Vitek VT-3581 [19/24] Ўзбек

Vitek VT-3581 [19/24] Ўзбек
ЎЗБЕК
19
SK-DISPLEYNING YORITILISHI
YUZASIDAN IZOHLAR
1. FW- diapazon chastotasini o’lchash
birliklarining (MHz) indikatsiyasi
2. AM-diapazon chastotasini o’lchash
birliklarining (kHz) indikatsiyasi
3. Vaqt/chastotaning indikatsiyasi
4. Budilnik yoqilishining indikatsiyasi
5. Budilnik belgilanishining indikatsiyasi
6. PM vaqtining (tushlikdan keyingi)
indikatori
7. AM-chastotalar diapazoni/AM (ertalabki)
vaqtining indikatori
8. FM-diapazonning indikatori
FOYDALANISH YUZASIDAN
YO’RIQNOMA
Batareykalarni o’rnatish
Ushbu radiopriyomnikda 3 dona 1,5 V
quvvatidagi batareyalar ishlatiladi (3×1,5V
R20 size D/UM-1). Yangi batareyalarni
batareyalar bo’linmasiga o’rnatishda
rasmda ko’rsatilgani kabi ularning qutblari
yo’nalishiga qat’iy amal qiling.
Batareyalar bo’linmasining qopqog’ini
yoping.
Eslatma: Agar ovozning eshitilishida
uzilishlar yoki ovozning yo’qolishi kuzatilsa,
demak, batareykalarni almashtirish lozim.
Diqqat!
1. Bir vaqtning o’zida yangi va eski
batareykalardan yoki har xil turdagi
batareykalardan foydalanmang.
2. Elektrolit suyuqligining oqib ketishi yoki
portlash xavfiga yo’l qo’ymaslik uchun
batareyalarni qayta zaryadlamang,
qizdirmang va alohida qismlarga
ajratmang.
3. Agar radiopriyomnik uzoq vaqt davomida
ishlatilmaydigan bo’lsa, elektrolit
suyuqligining oqib ketishi holatida
radiopriyomnikning detallariga shikast
yetkazilmasligi uchun batareyalarni uning
ichidan chiqarib oling.
BUYuMNING TAShQI TA’MINOT MANBAI
(O’ZGARUVChAN TOK TARMOG’I,
KUChLANIShI 220 V)
Radiopriyomnikni kuchlanishi 220 V
bo’lgan o’zgaruvchan tokning tarmog’iga
ulash paytida batareyalardan ta’minot
avtomatik ravishda uziladi. AC Power Jack
- kuchlanishi 220 V bo’lgan o’zgaruvchan
tokning tarmog’idan ta’minotga ulash uchun
uyasidir.
Diqqat! Radiopriyomnikning ruxsat
etiladigan ta’minotining kuchlanishi 180-240
V bo’lishi kerak.
Agar ta’minotning kuchlanishi yo’l
qo’yiladigan ko’rsatkichdan oshib ketsa,
radiopriyomnikning ishlashi barqaror
bo’lmasligi mumkin.
Agar radiopriyomnik uzoq vaqt davomida
ishlatilmaydigan bo’lsa, iltimos, ta’minot
simini tarmoqdan ajratib oling.
ANTENNADAN FOYDALANISh
AM-stantsiyalarni qabul qilish
AM-stantsiyalarni qabul qilish ichki magnit
antennasi yordamida amalga oshiriladi.
Radiopriyomnikning turgan holatini o’zgartirib,
eng yaxshi qabul qilish imkoniyatiga erishish
mumkin.
FM- stantsiyalarni qabul qilish
AM-stantsiyalarni qabul qilish teleskopik
antennasi (11) yordamida amalga oshiriladi.
Antennani tortib chiqaring. Antennaning
uzunligini va egilishi burchagini o’zgartirib,
eng yaxshi qabul qilish imkoniyatiga erishish
mumkin.
Eslatma: Signalni qabul qilish sifatiga
turlicha omillar, masalan, radiopriyomnikning
xonada joylashuvi, binoning qavat balandligi
va hokazolar ta’sir ko’rsatgani tufayli, eng
yaxshi qabul qilish imkoniyatiga erishish
uchun radiopriyomnikni imkoni boricha
derazaga yaqinroq joylashtirish tavsiya
etiladi.
3581IM.indd 193581IM.indd 19 02.07.2010 15:27:2602.07.2010 15:27:26
Скачать