Hansa FS101.3 [169/192] Qurilmaning o rnatilishi va ishlash sharoitlari

Hansa FS101.3 [169/192] Qurilmaning o rnatilishi va ishlash sharoitlari
- 169 -
QURILMANING O’RNATILISHI
VA ISHLASH SHAROITLARI
Birinchi yoqishdan oldin o’rnatish
Mahsulotni qadoqdan ochish, eshikni va jihozlanishni yopib turuvchi
yopishqoq lentadan tozalash lozim. Yelimning qolgan izlarini nozik
yuvish vositasi va latta yordamida tozalash mumkin.
Qadoq va penoplast qismlarini tashlab yubormang. Qayta tashish
zarurati holatida sovutgichni penoplast qimlari va plyonkaga
qadodlash va ularni yopishqoq lenta bilan mustahkamlash lozim.
Sovutish va muzlatih bo’linmasi ichki yuzasini uy haroratidagi idish
yuvish vositasi qo’shilgan suv bilan yuvish, so’ngra artish va quritish
lozim.
Sovutgichni tekis, gorizontal va barqaror polga, quruq,
shamollatiladigan va quyoshli bo’lmagan xonaga, gaz plitasi, markaziy
isitish quvurlari, qaynoq suv installyasiyasi va boshqalar kabi issiqlik
manbalaridan uzoqda o’rnatish lozim.
Sovutgichning yuza qismlari qoplanishi mumkin bo’lgan himoya
plyonkasini olib tashlash zarur.
Qurilmaning o’rnatilishini gorizontal daraja bo’yicha, 2 ta aylanuvchi
oyoqchalar yordamida ta’minlash lozim (3-rasm).
Eshikning erkin ochilishini ta’minlash uchun qurilmaning (eshik
oshiqlari tomonidan) yon devori va xonaning devori o’rtasidagi
masofa 5-rasmda * ko’rsatilgan
Xonaning mos ventilyatsiyasini va havoning qurilmaning har
tomonidan erkin aylanishini ta’minlash lozim (6-rasm).*
Issiqlik manbalaridan eng kam masofa
elektr va gaz plitalaridan - 30 mm,
Moyli va gaz qozonlaridan - 300 mm,
duxovkadan korpusigacha - 50 mm
Agara yuqorida ko’rsatilgan masofalarga amal qilish mumkin bo’lmasa,
izolyatsiya panelllaridan foydalanish lozim.
Diqqat:
Sovutgichning orqa devori, ayniqsa kondensator va sovutish tizimining
boshqa qismlari shikastlanishga olib keluvchi boshqa qismlar bilan
tegmasligi kerak (ayniqsa CO va suvni yetkazuvchi quvurlar).
Qurilmaning qismlarini nojo’ya ishlatish mumkin emas. Alohida e’tibor
qaratish lozimki, compressor uchun o’yiqda ko’rinuvchi kapillyar
quvuri shikastlanmasin. Uni bukish, ochish va aylantirish mumkin
ema.
Foydalanuvchi tomonidan kapillyar quvurning shikastlanishi kafolat
ta’miri huquqini bekor qiladi (8-rasm).
Ba’zi-bir modellarda eshik dastaglari mustaqil ravishda o’ratilishi
kerak (tashishi paytida dastag olib qo’yiladi va sovutish bo’linmasi
ichiga solinadi).

Содержание

Скачать