Samsung MG22M8074CT — oson va tez tayyorlanadigan retseptlar mikroto'lqinli pechda [132/168]

Превью страниц Страница 132 / 168
Samsung MG22M8074CT [132/168] Pechdan foydalanish
Pechdan foydalanish
20 O'zbek
Pechdan foydalanish
2. Rus menyulari
Kod Oziq-ovqat Porsiya hajmi Tarkibi
2-1 Omlet 200-250 g 3 ta tuxum, 45 ml qaymoq, 40 g pishloq, ukrop, tuz
Ko'rsatmalar
Pishloqni yirik qirg‘ichdan o‘tkazing va ukropni to‘rtburchak qilib
to‘g‘rang. Tuxumni kosada qaymoq bilan birga ko‘pirtirib, ta’bga ko‘ra
tuz qo‘shing. Tuxumli massani chuqur tarelkaga solib, ustiga qirilgan
pishloq va to‘g‘ralgan ukrop seping. Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying.
СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing. Dasturxonga
tortishdan avval 2-3 daqiqa kuting.
2-2 Konservalangan no'xotli
sosiskalar
2 dona 2 ta sosiska, 150 g konservalangan yashil no‘xat, 20 g
sariyog‘, 1 dona sarimsoq, 1 ta ko‘kpiyoz
Ko'rsatmalar
Ko‘kpiyoz va sarimsoqni to‘g‘rang. No‘xat, piyoz va sarimsoqni kosada
aralashtiring. Sosiska pishirilganida yorilmasligi uchun sanchqi yordamida
bir necha joyida teshing. Sosiskalar, no‘xat, sarimsoq va piyozni keng
tarelkaga yoyib, ustiga bir chaqmoq sariyog‘ qo‘ying. Ularni mikroto‘lqinli
pechga qo‘ying. СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing.
Dasturxonga tortishdan avval 2-3 daqiqa kuting.
Kod Oziq-ovqat Porsiya hajmi Tarkibi
2-3 Keks 3 dona 150-170 g un, 50 g shakar, 70-75 ml qaymoq, 20
g sariyog‘, 1 ta tuxum, ½ qoshiqcha yog‘, 100 g
quritilgan kumkvat yoki mandarin, kunjut urug‘i
Ko'rsatmalar
Unni yog‘ bilan kosaga elang, ustiga qaymoq, shakar, yumshoq sariyog‘
soling, bitta tuxum chaqing va 1-2 daqiqa yaxshilab aralashtiring.
Kumkvatlar qattiqlik qilsa, yumshagunicha qaynoq suvda iviting, keyin
maydalab to‘g‘rang. To‘g‘ralgan kumkvatni xamirga qo‘shib, aralashtiring.
Xamirni kichkina qoliplarga soling, uchdan ikki qismigacha to‘ldiring, ustiga
kunjut seping. Qoliplarni baland taglikka joylashtiring. Ularni mikroto‘lqinli
pechga qo‘ying. СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing.
Dasturxonga tortishdan avval 2-3 daqiqa kuting.
2-4 Limonli qumoq to‘pchalari 9-10 ta to‘pcha 150 g un, 45 g sariyog‘, 60 g shakar, 1 ta tuxum, 1 ta
limon, 2 qoshiqcha mayda shakar, 2 qoshiq suv
Ko'rsatmalar
Unni kosaga elab, sariyog‘ qo‘shing va qo‘lda aralashtiring. Shakar, suv,
tuxum oqi, limon eti va 1 qoshiqcha limon sharbati qo‘shib, xamirni
qoring. Kichkina zo‘ldirchalar yasab, shakarga bulab oling. Ularni
pergamentli qog‘ozga qo‘ying. Mikroto‘lqinli pechga solib, СТАРТ/+30СЕК
(BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing. Signal berganidan so‘ng ularni
oling. Ustiga tuxum sarig‘i surting va mikroto‘lqinli pechga solib, yana
СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing. Dasturxonga
tortishdan avval 2-3 daqiqa kuting.
MG22M8074CT_BW_DE68-04552E-00_UZ_FULL.indd 20 2021-05-18  3:41:39

Содержание

378

Mikroto'lqinli pechda tayyorlanadigan oson va tez retseptlar. Omlet, sosiskalar, keks va limonli to'pchalar uchun oddiy ko'rsatmalar bilan tanishing.