Samsung NV75N7646RS Dual Cook Flex [162/208] Avtomatik energiyani tejash funksiyasi

Samsung NV75N7646RS Dual Cook Flex [162/208] Avtomatik energiyani tejash funksiyasi
6 O'zbek
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
Xavfsizlikni ta'minlash uchun bu jihozni suv oqimi yoki yuqori bosim ostidagi bug' bilan
tozalamang.
Pechdan foydalanish vaqtida bolalarni pechdan yetarli darajada uzoqroqda saqlash kerak.
Pitsa kabi muzlatilgan taomlar katta panjarada tayyorlanishi kerak. Agar pishirish
patnisidan foydalanilsa, haroratdagi katta o'zgarishlar tufayli u deformatsiyalanishi
mumkin.
U issiq bo'lgan vaqtda pechning tag qismiga suv quymang. Bu emalli yuzaning
shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
Taom tayyorlash vaqtida pech eshiklari yopib qo'yilishi kerak.
Pechning tag qismiga alyuminiy zar qog`ozini qoplamang va hech qanday pishirish
patnisi yoki bankalarni joylashtirmang. Alyumin zar qog`ozi issiqlikni to'sib qo'yadi, bu
esa emalli yuzalarning shikastlanishiga va taomlarning yaxshi tayyor bo'lmasligiga olib
kelishi mumkin.
Meva sharbatlari dog'larni qoldiradi, ular pechning emalli yuzasidan ketmaydigan bo'lishi
mumkin.
Namligi juda ko'p bo'lgan piroglarni tayyorlaganda, ichi chuqur patnisdan foydalaning.
Idishlarni pechning ochiq eshigi ustiga qo'ymang.
Eshikchani ochayotgan yoki yopayotganda bolalarni pechga yaqinlashishlariga yo'l
qo'ymang, chunki ular o'zlarini eshikchaga urib olishlari yoki barmoqlarini eshikchaga
qisib olishlari mumkin.
Eshik ustiga chiqmang, egmang, o'tirmang yoki og'ir narsalarni joylashtirmang.
Eshikni haddan tashqari ortiqcha kuch bilan ochmang.
OGOHLANTIRISH: Qurilmani hattoki taom tayyorlash jarayoni tugagandan keyin ham
tokdan ajratmang.
OGOHLANTIRISH: Pechda taom tayyorlanayotganda pech eshigini ochiq qoldirmang.
Ushbu mashinani to'g'ri chiqitga chiqarish (Ishlatilgan elektr va
elektronika jihozi)
(Chiqindilarni ajratgan holda yig'ish tizimiga ega bo'lgan
mamlakatlarga tegishli)
Mahsulot, aksessuarlar yoki bosma nashrlardagi ushbu
markirovka ushbu mahsulot va uning elektron yordamchi
qurilmalarining (masalan, zaryadlash qurilmasi, naushniklar,
USB kabeli) xizmat muddatlarini o'tab bo'lganlaridan keyin
boshqa maishiy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga chiqarib
bo'lmasligini ko'rsatadi. Keraksiz buyumlarni nazoratsiz tarzda
chiqitga chiqarish tufayli atrof-muhitga yoki odamlarning
salomatliklariga yetkazilishi mumkin bo'lgan zararlarning oldini
olish uchun ko'rsatilgan elementlarni tashlab yuborilayotgan
qurilmaning boshqa qismlaridan ajratib oling va moddiy
resurslardan oqilona tarzda takroran foydalanishga ko'maklashish
uchun ulardan qayta foydalaning.
Uyda foydalanuvchilar ekologik jihatdan xavfsiz tarzda qayta
foydalanish uchun ushbu qurilmalarni qayerda va qanday
topshirish mumkinligi to'g'risida ma'lumotlar olish uchun o'zlari
ushbu mahsulotni xarid qilgan chakana sotuvchiga yoki mahalliy
hokimiyat o siga murojaat qilishlari kerak.
Biznes bilan shug'ullanuvchi foydalanuvchilar o'zlarining
ta'minotchilari bilan bog'lanishlari va xarid shartnomasi qoidalari
va shartlari bilan tanishishlari kerak. Ushbu mahsulot va uning
elektron aksessuarlarini tashlab yuboriladigan boshqa tij oriy
chiqindilar bilan birgalikda chiqitga chiqarmaslik kerak.
Avtomatik energiyani tejash funksiyasi
Qurilma ishlayotganida muayyan vaqt ichida foydalanuvchi tegmasa, qurilma
ishlashdan to‘xtaydi va Kutish holatiga o‘tadi.
Chiroq : Tayyorlash paytida "Pech chirog'i" tugmasini bosish orqali pech chirog‘ini
o‘chirishingiz mumkin. Quvvatni tejash uchun tayyorlash dasturi boshlangandan
keyin pech chirog‘i bir necha marta o‘chadi.
NV7000N_NV75N7646RS_WT_DG68-01056G-00_UZ.indd 6 2018-11-26  11:02:37

Содержание