Samsung ME81MRTB/BW [66/80] Mikroto lqinga oid ehtiyot choralari

Samsung ME81MRTB/BW [66/80] Mikroto lqinga oid ehtiyot choralari
O’zbek - 6
Mikroto‘lqinga oid ehtiyot choralari
Quyidagi ehtiyot choralariga amal qilmaslik mikroto’lqinli nurlanishning organizmingizga
zararli ta’siriga olib kelishi mumkin.
Pechni eshigi ochiq turgan holatda ishlatmang. Blokirovkalash kontaktlarini (eshikcha
qulfini) buzmang. Blokirovkalash kontaktlarining tirqishlariga hech narsa tiqmang.
Pech eshikchasi va old panel orasiga hech qanday buyum qo‘ymang, zichlovchi
yuzalarda ovqat qoldiqlari yoki tozalash vositalarining cho’kindilari to’planishiga yo’l
qo’ymang. Pechdan har gal foydalangandan so’ng eshikcha va uning zichlovchi
yuzasini oldin ho’l, keyin esa yumshoq quruq latta bilan artgan holda, tozalikda
saqlang.
Pech shikastlangan bo‘lsa, uni ishlatmang. Malakali mutaxassis tomonidan
ta’mirlanganidan so‘nggina ishlating.
Muhim: pech eshigi to‘g‘ri yopilishi kerak. Eshik egilmasligi kerak; eshik ilgaklari
singan yoki bo‘shab qolgan bo‘lmasligi kerak; eshik zichlagichlari va zichlovchi
yuzalari shikastlanmasligi kerak.
Barcha sozlash va ta’mirlash ishlari malakali mutaxassis tomonidan bajarilishi lozim.
Mikroto‘lqinli pechga oid ehtiyot choralari
Faqat mikroto‘lqinda ishlatish mumkin bo‘lgan idish-tovoq ishlating. Metall idishlar, oltin
yoki kumush qoplangan oshxona idishlari, shampurlar kabilardan foydalanmang.
O‘ralgan simlarni olib tashlang. Uchqun chiqishi mumkin.
Qog‘oz yoki kiyimlarni quritish uchun pechdan foydalanmang.
Oz miqdordagi taomlarni isitishda taomning ortiqcha isib yoki kuyb ketmasligi uchun
vaqtni qisqartiring.
Elektr shnuri va vilkasini suv hamda issiqlik manbalarida uzoqda tuting.
Yorilmasligi uchun xom tuxum yoki qaynatilgan tuxumlarni isitmang. Zich yopilgan yoki
vakuumdagi idishlar, yong‘oq, pomidor va hokazolarni isitmang.
Havo almashish tirqishlarini mato yoki qog’oz bilan yopib qo’ymang. Yong‘in chiqish xavfi
vujudga keladi. Pech ortiqcha qizib ketishi va avtomatik tarzda o‘chishi mumkin va u
yetarli darajada soviginicha o’chiq holda qoladi.
Idishlarni olayotgan doim pech qo‘lqoplaridan foydalaning.
Suyuqlikni isitish vaqtida va undan keyin aralashtiring va kuchli qaynashning oldini olish
uchun pech o’chganidan keyin kamida 20 soniya kuting.
Eshikchani ochganda issiq havo yoki bug’dan kuyib qolishning oldini olish uchun
pechdan uzatilgan qo’l masofasida turish kerak.
Bo‘sh pechni yoqmang. Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida pech 30 daqiqadan keyin
avtomatik ravishda o‘chadi. Pech tasodifan yoqilgan hollarda mikroto‘lqinlarni yutishi
uchun uning ichiga bir stakan suv qo‘yib qo‘yish tavsiya qilinadi.
Pechni o‘rnatishda bu qo‘llanmada ko‘rsatilgan oraliqlarga rioya eting. (“Mikroto‘lqinli
pechni o‘rnatish” bo‘limiga qarang.)
Boshqa elektr jihozlarini pechga yaqin joylashgan rozetkalarga ulashda ehtiyot choralariga
amal qiling.
ME81K_ME81M_ME81A_BWT_DE68-04286A-04_RU+UK+KK+UZ_F.indb 6 2019-11-23  3:14:48

Содержание

Похожие устройства

Скачать