Samsung MS23K3515AK — xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar va foydalanish qoidalari [112/144]

Превью страниц Страница 112 / 144
Samsung MS23K3515AK [112/144] Xavfsizlik bo yicha ko rsatmalar
4 O'zbek
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
Agar elektr manbaiga ulash kabeli shikastlangan bo'lsa, xatarning oldini olish
uchun u ishlab chiqaruvchi, uning xizmat ko'rsatish agenti yoki malakali
shaxslar tomonidan almashtirilishi kerak.
Bu pech bo'shlig'i va boshqaruv panelidan foydalanish oson bo'lgan tarzda
to'g'ri yo'nalish va balandlikda o'rnatilishi kerak.
Pechdan ilk marta foydalanganda pech 10 daqiqa ichiga suv qo'yilgan holda
ishlatilishi va keyin foydalanilishi kerak.
Agar ishlaganda bu pech g'alati shovqin, kuygan hid yoki tutun chiqarsa,
darhol elektr manbaiga ulash vilkasini uzing va yaqinroqdagi xizmat
ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
Pech elektr manbaiga ulash vilkasidan osongina foydalanish mumkin bo'lgan
tarzda joylashtirilishi kerak.
Pechni muntazam ravishda tozalab turish va har qanday taom qoldiqlarini
olib tashlash lozim.
Pechni toza holatda saqlamaslik uning sirtining buzilishiga olib kelishi
mumkin, bu esa qurilmaning xizmat qilish muddatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi
va xavfli holatlarga olib kelishi mumkin.
Mikroto'lqinli pech pechtaxta ustida yoki alohida foydalanish uchun
mo'ljallangan, pech shkaf ichiga o'rnatilmasligi kerak.
Mikroto'lqinli pechni suv sepib tozalash mumkin emas.
Bu qurilma treyler, furgon va shunga o'xshash transport vositalariga o'rnatish
uchun mo'ljallanmagan.
Bu qurilmadan jismoniy, sezgi yoki aqliy qobiliyati cheklangan yoki bilimi va
tajribasi yetarli bo'lmagan shaxslar (jumladan bolalar) foydalanishlari mumkin
emas. Ularning xavfsizligi uchun javobgar shaxs tomonidan bu qurilmadan
foydalanish to'g'risida ularga ko'rsatma bergan yoki nazorat qilib turgan
hollar bundan mustasno.
Bolalar moslama bilan o'ynamasliklarini nazorat qilib turishingiz kerak.
Moslamadan yoshi 8 dan oshgan bolalar, jismoniy, sezuvchanlik yoki aqliy
qobiliyati cheklangan odamlar tegishli yo'l-yoriq yoki ko'rsatma berilgan
taqdirda va uning xavfini tushungan holda foydalanishi mumkin. Bolalar
bu qurilma bilan o'ynamasliklari kerak. Tozalash va texnik xizmat ko'rsatish
bolalar tomonidan nazoratsiz tarzda amalga oshirilmasligi kerak.
MS23K3515AS_DE68-04422H-01_RU+UK+KK+UZ.indb 4 9/6/2016 4:15:38 PM

Содержание

464

Ushbu ko‘rsatmalar mikroto‘lqinli pechdan xavfsiz foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha muhim ma'lumotlarni taqdim etadi. Xavfsizlikni ta'minlash uchun amal qiling.