Атлант М-7606-080-N Grey [28/68] Muzlatkich

Атлант М-7606-080-N Grey [28/68] Muzlatkich
28
UZB
2 XAVFSIZLIK TALABLARI
2.1 Muzlatkich maishiy elektr asbobi hisoblanadi, shuning uchun
undan foydalanishda elektr xavfsizligi borasidagi umumiy qoidalarga
rioya etilishi kerak.
2.2 Pribor jismoniy, sezuvchanlik yoki aqliy qobiliyatlari past bo‘lgan
shaxslar (jumladan bolalar) yoki hayotiy tajriba va tegishli bilimlarga ega
bo‘lmay turib, nazorat ostida bo‘lmagan yoki ularning xavfsizligi uchun
mas’ul shaxs tomonidan yo‘l-yo‘riqnoma olmagan shaxslar tomonidan
foydalanishga mo‘ljallanmagan.
Bolalar asbobni o‘ynashlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun ular nazorat
ostida bo‘lishlari lozim.
2.3 Elektr tokidan jarohatlanishdan himoyalash turi jihatidan
muzlatkich I sinf toifasiga kiradi va u ikki qutbli, yerga ulangan elektr
tarmog‘iga ulanishi lozim.
Yerga ulangan kontaktli rozetkani o‘rnatish uchun malakali
elektrikka murojaat etish lozim. Rozetka muzlatkichni shoshilinch
holatlarda tashqi elektr tarmog‘idan oson o‘chirish imkoniyati bo‘lgan
joyda o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
Yerga ulashni gaz, isitish, vodoprovod yoki kanalizatsion qurilma
orqali o’tkazish MAN ETILADI.
DIQQAT! Ishlab chiqaruvchi (Sotuvchi) ulash bo’yicha
ko’rsatilgan talablarga rioya qilmagalik natijasida sog’liqqa yoki
mulkka yetkazilgan zararni qoplab berish bo’yicha javobgar
bo’lmaydi.
2.4 Muzlatkichni elektr tarmog‘iga ulashdan oldin shnur va
vilkaga shikast yetmaganligini ko‘zdan kechirib chiqish lozim. Elektr
ta’minoti shnuri shikastlanganda u, xavf tug‘dirmasligi uchun, ishlab
chiqaruvchi korxona xodimlari, servis xizmati xodimlari yoki boshqa
shunga o‘xshash malakali xodimlar tomonidan almashtirilishi lozim.
2.5 Quyidagi hollarda elektr ta’minoti shnuri vilkasini rozetkadan
sug‘urgan holda, muzlatkichni elektr tarmog‘idan uzish kerak:
– uni joydan-joyga ko‘chirganda;
– uning ostidagi polni yuvayotganda;
– uzoq muddatga (14 kundan ortiq) boshqa joyga ketganda.
DIQQAT! Muzlatgich ishlab turganda kompressor qiziydi va
unga tekkanda kuyib qolishga sabab bo’lishi mumkin.
2.6 Muzlatkichning sovutish tizimida izobutan (R600a)
xladagenti mavjud.
DIQQAT! Sovutish tizimi konturi shikastlanishiga yo‘l
qo‘ymang.
DIQQAT! Muzdan tushirish (eritish) jarayonini tezlatish uchun
mexanik qurilmalar yoki boshqa vositalardan foydalanmang.
Qor qoplamasini olib tashlash uchun muzlatgich dan
foydalanish bo‘yicha qo‘llanmada tavsiya etilmagan predmet va
qurilmalardan foydalanmang.
DIQQAT! Muzlatgich ichida elektr asboblaridan foydalanmang.
DIQQAT! Sovutish tizimi konturi shikastlanganida xonani
yaxshilab shamollatish va, izobutan tez o‘t oluvchi gaz bo‘lgan
sababli, muzlatgich yaqinida olovning ochiq manbalari paydo
bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
DIQQAT! Muzlatkichni oson alangalanadigan va alanga
tarqatuvchi predmetlar hamda moddalarga (pardalar, laklar,
bo‘yoqlar va sh.k.) bevosita yaqinlikda joylashtirishmang.
Muzlatkichni mebel orasiga o‘rnatish, shuningdek orqa tirgaklar
yordamida xona devori hamda muzlatkichning orqa devori orasida hosil
bo‘ladigan oraliqni to‘sib qo‘yish MAN ETILADI.
Ishlab chiqaruvchi ”ATLANT” YOAJ
Pobediteli shohko‘chasi, 61, 220035, Minsk sh., Belarus Respublikasi;
www.atlant.by
MUZLATKICH
Hurmatli xaridor!
Muzlatkichni xarid qilayotganda kafolat kartasining to‘g‘ri to‘ldirilganligini, uni sotgan tashkilotning shtampi hamda yirtma
talonlarda sotilgan sananing mavjudligini tekshiring.
Foydalanish bo‘yicha qo‘llanmani diqqat bilan o‘qib chiqqach, Siz muzlatkichdan to‘g‘ri foydalana olasiz.
Foydalanish bo‘yicha qo‘llanmani muzlatkichdan foydalanishning butun muddati davomida saqlab qo‘ying.
”ATLANT” YOAJning ishlab chiqarish sifatini boshqarish va mahsulotlarni ishlab chiqarish tizimi STB ISO 9001-2015 ga muvofiqdir
va u Belarus Respublikasining muvofiqlikni tasdiqlovchi Milliy tizim Reyestrida BY/112 05.01. 002 07183 raqam bilan ro‘yxatga olingan.
1 UMUMIY MA’LUMOTLAR
1.1 Foydalanish bo‘yicha qo‘llanmaning ilovasi mavjud bo‘lib, unda
muzlatkichni boshqarish va undan foydalanishning o‘ziga xos jihatlari
hakidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan. Foydalanish bo‘yicha qo‘llanma
muzlatkichning turli rusumlari uchun ishlab chiqilgan.
Muzlatkich rusumidagi so‘nggi raqamlar (shartli ravishda «-XX»
yoki «-XXX») kafolat kartasida va muzlatkich kamerasining ichki chap
tomonidagi tablichkasida ko‘rsatilgan ijro etilish raqamini anglatadi.
Muzlatkichning ijro etilishida yuzalarning qoplam materiallari, quvvat
samaradorligi sinfi va rang yechimlari bilan farqlanadi.
Jadvalda hamda kafolat kartasida muzlatkichning seriya raqami
yozib qo’yilgan. Mahsulot ishlab chiqarilgan hafta va yilini aniqlash
bo’yich ma’lumot kafolat kartasida ko’rsatilgan.
1.2 Muzlatgich uy sharoitlarida va shunga o‘xshash sharoitlarda,
xususan:
do‘konlar, ofislarning xodimlari ovqatlanadigan xonalarda va
boshqa xizmat xonalarida;
dehqon (fermer) xo‘jaliklarida; mehmonxona, motel va ijarachilar
tomonidan foydalaniladigan boshqa turdagi uy-joylarda;
nonushta beriladigan nomerlarni taklif etuvchi mehmonxonalarda;
umumiy ovqatlanish joylarida va chakana savdo amalga
oshirilmaydigan shunga o‘xshash joylarda foydalanishga mo‘ljallangan.
1.3 Muzlatkichdan quyidagi holatlarda foydalanish mumkin:
– ilovada ko‘rsatilgan atrof-muhit haroratida;
– nisbiy namlik 75 % dan ortiq bo‘lmagan sharoitda;
nominal kuchlanishi 220-230 V oralig‘ida bo‘lgan, nominal
kuchlanishdan chetlanish ±10 % va chastotasi (50±1) Gs bo‘lgan
o‘zgaruvchan tokli elektr tarmog‘ida.
O‘zgacha foydalanish sharoitlarida muzlatkichning termoenergetik
xususiyatlari ishlab chiqaruvchi tomonidan ko‘rsatilganlariga mos
kelmasligi mumkin.
Muzlatkichdan yotoq uchun mo‘ljallangan xonalarda foydalanishda
shuni hisobga olish kerakki, muzlatkich ishlayotganda funksional
shovqinlar va tovushlar yuzaga keladi.
DIQQAT! Muzlatkich foydalanilishi mo‘ljallangan xona
hajmini hisobga olayotganda, muzlatkichning har 8 g R600a
xladagentiga xonaning kamida 1 m
3
hajmi to‘g‘ri kelishini
inobatga olish kerak. Xladagent massasi muzlatkichning
tablichkasida ko‘rsatilgan. Xonadagi shamollatish tizimi soz
bo‘lishi kerak.
1.4 Yetkazib beriladigan to‘plamga quyidagilar kiradi: butlovchi
buyumlar, ilovali foydalanish qo‘llanmasi, vakolatli servis tashkilotlarining
ro‘yxati, kafolat kartasi va sovutish asboblarining energetik samaralilik
yorlig‘i (keyingi o‘rinlarda – yorliq).
Kafоlat kartasida muzlatgichning tехnik rеglamеntlarga mоs
kеladigan bеlgilari kеltirilgan, jadvallarda esa muzlatgichning
ko‘rsatkichlarining tехnik ro‘yхati va eхtiyot qismlari sоni to‘g‘risidagi
ma’lumоt jоylashtirilgan.
1.5 Muzlatkichning asosiy texnik xususiyatlarini o‘zgarmas
qoldirgan holda, ishlab chiqaruvchi uning konstruksiyasini
takomillashtirishi mumkin.
DIQQAT! Ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) mahsulotdan
foydalanish yoki uni saqlash shartlarining buzilishi, yengib
bo‘lmas kuchlar (yong‘in, tabiiy ofat va sh.k.), uy hayvonlari,
xasharotlar va kemiruvchilarning ta’siri natijasida unga
yetkazilgan nuqsonlar va zarar uchun (shu jumladan kafolat
muddatida) javobgarlikka ega emas.
Информация для предварительного ознакомления. Официальной информацией изготовителя не является

Содержание

Похожие устройства

Скачать