Artel Angled G260 Black Glass [9/42] O zbekcha

Artel Angled G260 Black Glass [9/42] O zbekcha
5
-
Ventilyator tezliklarini yoki lampani yoqish uchun kerakli tugma bosiladi, o’chirish uchun esa ishga tushgan
tugma qayta bosiladi. (7-rasm)
1. Ventilyator nominal tezligi.
2. Ventilyator o’rta tezligi.
3. Ventilyator yuqori tezligi.
4. Ventilyator Turbo tezligi.
LED lampa tugmasi
Yog’ tutgich filtrlar: Havoni yog’ zarralaridan tozalaydi va ularning kirlanish darajas havo tortish
qurilmasidan foydalanish chastotasiga bog’liq bo’ladi. Alangalanish xavfining oldini olish uchun filtrlarni
eng kamida har 2 oyda bir marotaba (yohud foydalanish jadalligiga qarab ko’proq, o’rta ko’rsatkich
keltirilgan) quyidagi tarzda tozalash tavsiya qilinadi: havo tortish qurilmasidan filtlarni yechib oling,
fiksatorni bo’shatib, filtorning old chekkasini pastga torting, filtrning orqa chekkasini ariqchalardan chiqarib
oling.
Ularni muayyan vaqt (kirlanish darajasiga, ishtiladigan yuvish vositasiga qarab) neytral yuvish vositasi
qo'shilgan suvga botirib qo'ying. (8-rasm)
Iliq suv bilan yaxshilab yuving va quriting.
Filtrlar idish-tovoq yuvish mashinasida ham yuvilishi mumkin.
Alyumin plastinalar yuvilgandan so'ng rangi o'zgarishi mumkin. Bu ularni almashtirish uchun sabab
hisoblanmaydi.
Yog ' tutgich filtrni o'rnatish teskari ketma-ketlikda amalga oshiriladi. O'rnatilgandan so'ng, filtr
mustahkam qo'yilganligiga ishonch hosil qiling.
Siz xarid qilgan havo tortish qurilmasi modeli va butlanishiga qarab, yog' tutgich filtrlar bilan
ta'minlanmagan bo'lishi mumkin yoxud alyuminli yog' tutgich filtr yoki zanglamaydigan po'latdan
tayyorlangan yog' tutgich filtr bilan ta'minlangan bo'lishi mumkin.
Ko'mir filtrlari: Ko'mir filtrlari xonaga takroran kiradigan havoni tozalaydi. Ushbu filtrlar yuvilmaydi va
takroran ishlatilmaydi, ular eng kamida har ikki 4 oyda bir marta (yoxud foydalanish jadalligiga qarab
ko'proq, o'rtacha ko'rsatkich keltirilgan) almashtirilishi kerak. Ko'mir filtrining yutish imkoniyati havo tortish
qurilmasidan foydalanish chastotasiga, tayyorlanadigan taom turiga va yog' yutgich filtrlarning muntazam
tozalab turilishiga bog'liq.
Ko'mir filtrini almashtirish uchun yog'tutgich filtrni yechib oling, filtrni soat millariga qarshi yo'nalish
bo'yicha oxiriga tiralgunga qadar burang, havo tortish qurilmasi ventilyatori korpusidan filtrlarni chiqarib
oling. Bunda haddan tashqari ko'p kuch ishlatmang, bu qurilmaning sinishiga olib kelishi mumkin.
Ko'mir filtrini o'rnatish teskari tartibda amalga oshiriladi.
Yorug'lik diodli lampa (LED): Havo tortish qurilmasi yorug'lik diodli lampalar bilan jihozlangan.
Yorug'lik diodli lampa eng ekologik toza yorug'lik manbalaridan biri hisoblanadi. Yorug'lik diodli lampalarda
tarkibida simob mavjud moddalar ishlatilmaydi, shu tufayli ular ishdan chiqqan yoki singan holatlarda xavf
tug'dirmaydi. To'liq ekologik xavfsizlik utilizatsiya qilish uchun maxsus harakatlar talab qilinmagan holda
atrof-muhitni saqlash imkonini beradi.
8-rasm
7

Содержание

Похожие устройства

Скачать