Атлант М-7606-080-N Grey Инструкция по эксплуатации онлайн [29/68] 562203

Атлант М-7606-080-N Grey Инструкция по эксплуатации онлайн [29/68] 562203
29
UZB
1-Rasm
tirgak tablichka
Agar muzlatkich ustida va uning yon tomonlarida bo‘sh oraliq
bo‘lmasa, muzlatkichni tokchalarga o‘rnatish MAN ETILADI (3.2 ga
qarang).
DIQQAT! Muzlatkichni metall rakovinalariga, suv o‘tkazish,
isitish, kanalizatsiya va gaz ta’minoti va boshqa yerga ulangan
metall tizimli quvurlarga tegib turadigan qilib o‘rnatish MAN
ETILADI.
Elektr va yong’in xavfsizligini ta’minlash uchun MAN ETILADI:
muzlatkichni tok yuklanishlaridan himoyasi nosoz bo‘lgan
elektr tarmog‘iga ulash. Elektr tarmog‘i 10 A ga mo‘ljallangan himoya
qurilmasi bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak;
muzlatkichni elektr tarmog‘iga ulash uchun moslamalar, ko‘p
(ikki va undan ortiq ulash joyiga ega bo‘lgan) ulash joylariga ega bo‘lgan
rozetkalar va uzaytirgich shnurlardan foydalanish;
ho’l qo’llar bilan ta’minot shnuri vilkasini rozetkaga tiqish va
sug’urish;
muzlatgich ni elektr tarmog’idan ta’minot shnuridan tortgan
holda o’chirish;
– muzlatgich da portlash xavfi bo‘lgan va portlovchi moddalarni,
shuningdek tez o‘t oluvchi propellentlari bo‘lgan aerozol ballonchalarini
saqlashga yo‘l qo‘yilmaydi;
muzlatkichda muzlaydigan suyuqliklari bo‘lgan shisha idishlarni
saqlash;
elektr simlari unsurlariga namlik tushishini oldini olish maqsadida
muzlatkich ustiga boshqa elektr asboblarini (mikroto‘lqinli pech,
toster va boshqalar), shuningdek suyuqlikli idishlar, xona o‘simliklarini
joylashtirish.
2.7 Muzlatkichni ta’mirlash faqat servis xizmatining malakali
mexanigi tomonidan amalga oshirilishi kerak, chunki malakasiz
bajarilgan ta’mirdan so‘ng mahsulot xavf manbai bo‘lib qolishi mumkin.
2.8 Muzlatkich ishida elektr chirsillashi, tutun chiqishi va shu kabi
nosozliklar yuzaga kelgan taqdirda, elektr ta’minoti shnurini rozetkadan
sug‘urgan holda muzlatkichni darhol elektr tarmog‘idan uzish va servis
xizmatining mexanigini chaqirish lozim.
Yong‘in yuzaga kelganda muzlatkichni darhol elektr tarmog‘idan
uzish, yong‘inni o‘chirish choralarini ko‘rish va yong‘in xizmatini
chaqirish lozim.
2.9 Muzlatkichning xizmat muddati 10 yilga teng.
DIQQAT! Xizmat muddati o‘tgach, ishlab chiqaruvchi
mahsulotning xavfsiz ishlashiga javobgarlikka ega bo‘lmaydi.
Kelgusi foydalanish bexavf bo‘lmasligi mumkin, chunki muzlatkich
materiallarining tabiiy eskirishi va tarkibiy qismlarining yeyilishi
natijasida elektr va yong‘in xavfi bo‘lgan vaziyatlar yuzaga kelishi
ehtimoli salmoqli darajada oshadi.
3 MUZLATKICHNI O‘RNATISH
3.1 Muzlatkichni to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlari tushmaydigan
joylarda, isitish asboblaridan (gaz va elektr plitalari, pechlar va isitish
radiatorlari) kamida 50 сm masofada joylashtirish lozim.
3.2 Muzlatkich ustida va uning yon tomonlarida havo aylanishi
uchun kamida 5 sm bo‘sh joy bo‘lishi lozim.
DIQQAT! Muzlatgich korpusidagi yoki o‘rnatiladigan
konstruktsiyadagi ventilyatsiya teshiklari to‘sib qo‘ymang.
Muzlatkich ustida har qanday osma uskunalarni 5 сm dan yaqinroq
qilib joylashtirish MAN ETILADI.
3.3 Muzlatkichni balandligi boshqariladigan tirgaklarini burab
chiqarish yoki ularni kirgazish yo‘li bilan, 1-rasmda ko‘rsatilgani kabi,
polga nisbatan gorizontal holatda joylashtirish lozim. Muzlatkich
tirgaklar va roliklar ustida barqaror holda turishi lozim.
Eshikning o‘z holicha yopilishi uchun, tirgaklarni burab,
muzlatkichni biroz orqaga egilgan holda joylashtirish kerak.
4 MUZLATKICHNI FOYDALANISHGA TAYYORLASH
4.1 Muzlatgich transportirovka qilingandan keyin uni elektr
tarmog’iga ulashdan oldin yarim soatdan kam bo’lmagan vaqt
davomida ushlab turish lozim.
Muzlatgich atrof muhit harorati 0
0
C dan past bo’lgan haroratda
transportirovka qilingandan keyin uni eshigini ochiq holda xona
haroratida 4 soatda kam bo’lmagan vaqt davomida ushlab turish lozim.
4.2 Tarkibiy qismlarni o‘ram materiallaridan bo‘shatish kerak.
Muzlatkichning bo‘yalgan tashqi yuzalarini iliq suvda yoki iliq suvda
tayyorlangan kuchsiz sovunli aralashmada ho‘llangan yumshoq mato
bilan yuving. Muzlatkichning ichidagi tarkibiy va plastmassadan
yasalgan yuzalarini iliq suvda yoki iliq suvda tayyorlangan kuchsiz
sovunli yoki sodali (1 litr suvga 1 choy qoshiq osh sodasi) aralashmada
ho‘llangan yumshoq mato bilan yuving. Shundan so‘ng ularni toza
suvda ho‘llangan yumshoq mato bilan quriguncha artib tashlang.
Muzlatkichni yaxshilab shamollating.
Muzlatkichni yuvishda abraziv elementlari bo‘lgan gubkalardan,
abraziv pastalardan, silliqlovchi hamda tarkibida kislotalar, erituvchilar
bo‘lgan vositalardan, shuningdek idish yuvish uchun mo‘ljallangan
vositalardan foydalanish MAN ETILADI.
DIQQAT! Muzlatkich ichidagi u haqida to‘liq ma’lumot
yozilgan tablichkani (2-rasm) olib tashlamang. Ushbu ma’lumot
muzlatkichning butun xizmat qilish davri mobaynida unga texnik
ko‘rsatish va ta’mirlash uchun muhimdir.
4.3 Orqa tirgaklarni o‘rnatish: 3
-rasmga muvofiq tirgakning togri
burchakli do
ngligini kondensatorning simli chiviqchalari ortasiga ornating
va tirgakni 90°ga aylantiring.
4.4 Muzlatkich eshigini o‘ng tomonlama ochiladidan qilib osish
mumkin. Plastmassa detallarning sinib qolishini oldini olish uchun,
eshik ochilish yo‘nalishini o‘zgartirish ishlarini faqatgina servis xizmati
mexanigi amalga oshirishi kerak. Eshikni qayta ilib bеrish sеrvis
хizmatining prеyskuranti bo’yicha amalga oshiriladi.
5 MUZLATKICHDAN FOYDALANISH
5.1 MUZLATKICHNI ULASH
5.1.1 Muzlatkichni elektr tarmog‘iga ulash
Muzlatkichni elektr tarmog‘iga ulash: elektr shnurining vilkasini
rozetkaga kirgazing.
DIQQAT! Muzlatkich elektr tarmog‘idan o‘chirilgandan so‘ng,
uni kamida 5 daqiqadan keyin yana ulash mumkin.
5.1.2 Muzlatkich ulangandan so‘ng «Saqlash» rejimida ishlaydi, bu
rejim muzlatilgan mahsulotlarni sifatli saqlanishini hamda unchalik katta
bo‘lmagan massadagi yangi mahsulotlarni muzlatilishini ta’minlaydi.
5.1.3 «Muzlatish» rejimi (ayrim rusumlarda «Supermuzlatish»
funksiyasi) yangi oziq-ovqatlarni tezroq muzlatishga mo’ljallangan.
«Muzlatish» rejimini muzlatgichni yangi oziq-ovqatlar bilan to’ldirishdan
24 soat avval yoqib qo’yish va oziq-ovatlar to’ldirilganidan 24 soat
keyin o’chirish kerak.
DIQQAT! Elektr quvvatini tejash maqsadida «Muzlatish»
rejimi vazni 12 kgdan ortiq bo’lmagan yangi oziq-ovqatlarni
muzlatish zarur bo’lganida oziq-ovqatlarni joylashtirishdan
6 soat avval yoqib qo’yilishi mumkin (M-7606-N rusumidan
tashqari).
5.1.4 Muzlatkichdagi harorat tashqi muhitning haroratiga,
saqlanayotgan va yangi solinadigan mahsulotlarning miqdori, eshikning
qay darajada ko‘p ochilishi, muzlatkichning xonadagi o‘rnatilish joyiga
bog‘liq va u ilovaga muvofiq sozlanadi.
5.2 YANGI MAHSULOTLARNI MUZLATISH
5.2.1 Mahsulotlar sifatining buzilishini va ularni saqlash
2-Rasm
orqa tirgak
3-Rasm
Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является

Содержание

Похожие устройства

Скачать