Artel Angled G260 Black Glass [15/42] O zbekcha

Artel Angled G260 Black Glass [15/42] O zbekcha
FOYDALANISH BO'YICHA QO'LLANMAGA QO'SHIMCHA
Xarid qilishda mazkur foydalanish bo'yicha qo'llanmani diqqat-e'tibor bilan o'rganib chiqishingizni
va kafolat taloni to'g'ri to'ldirilganligini tekshirib ko'rishingizni qat'iy so'raymiz. Bunda siz tomondan xarid
qilingan mahsulot modelining seriya raqamlari va nomlanishi kafolat talonidagi yozuv bilan bir xil bo'lishi
kerak. Talonga biror-bir o'zgartirishlar, tuzatishlar kiritilishiga yo'l qo'yilmaydi. Kafolat taloni noto'g'ri
to'ldirilgan yoki to'liq to'ldirilmagan holatda, zudlik bilan sotuvchiga murojaat qiling.
Mazkur mahsulot maishiy sharoitlar uchun mo'ljallangan texnik jihatdan murakkab tovar
hisoblanadi. Ehtiyotkorlik va diqqat-e'tibor bilan foydalanilganda, u Sizga uzoq yillar xizmat qiladi.
Ishlatish davomida mexanik shikastlanishlarga, ichiga begona narsalar, suyuqliklar, hasharotlar,
kemiruvchilar va boshqa tirik mavjudotlar tushib qolishiga yo'l qo'ymang. Butun xizmat muddati
mobaynida model nomlanishi belgisi va mahsulotning seriya raqami qayd etilgan markirovka yorlig'ining
yaxshi saqlanib qolishiga e'tibor garating.
Siz xarid qilgan havo tortish qurilmasini o'rnatish va elektr ta'minotga ulash bo'yicha ishlarni amalga
oshiradigan shaxs etarlicha bilimlarga, malakalar va mahoratlarga egaligiga, amalga oshirilgan ishlarning
to'g'riligi, kelgusida barcha yuzaga keladigan oqibatlari uchun javobgar bo'lishiga ishonch hosil qiling.
Shuni yodda tutingki, mahsulotning malakali o'rnatilishi undan xavfsiz foydalanish, kelgusida to'g'ri
ishlatish va kafolatli xizmat ko'rsatilishi uchun juda muhimdir.
Agar mahsulotdan foydalanish jarayonida Siz uning ishlash ko'rsatkichlari foydalanish bo'yicha
qo'llanmada qayd etilgan ko'rsatkichlardan farq qiladi deb hisoblasangiz, Sizga mahsulot sotgan
tashkilotga yoxud kompaniyaning istalgan avtorlashtirilgan servis markaziga maslahat olish uchun
murojaat qilishingizni tavsiya etamiz.
ISHLAB CHIQARUVCHI O'ZIDA
APPARATNING ISHLASHIGA
TA'SIR QILMAYDIGAN O'ZGARTIRISHLAR
KIRITISH HUQUQINI QOLDIRADI.
13
O’ZBEKCHA

Содержание

Похожие устройства

Скачать