Maxwell MW-1201 W [40/44] Ўзбек
![Maxwell MW-1201 W [40/44] Ўзбек](/views2/1099190/page40/bg28.png)
40
ЎЗБЕК
• Suv uchun idishning ichki yuzasini nam mato bilan arting.
BUYUMDAN FOYDALANISH YUZASIDAN
KO’RSATMALAR
• Bug’da tayyorlash moslamasini tekis, barqaror, issiqqa
chidamli yuzaga o’rnating.
• Isitish elementining halqasini (7) isitish elementining
ustiga (8) shunday qilib o’rnating, halqadagi (7) tirqish
pastda bo’lishi lozim.
• Suv uchun idishni sovuq suv bilan suv sathining
shkalasidagi (10) MAX maksimal darasigacha yoki idishning
ichidagi maksimal suv sathi belgisigacha to’ldiring.
• Suv uchun idishni suv bilan ikki usulda to’ldirish mumkin:
- suv quyish uchun tuynuk orqali (5) yoki suvni bevosita
idishning ichiga quyish.
• Agar Siz ovqat tayyorlash paytida avval quyilgan suvning
miqdori keragidan kamroq ekanligini aniqlagan bo’lsangiz,
uni bug’da pishirish idishlarini yechib olmagan holda tuynuk
(5) orqali uni qo’shishingiz mumkin (1-rasm).
• Filtrlangan suvdan foydalaning, u pastroq tuzlilik
darajasiga ega bo’ladi, bu esa isitish elementi ustidagi
quyqa hosil bo’lishi darajasini kamaytirishga imkon beradi.
Ne zalivayte vodu vыshe otmetki MAX.
Ogohlantirish:
- suvga tuz, qalampir, ziravorlar, vino, qaylalar yoki boshqa
suyuqliklarni qo’shish tavsiya qilinmaydi.
- Bug’da tayyorlash moslamasidan har bir foydalanishdan
avval suvni almashtiring.
• Kondensatni yig’ish uchun taglikni (6) suv uchun
mo’ljallangan idishning ustiga o’rnating va uning to’g’ri
o’rnatilganligiga ishonch hosil qiling.
• Kondensatni yig’ish uchun taglikning (6) ustiga bir yoki
ikkita bug’dan pishirish uchun idishni (3-4) o’rnating.
• Ustki bug’li idishning ustini qopqoq bilan yoping (1).
• Tarmoq simining vilkasini rozetkaga kiriting.
• Taymerning (11) dastasini soat milining yo’nalishida
burang va Bug’da tayyorlash moslamasining kerakli ishlash
vaqtini belgilang, bunda indikator (12) yonadi.
• Belgilangan ishlash vaqti tugaganda, Bug’da tayyorlash
moslamasi avtomatik ravishda o’chiriladi, ovozli signal
eshitiladi va indikator (12) o’chadi.
• Bug’da tayyorlash moslamasini o’chiring va buyumning
sovishini kutib turing.
DIQQAT!
• Bug’da tayyorlash moslamasining ishlagan paytida
buyumning qopqog’iga va bug’li idishlarga tegmang – ular
juda issiq bo’ladi.
• Kuymaslik uchun buyumning qopqog’ini yoki bug’li
idishlarni yechib olish uchun oshxona sochiqlari yoki
qo’lqoplaridan foydalaning. Buyumning qopqog’ini bug’ni
chiqarib yuborish uchun sekin ko’taring, va buyumning
qopqogini undan suv oqib tushishi uchun bug’li idishning
ustida ushlab turing.
• Agar Siz oziq-ovqat mahsulotlarining tayyorligini tekshirib
ko’rmoqchi bo’lsangiz, dastasi uzun oshxona buyumlaridan
foydalaning.
• Bug’da tayyorlash moslamasining qolgan barcha
komponentlari sovib qoldganda ham, suv uchun idishning
ichidagi suv issiq bo’lishi mumkinligini unutmang.
• Bug’da tayyorlash moslamasidan taglik, bug’li idishlar va
uning qopqog’i o’rnatilmagan holda foydalanmang.
MASLAHATLAR
• Go’shtni, baliqni va dengiz oziq-ovqat mahsulotlarini to’liq
tayyor bo’lguncha tayyorlang.
• Doimo faqat eritilgan mahsulotlardan foydalaning,
sabzavotlar, baliq va dengiz oziq-ovqat mahsulotlari
bundan istisno.
• Agar Siz bir vaqtning o’zida ikkita bug’da pishirish
idishlaridan foydalanayotgan bo’lsangiz, ajralib chiqayotgan
suyuqlik boshqa bug’da pishirish uchun idishning ichida
bo’lgan mahsulotlarga tegmasligi uchun go’shtni, parranda
go’shtini yoki baliqni pastki idishga soling.
• Oziq-ovqat mahsulotlariga qo’shimcha ta’mini berish
uchun kondensatni yig’ish uchun taglikka (6) yangi yoki
quritilgan o’tlar, ziravorlarni qo’shing.
O’tlarni o’z istagingizga ko’ra tanlang: timyan, kinza,
rayhon, ukrop, karri va estragon, sarimsoq piyoz, tmin,
xren – bu o’tlar va ziravorlarning kichik bir ro’yxatidir. Siz
oziq-ovqat mahsulotlariga yangi ta’m berish uchun o’tlardan
birgalikda foydalanishingiz mumkin. Yangi o’tlardan
foydalanganda ularni maydalab to’g’rash va (quritilgan
ziravorlarga qaraganda) umumiy hajmini ikki-uch baravar
oshirish lozim.
TUXUMLARNI PISHIRISH
Bug’da tayyorlash moslamasini ishlashga tayyorlang.
• Tuxumlarni pastki bug’da pishirish idishining (4) tubidagi
chuqurliklarga soling va uning ustini qopqoq (1) bilan
yoping.
• Bug’da tayyorlash moslamasini yoqib, taymerning
dastasini (11) kerakli ishlash vaqtiga burab belgilang.
GURUCHNI PISHIRISH
Bug’da tayyorlash moslamasini ishlashga tayyorlang.
• Bug’da pishirish idishining ichiga guruchni pishirish uchun
idishni (2) soling.
• Guruch idishiga (2) 1 piyola guruch soling va bir yarim
piyola suv quying. Guruchning maksimal miqdori 250
grammdan ortmasligi lozim.
• Bug’da pishirish idishining ustini qopqoq (1) bilan yoping.
• Bug’da tayyorlash moslamasini yoqib, taymerning
dastasini (11) kerakli ishlash vaqtiga burab belgilang.
MAHSULOTLARNI PISHIRISH PAYTIDA SUV QO’SHISH
Uzoq muddat davomida tayyorlanadigan oziq-ovqatlar
uchun:
- Oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash paytida suvning
sathini nazorat qilib turing.
- Zarur bo’lganda bug’da pishirish idishlarini yechib olmagan
holda suvni quyish uchun tuynuk (5) orqali suvni qo’shib
boring.
FOYDALI MASLAHAT VA TAVSIYALAR
• Jadvalda ko’rsatilgan oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash
vaqtini faqat tavsiya etiladigan vaqt dab hisobga olinishi
lozim, u oziq-ovqat mahsulotlarining hajmi, mahsulotlar
bo’laklarinig kattaligi va kerakli ta’miga qarab farqlanib turishi
mumkin. Bug’da tayyorlash moslamasidan foydalanishga
o’rgangan sari Siz oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlashning
istalgan vaqtini o’zingiz tanlay olasiz.
• Oziq-ovqat mahsulotlarining bir qatlami bir nechta
qatlamiga qaraganda tezroq tayyorlanadi, shuning uchun
MW-1201.indd 40MW-1201.indd 40 03.08.2010 11:17:1903.08.2010 11:17:19
Содержание
- Ñïàñèáî òî âûáðàëè ïàðîâàðêó maxwell 1
- Русский 3
- Русский 4
- Русский 5
- Русский 6
- Русский 7
- English 8
- English 9
- English 10
- English 11
- Deutsch 12
- Deutsch 13
- Deutsch 14
- Deutsch 15
- Deutsch 16
- Қазақ 17
- Қазақ 18
- Қазақ 19
- Қазақ 20
- Română 21
- Română 22
- Română 23
- Română 24
- Český 25
- Český 26
- Český 27
- Český 28
- Україньский 29
- Україньский 30
- Україньский 31
- Україньский 32
- Україньский 33
- Беларускi 34
- Беларускi 35
- Беларускi 36
- Беларускi 37
- Беларускi 38
- Ўзбек 39
- Ўзбек 40
- Ўзбек 41
- Ўзбек 42
- Ўзбек 43
Похожие устройства
- Nikon Coolpix S6700 Black Инструкция по эксплуатации
- Samsung ST200F Инструкция по эксплуатации
- Al-Ko SP 1200 Инструкция по эксплуатации
- Nikon Coolpix S6700 Red Инструкция по эксплуатации
- Nikon Coolpix L330 Black Инструкция по эксплуатации
- Samsung MV800 Инструкция по эксплуатации
- Al-Ko Т 150 Инструкция по эксплуатации
- Nikon Coolpix L830 Black Инструкция по эксплуатации
- Al-Ko Т 1000 Инструкция по эксплуатации
- Samsung WB750 Инструкция по эксплуатации
- Nikon Coolpix L830 Red Инструкция по эксплуатации
- Al-Ko Т 600 Инструкция по эксплуатации
- Samsung WB150F Инструкция по эксплуатации
- Al-Ko Т 500 Инструкция по эксплуатации
- Nikon Coolpix L830 Plum Инструкция по эксплуатации
- Samsung NX200 Инструкция по эксплуатации
- Al-Ko Т 250 Инструкция по эксплуатации
- Nikon Coolpix P530 Black Инструкция по эксплуатации
- Samsung NX210 Инструкция по эксплуатации
- Al-Ko SnowLine 560 II Инструкция по эксплуатации
Скачать
Случайные обсуждения