Samsung NV75N7646RS Dual Cook Flex [168/208] Boshlashdan oldin

Samsung NV75N7646RS Dual Cook Flex [168/208] Boshlashdan oldin
12 O'zbek
Boshlashdan oldin
Boshlashdan oldin
Chuqur patnis * Chuqur patnis (chuqurligi: 50 mm) panjara tortmasi bilan yoki
usiz qizdirib tayyorlashda ishlatiladi. Egilgan tomonini oldiga
qilib qo‘ying.
Gril sixi * Gril sixi tovuq kabi taomlarni tayyorlashda ishlatiladi. Gril sixini
bittalik rejimda 4-qavatda ishlating, u yerda sixni qo‘ygich bor.
Grilda tayyorlayotganda six tutqichini burab, chiqarib oling.
Sixli moslama va
kabob *
Selini tutish uchun patnisni 1-holatdagi tokchaga qo‘ying yoki
yirik go‘shtni qo‘yish uchun pech tubiga qo‘ying. Sixga 1,5 kg
gacha bo‘lgan go‘sht ilish tavsiya etiladi.
1. Sixni go‘shtga tiqing. Sixni tiqishga yordam bo‘lishi uchun
tutqichini to‘mtoq uchiga burab kirgizing.
2. Qaynatilgan kartoshka va sabzavotlarni go‘sht atroga
qo‘ying.
3. Tayanchni o‘rta tokchaga "V" shaklini oldinga qilib
qo‘ying. Sixning ko‘rsatkich uchini orqaga qilgan holda,
tayanchga qo‘ying va pechning orqa panelidagi aylantirish
mexanizmiga kirgunicha ohista itaring. Sixning to‘mtoq
uchi "V" shakli ustiga qo‘yilishi kerak. (Sixda sixning oldinga
surilib ketishini oldini olish uchun pech eshigiga yaqin
joylashtirilishi kerak bo'lgan ikkita bo'rtiq bor, bo'rtiqlar
yana qo'l uchun dasta vazifasini ham bajaradi).
4. Pishirishdan oldin tutqichni bo'shatib yeching.
5. Tayyorlagandan keyin sixni tayanchdan olish oson bo‘lishi
uchun dastani qayta joyiga qotiring.
Surilma
yo‘naltirgichlar *
Surilma yo‘naltirgich taxtachasi yordamida patnisni quyidagicha
kiriting:
1. Yo‘naltirgich taxtachasini pechdan chiqarib oling.
2. Patnisni taxtachaga qo‘yib, taxtachani pech ichiga surib
kirgizing.
3. Pech eshigini yoping.
Bo'lgich Bo‘lgich pechni ikkita qismga ajratishga mo‘ljallangan. Bo‘lgichni
Ikkitalik tayyorlash rejimida ishlating.
Six *
Go‘sht sixi pishiriladigan go‘shtning ichki haroratini o‘lchaydi.
Faqat pech bilan birga kelgan sixdan foydalaning.
OGOHLANTIRISH
Six tutqichi joyiga to‘g‘ri o‘rnashsin.
Sixdan foydalanishda ehtiyot bo‘ling. Sanchqi va ignalar o‘tkir bo‘lib, jarohat
yetkazishi mumkin!
Sixni chiqarish paytida kuyib qolmaslik uchun qo‘lqopdan foydalaning, chunki u
qaynoq bo‘ladi.
IZOH
Yulduzchali (*) anjomlarning mavjudligi pech modeliga bog‘liq.
NV7000N_NV75N7646RS_WT_DG68-01056G-00_UZ.indd 12 2018-11-26  11:02:41

Содержание