Artel VCC 4530 Vinous [5/100] O zbekcha

Artel VCC 4530 Vinous [5/100] O zbekcha
Xavfsizlik va ehtiyot choralari
To'g'ri foydalanish haqida ma'lumot
DIQQAT: Quyidagi harakatlar keskin taqiqlanadi:
DIQQAT: Changyutgichdan foydalangan holda quyidagilar taqiqlanadi:
5
Changyutgichni faqat quruq tozalash qoidaga ko’ra iflos pol (parket, gilamlar, kafel) uchun
ishlating. Mebel va avtomobilni tozalash uchun jamlanmada mavjud bo'lgan maxsus cho’tka
va nasadkalardan foydalaning. Boshqa har qanday qo'llanish xato hisoblanib man etiladi.
Zinalarni tozalaganingizda changyutgich doimo Sizdan pastda turishi kerak.
- Changyutgichni chang yig’gich yoki filtrlarni o’rnatmasdan ishlatish. Bu motorning
buzulishiga olib kelishi mumkin;
- Portlovchi, tez yonuvchi material va moddalar yaqinida ishlatish. Yonish yoki portlash
ehtimoli bor;
- Changyutgich teshiklarini yopish. Bu qizib ketish yoki buzilishga olib keladi.
- Changyutgichni mustaqil ta'mirlashga urinish;
- Changyutgichni oqib turgan suvda yuvish;
- Xo'l predmet va tana a'zolari bilan changyutgichga tegish;
- Ish paytida changyutgichni qarovsiz qoldirish;
- Hayvonlar, o'simliklar, yuz, ayniqsa sochlar, barmoqlar va boshqa a'zolar, mayda va katta
predmetlar, pardalar va kiyimlar, jumladan, odam kiyib olgan kiyimlarni tozalash taqiqlanadi.
Ushbu nojo’ya harakatlar jarohatlar yoki changyutgich buzilishiga olib keladi;
- Suv, boshqa suyuqliklar va nam yuzalarni tozalash. Changyutgich ichidagi nam qisqa
tutashuvga olib kelishi mumkin;
- Tonerlarni (lazer printerlar, nusxa olish apparatlari va h.k.) tozalash. Yonib ketish yoki
portlash ehtimoli mavjud.
- Yonuvchi moddalar (qaynoq kul, yongan sigareta yoki gugurt qoldiqlari, erituvchilar,
zaharlovchi yoki portlovchi moddalar va h.k.) tozalash. Bular yong'in yoki portlashga olib
kelishi mumkin;
- Sanchiladigan o'tkir predmetlar, jumladan, shisha bo'laklari, metall qirindi, mixlar va
boshqalarni tozalash. Ular changyutgichni shikastlashi mumkin;
- Shag'al tosh, gips, sement, mayda chang, pardoz-andoz vositalari qoldiqlari va boshqalarni
tozalash. Bu changyutgichning zararlanishiga olib keladi.
TAQIQLANADI: Changyutgichni ochiq havoda ishlatish. Yomg'ir yoki kir kirish ehtimoli
bor bo'lib, bu o'z navbatida changyutgichning ishlash qobilyatini susaytiradi va tashqi
ko'rinishiga ta'sir ko’rsatadi.
OGOHLANTIRISH: Yuqorida aytib o'tilgan eslatmalarga amal qilinmasa, changyutgichni
noto'g'ri ulansa, insonlar va hayvonlar hayoti uchun xavf tug’dirilsa, shuningdek, turli
predmetlarga zarar yetkazilsa, ishlab chiqaruvchi javobgarlikni o’z bo’yniga olmaydi.
O’ZBEKCHA

Содержание

Похожие устройства

Скачать
Случайные обсуждения