Samsung MG22M8074CT — tez muzdan tushirish va issiq saqlash rejimlari haqida ma'lumot [145/168]

Превью страниц Страница 145 / 168
Samsung MG22M8074CT [145/168] Issiq tutish xususiyatlaridan foydalanish
O'zbek 33
Pechdan foydalanish
Quyidagi jadvalda Быстрая разморозка (Tez muzdan tushirish) rejimining turli dasturlari, porsiya hajmi, kutish vaqti
va tegishli yo‘l-yo‘riqlar keltirilgan. Muzdan tushirishdan avval har qanday o'rama materiallarni olib tashlash kerak. Go‘sht,
parranda, baliq, meva/reza mevalarni yassi shisha yoki sopol idishga soling.
Kod Oziq-ovqat Porsiya hajmi Ko'rsatmalar
1 Go'sht 200-1500 g Chetlarini alyuminiy folga bilan yoping. Pech tovushli signal
berganida go'shtni aylantiring. Ushbu dastur mol go'shti, qo'y
go'shti, cho'chqa go'shti, bifshtekslar, to'qmoqlangan go'sht,
qiymani muzdan tushirish uchun mo'ljallangan. 20-60 daqiqa
kuting.
2 Parranda 200-1500 g Oyoqlari va qanotlarining uchini alyuminiy folga bilan yoping.
Pech tovushli signal berganida parranda go'shtini aylantiring.
Siz tovuqni ham butunligicha, ham bo'laklar ko'rinishida
muzdan tushirishingiz mumkin. 20-60 daqiqa kuting.
3 Baliq 200-1500 g Butun baliqning dumini alyuminiy folga bilan yoping. Pech
tovushli signal berganida baliqni aylantiring. Ushbu dastur
baliqni ham butunligicha, ham baliq filesining bo'laklari
ko'rinishida muzdan tushirish uchun mo'ljallangan. 20-60
daqiqa kuting.
4 Mevalar/Reza
mevalar
100-600 g Mevalarni yassi shisha idishga bir tekis qilib joylashtiring. Bu
dastur barcha turdagi mevalar uchun mos keladi. 5-30 daqiqa
kuting.
Issiq tutish xususiyatlaridan foydalanish
Поддержание тепла (Issiq tutish) xususiyati taomni dasturxonga tortilgunicha issiq saqlaydi. Tortishga tayyor
bo‘lgunicha taomni issiq saqlash uchun shu funksiyadan foydalaning. Yuqoriga yoki Pastga tugmasini bosib, haroratni
qaynoq yoki o‘rtacha qilib tanlashingiz mumkin.
IZOH
Поддержание тепла (Issiq tutish) vaqti 60 daqiqa qilib belgilangan.
Maksimal Поддержание тепла (Issiq tutish) vaqti 60 daqiqa.
1
1. Поддержание тепла (Issiq tutish) tugmasini bosing.
2
3
2. Yuqoriga yoki Pastga tugmasini bosib, Qaynoq va
o‘rtachani tanlang.
3. СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing.
60 daqiqa ko‘rsatiladi.
Taomni isitishni to‘xtatish uchun eshikni oching yoki
СТОП/ЭКО (TO‘XTATISH/EKO) tugmasini bosing.
MG22M8074CT_BW_DE68-04552E-00_UZ_FULL.indd 33 2021-05-18  3:41:40

Содержание

378

Oziq-ovqatlarni tez muzdan tushirish va issiq saqlash uchun turli dasturlar va ko'rsatmalar. Go'sht, baliq va mevalarni qanday tayyorlashni bilib oling.