Samsung MG22M8074CT — pechdan foydalanish bo'yicha muhim tavsiyalar va ko'rsatmalar [148/168]

Превью страниц Страница 148 / 168
Samsung MG22M8074CT [148/168] Pechdan foydalanish
Pechdan foydalanish
36 O'zbek
DIQQAT
Tovani olishda doimo qo'lqoplardan foydalaning, chunki u juda issiq bo'ladi.
Tovaga issiqqa chidamsiz bo'lgan buyumlarni joylashtirmang.
Tovani hech qachon aylanuvchi patnisga ega bo'lmagan pechga joylashtirmang.
Iltimos, tovani idish yuvish mashinasida yuvib bo'lmasligini yodda tuting.
ESLATMA
Shuni yodda tutingki, tova oson tirnaluvchi teflon qatlamiga ega. Tova ustida taomni kesish uchun pichoq kabi o'tkir
buyumlardan foydalanmang.
Tovani iliq suv va yuvish vositasi bilan tozalang va toza suv bilan chaying.
Qattiq chyotka yoki dag'al gubkadan foydalanmang, ular yuqori qatlamni shikastlab qo'yishi mumkin.
Qizartirish uchun idishni bevosita aylanuvchi patnisda qizdirish tavsiya qilinadi. Qizartirish uchun taomni 600 Vt + Gril
funksiyasi yordamida 3-4 daqiqa qizdiring. Jadvaldagi vaqt ko'rsatmalari va yo'riqnomalariga amal qiling.
Oziq-ovqat Porsiya hajmi Quvvat Vaqt (daq.)
Bekon 4 bo'lak (80 g) 600 Vt + Gril 3½-4
Ko'rsatmalar
Qizartiruvchi idishni avvaldan qizdirib oling. Bo'laklarni qizartiruvchi idishga bir qator
qilib qo'ying. Qizartiruvchi idishni gril uchun taglikka qo'ying. 3 daqiqa kuting.
Tomat-gril 200 g (2 dona) 450 Vt + Gril 4½-5
Ko'rsatmalar
Qizartiruvchi idishni avvaldan qizdirib oling. Pomidorlarni teng ikkiga bo'ling.
Ularning ustiga pishloq qo'ying. Pomidorlarni idishga aylana shaklida joylashtiring.
Qizartiruvchi idishni gril uchun taglikka qo'ying. 3 daqiqa kuting.
Burger (muzlatilgan) 2 dona (125 g) 600 Vt + Gril 7-7½
Ko'rsatmalar
Qizartiruvchi idishni avvaldan qizdirib oling. Muzlatilgan burgerni idishga aylana
shaklida joylashtiring. Qizartiruvchi idishni gril uchun taglikka qo'ying. 4-5 daqiqadan
keyin ag'daring. 3 daqiqa kuting.
Bagetlar (muzlatilgan) 200-250 g (2 dona) 450 Vt + Gril 8-9
Ko'rsatmalar
Qizartiruvchi idishni avvaldan qizdirib oling. 1 dona bagetni markazga, 2 ta bagetni
idishga yonma-yon holda qo'ying. Qizartiruvchi idishni gril uchun taglikka qo'ying.
4 daqiqa kuting.
Pitstsa (muzlatilgan) 300-350 g 450 Vt + Gril 7½-8½
Ko'rsatmalar
Qizartiruvchi idishni avvaldan qizdirib oling. Pitstsani qizartirish uchun idishga
joylashtiring. Qizartiruvchi idishni aylanuvchi patnisga qo'ying. 2 daqiqa kuting.
Pechdan foydalanish
MG22M8074CT_BW_DE68-04552E-00_UZ_FULL.indd 36 2021-05-18  3:41:41

Содержание

378

Pechdan foydalanish uchun muhim tavsiyalarni o'rganing. Tovalarni to'g'ri joylashtirish, tozalash va qizartirish bo'yicha ko'rsatmalarni bilib oling.