Samsung MG22M8074CT — oziq-ovqat tayyorlash uchun mikroto'lqinli pech retseptlari [134/168]

Превью страниц Страница 134 / 168
Samsung MG22M8074CT [134/168] Pechdan foydalanish
Pechdan foydalanish
22 O'zbek
Pechdan foydalanish
Kod Oziq-ovqat Porsiya hajmi Tarkibi
2-10 Olxo'ri qoqili tovuq
oyoqchalari
300-350 g 2 ta tovuq soni, 1 ta mayda sabzi, ½ piyoz, 80–90 g
danagi olingan olxo‘ri, 1 stakan bulyon yoki suv, 2 ta
ko‘kpiyoz, ta’bga ko‘ra tuz
Ko'rsatmalar
Piyoz va sabzini yuvib, arching va yupqa qilib to‘g‘rang. Chuqur tarelkaga
yoying. Tovuq soniga tuz sepib, to‘g‘ralgan sabzavotlarning ustiga qo‘ying.
Olxo‘rini ustidan qo‘yib, bulyon quying. Ularni mikroto‘lqinli pechga
qo‘ying. СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing. Signal
berilganidan so‘ng ularni oling. Tovuq sonini ag‘darib, mikroto‘lqinli pechga
soling. Yana СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing.
Pishganidan so‘ng ustiga to‘g‘ralgan ko‘kpiyoz seping.
2-11 Xantal sousi qo'shilgan
cho'chqa bo'yni
500-600 g 250 g cho‘chqa lahmi, 1 ta sabzi, 1 ta piyoz, 1 qoshiq
un, 2 qoshiq donador xantal, 100 g quyuq smetana,
150 ml aralashtirilgan bulyon, tuz, ta’bga qarab
murch
Ko'rsatmalar
Lahmni yuvib, quriting va mayda kesing, gulyash qilishga moslangan
o‘lchamda. Piyoz va sabzini archib, yo‘g‘on qalamcha qilib kesing va go‘sht
bilan kosaga soling. Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. СТАРТ/+30СЕК
(BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing. Signal berilganidan so‘ng
ularni oling. Go‘shtga qaylani quyib, aralashtiring. Ularni mikroto‘lqinli
pechga qo‘ying. Yana СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini
bosing. Qaylani tayyorlash: smetanani xantal, un va bulyon bilan alohida
aralashtiring, ta’bga ko‘ra tuz va murch qo‘shing.
Kod Oziq-ovqat Porsiya hajmi Tarkibi
2-12 Sabzavotlar bilan pishirilgan
forel
300-400 g 1 ta kichkina gulmohi filesi, ½ sabzi (qaynatib
olingan), 2 ta rayhon shoxchasi, 1 ta piyozcha, 1 ta
pomidorcha, ½ limon, 1 qoshiq sabzavot yog‘i, tuz,
ta’bga ko‘ra murch
Ko'rsatmalar
Sabzi va piyozni yupqa to‘g‘rang, pomidorni halqa-halqa qilib to‘g‘rang.
Rayhon barglarini ajrating. Gulmohi filesini tarelkaga yoyib, tuz va murch
qo‘shing. Tayyorlangan sabzavotlarni ustidan yoyib chiqing (avval sabzini,
keyin qolgan masalliqlarni qatlam-qatlam qilib.) Baliqni yog‘ga botirib olib,
ustidan qirilgan limon etini seping. Ularni mikroto‘lqinli pechga qo‘ying.
СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing.
2-13 Qotirilgan tuxum qo'shilgan
go'shtli rulet
600-650 g 500 g mol go‘shti qiymasi, 3 qaynatilgan tuxum,
2 chimdim yanchilgan qalampir, 1 chimdim oq
murch, 2 chimdim yanchilgan kinza, ta’bga ko‘ra tuz
Ko'rsatmalar
Qiyma go‘shtni chuqur kosaga solib, ziravorlar va tuz qo‘shib, yaxshilab
aralashtiring. Qiyma go‘shtni yaxshilab ezg‘ilang. Shunda qiyma elastikroq
bo‘ladi. Qiyma go‘shtdan diametri 15 sm bo‘lgan bir xil yupqa kotletlar
yasang. Har bir kotlet ustiga bittadan qaynatilgan tuxum qo‘ying. Chekkasi
o‘tkir bo‘lgan dumaloqlar yasang va ustiga qalampir seping. Ularni
mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s)
tugmasini bosing. Dasturxonga tortishdan avval 2-3 daqiqa kuting.
MG22M8074CT_BW_DE68-04552E-00_UZ_FULL.indd 22 2021-05-18  3:41:39

Содержание

378

Mikroto'lqinli pechda tayyorlash uchun oson va tez retseptlar. Tovuq, cho'chqa go'shti, baliq va sabzavotlar bilan mazali taomlar tayyorlang.