Samsung MS20A7118AW/BW [124/132] Taom tayyorlash bo yicha yo riqnoma

Samsung MS20A7118AW/BW [124/132] Taom tayyorlash bo yicha yo riqnoma
36 O'zbek
Taom tayyorlash bo'yicha yo'riqnoma
Taom tayyorlash bo'yicha yo'riqnoma
Suyuqlik va taomlarni isitish
Jadvalda ko'rsatilgan quvvat darajalari va vaqt oraliqlaridan isitishdagi qo'llanma sifatida foydalaning.
Oziq-ovqat Porsiya hajmi Quvvat Vaqt (daq.)
Ichimliklar (qahva, choy
va suv)
150 ml (1 piyola)
250 ml (1 stakan)
850 Vt 1-1½
1½-2
Ko'rsatmalar
Suyuqlikni sopol idishga quying va qopqog'ini yopmagan holda isiting. Idish/
stakanni aylanuvchi patnisning markaziga joylashtiring. Kutish vaqti davomida
pechning ichida qoldiring va yaxshilab aralashtiring. 1-2 daqiqa kuting.
Sho'rva (sovitilgan) 250 g 850 Vt 3-3½
Ko'rsatmalar
Chuqur sopol tarelkaga quying. Plastmassa qopqoq bilan yoping. Isitgandan
keyin yaxshilab aralashtiring. Dasturxonga tortishdan avval yana aralashtiring. 2-3
daqiqa kuting.
Dimlangan go'sht yoki
baliq (sovutilgan)
350 g 600 Vt 5½-6½
Ko'rsatmalar
Dimlangan go'sht yoki baliqni chuqur sopol idishga soling. Plastmassa qopqoq
bilan yoping. Isitish vaqtida vaqti-vaqti bilan aralashtirib turing va kutish vaqtidan
hamda dasturxonga tortishdan avval yana aralashtiring. 2-3 daqiqa kuting.
Sousli makaron
mahsulotlari (Sovutilgan)
350 g 600 Vt 4½-5½
Ko'rsatmalar
Makaron mahsulotlarini (masalan, spagetti yoki tuxumli ugra) tekis sopol idishga
soling. Mikroto'lqinli pech uchun mo'ljallangan yopishqoq plyonka bilan yoping.
Dasturxonga tortishdan avval aralashtiring. 3 daqiqa kuting.
Masalliqli sousli makaron
mahsulotlari (sovutilgan)
350 g 600 Vt 5-6
Ko'rsatmalar
Masalliqli un mahsulotini (masalan, ravioli, chuchvara) chuqur sopol idishga
soling. Plastmassa qopqoq bilan yoping. Isitish vaqtida vaqti-vaqti bilan
aralashtirib turing va kutish vaqtidan hamda dasturxonga tortishdan avval yana
aralashtiring. 3 daqiqa kuting.
Suyuqlikni isitish
Suyuqliklarning barcha qismlaridagi harorat tenglashishi uchun pech o'chirilgandan keyin kamida 20 soniya kuting.
Zarur bo'lgan hollarda suyuqlikni aralashtiring va isitilgandan keyin uni DOIMO aralashtiring. Suyuqlikning qaynab
ketishi va kuyib qolishni oldini olish uchun ichimlik solingan stakanga qoshiqcha yoki shisha tayoqcha soling va
isitish vaqtida va isitgandan keyin uni aralashtiring.
Chaqaloq ovqatini isitish
Chaqaloq ovqati:
Taomni chuqur sopol idishga soling. Plastmassa qopqoq bilan yoping. Isitgandan keyin yaxshilab aralashtiring!
Ovqatlantirishdan avval 2-3 daqiqa kuting. Yana aralashtiring va haroratni tekshiring.
Dasturxonga tortishda tavsiya qilingan harorat: 30-40 °C.
Bolalar suti:
Sutni sterillangan shisha butilkaga quying. Berkitmagan holda isiting. Sutni hech qachon butilkaga so'rg'ich
kiydirilgan holda isitmang, ortiqcha qizib ketganda butilka portlab ketishi mumkin. Kutib turish vaqti oldidan va
keyin silkiting! Bolalar suti yoki taomini bolaga berishdan avval doimo haroratini yaxshilab tekshiring. Dasturxonga
tortishda tavsiya qilingan harorat: 37 °C.
Mulohaza:
Kuyishning oldini olish uchun bolaga berishdan avval bolalar taomlarining haroratini juda puxta tekshirish lozim.
Quyidagi jadvalda ko'rsatilgan quvvat darajalari va isitish vaqt oraliqlariga amal qiling.
User_MS23A7118A_BW_DE68-04675C-00_UZ.indd 36User_MS23A7118A_BW_DE68-04675C-00_UZ.indd 36 27/7/2021 1:48:07 PM27/7/2021 1:48:07 PM

Содержание

Похожие устройства

Скачать