
Surilma yo‘naltirgich taxtachasi yordamida patnisni quyidagicha
kiriting:
1. Yo‘naltirgich taxtachasini pechdan chiqarib oling.
2. Patnisni taxtachaga qo‘yib, taxtachani pech ichiga surib
kirgizing.
3. Pech eshigini yoping.
IZOH
Yulduzchali (*) anjomlarning mavjudligi pech modeliga bog‘liq.
Anjomlar
Birinchi marta foydalanganda, anjomlarni illiq suvda yuvish vositasi yordamida
yumshoq latta bilan yuving.
05
04
03
02
01
01 1-qavat 02 2-qavat
03 3-qavat 04 4-qavat
05 5-qavat
Anjomni pech ichidagi tegishli joyiga kiriting.
Anjom bilan pech tubi oralig‘ida, bundan
tashqari boshqa anjomlar bilan ham kamida
1 sm bo‘shliq qoldiring.
Idish va anjomlarni pechdan olishda ehtiyot
bo‘ling. Qaynoq taom va anjomlar kuydirishi
mumkin.
Anjomlar qiziganida shakli o‘zgarishi
mumkin. Ular sovigach, asl ko‘rinishiga va
ishlashiga qaytadi.
Asosiy foydalanish
Taom tayyorlash maromida bo‘lishi uchun har bir anjomni qanday ishlatishni o‘rganib oling.
Panjara Panjara gril usulida pishirish va qizdirib tayyorlash uchun
mo‘ljallangan. Panjarani bo'rtib turgan qismlarini (ikki tomonidagi
tiqinni) oldinga qaratib joylashtiring
Panjara bo‘lmasi * Panjara bo‘lmasi patnis bilan birga ishlatilib, pech tubiga suyuqlik
tomishining oldini oladi.
Pishirish patnisi * Pishirish patnisi (chuqurligi: 20 mm) pirog, pishiriq va boshqa
qandolat mahsulotlari tayyorlashda ishlatiladi. Egilgan tomonini
oldiga qilib qo‘ying.
Universal patnis * Universal patnis (chuqurligi : 30 mm) pishirish va qizdirib
tayyorlashda ishlatiladi. Pech tubiga suyuqlik tomishining oldini
olish uchun panjara bo‘lmasidan foydalaning.
Egilgan tomonini oldiga qilib qo‘ying.
Chuqur patnis * Chuqur patnis (chuqurligi: 50 mm) panjara tortmasi bilan yoki
usiz qizdirib tayyorlashda ishlatiladi. Egilgan tomonini oldiga qilib
qo‘ying.
NV70K3370BS_WT_DG68-00752A-00_RU+UK+KK+UZ.indb 10 2/15/2016 4:49:22 PM

Содержание

Похожие устройства

Скачать
Случайные обсуждения

Ответы 0

Как снять двери у духовки?
1 год назад