Artel Angled G260 Black Glass [7/42] O zbekcha

Artel Angled G260 Black Glass [7/42] O zbekcha
Elektr toki tarmog'iga ulash shaylik rejimini avtomatik ravishda ishga tushiradi.
Taymer tugmasi.
Vaqtni o'rnatish:
Shaylik rejimida ushbu tugmani bir muddat bosib turing, so'ngra esa vaqtni o'rnatishni boshlang.(5-rasm)
Bosilgandan so'ng displeyda birinchi galda soatlar miqdori aks etadi, o'rnatish uchun + ni yoki - ni bosing.
Keyin ni bosing, bunday vaziyatda daqiqalar miqdorini o'rnatish imkoni paydo bo'ladi, o'rnatish
uchun + ni yoki -ni bosing. Uchinchi bor ni bosing yoki 10 soniya kutib turing hamda vaqtni o'rnatish
nihoyasiga yetadi.
Devor shkafi ostiga mahkamlash: Mahkamlashdan oldin devor shkafi havo tortish qurilmasi og'irligini
ko'tara olishiga ishonch hosil qiling, shuningdek rozetka holatini tekshirib ko'ring va elektr ta'minot kabeli
qayerdan o'tkazilishini o'ylab qo'ying, chunki devor shkafida uning uchun teshik hosil qilishga to'g'ri kelishi
mumkin. Havo chiqish uchun teshik holatini belgilab qo'ying: u xohish-istagingizga qarab, devor yoki
shiftda bo'lishi mumkin. Devorda havo chiqish uchun teshik holatini belgilang va parmalab teshing (125
mm diametrda). Mo'ri (quvur)ni yuqorida qayd etilgan tavsiyalarga muvofiq o'tkazing. Havo tortish
qurilmasini mahkamlash uchun shkaf tubida 4 ta teshik holatini belgilab qo'ying va parmalab teshing,
shuningdek havo chiqish uchun 125 mm diametrli teshikni parmalab teshing. Havo tortish qurilmasini
shkaf tubiga joylashtiring va 4 ta vint bilan mahkamlab qo'ying, ushbu ishlar shkafning ichki tomonidan
amalga oshiriladi (4 ta vint etkazib berish to'plamiga kirmaydi). Mo'ri (quvur)ni o'tkazish moslamasiga
mahkamlang. Elektr tarmoqqa ulanishni amalga oshiring. O'rnatish yakunlandi.
BU MUHIM!
Tortiladigan havo gaz yoki boshqa turdagi yonilg'ilarda ishlaydigan uskunalardan yonish
mahsulotlarini chiqarib tashlash maqsadida ishlatiladigan mo'rilar orqali chiqarib yuborilmasligi kerak.
FOYDALANISH
Havo tortish qurilmasini taom pishirishni boshlashdan oldin ishga tushirish tavsiya qilinadi.
Havo tortish qurilmasini taom pishirish yakunlangandan so'ng hosil bo'lgan bug'lar va hidlarni to'liq
bartaraf qilish uchun 15 daqiqa ishga tushirilgan holatda saqlash tavsiya qilinadi.
Havo tortish qurilmasi modeliga qarab, quyidagi rasmdagi kabi almashlab ulagichlar bilan
jihozlanishi mumkin:
4-rasm
A q Ventilyatorni ishlashdan to'xtatish; Bq I ventilyator tezligi; C q Il ventilyator tezligi; D q III
ventilyator tezligi; E q yoritish. (4-rasm)
Havo tortish qurilmasi sifatli ishlashi uchun muntazam ravishda texnik xizmat ko'rsatilishini amalga
oshiring, jumladan yog' tutgich filtrlarni tozalang, ko'mir filtrlarini almashtiring.
Sensorli boshqaruv
5-rasm
O’ZBEKCHA
5

Содержание

Похожие устройства

Скачать