Samsung NV68R2340RB/WT Инструкция по эксплуатации онлайн [113/132] 803456

Samsung NV68R2340RB/WT Инструкция по эксплуатации онлайн [113/132] 803456
O'zbek 13
Amallar
Tayyorlash vaqtini tozalash uchun
Tayyorlash vaqtini tozalashingiz mumkin. Pechni istalgan vaqtda o‘zingiz to‘xtatishni istasangiz,
shunday qilgan maqul.
1. Pech pishirayotganida qolgan tayyorlash vaqtini
ko‘rsatish uchun ni bosing.
2. Qiymat shkalasini aylantirib, tayyorlash vaqtini
“00:00” ga qo‘ying. Muqobil tarzda, tugmasini
bossangiz bas.
3. OK tugmasini bosing. Pech belgilangan haroratda
vaqt ma’lumotisiz pishirishda davom etadi.
IZOH
Tayyorlash vaqtini bekor qilgan bo‘lsangiz, tayyorlash tugaganidan so‘ng pechni qo‘lda
to‘xtatishingiz lozim.
Keyinchalik tugallash
Keyinchalik tugallash pishirishni qulaylashtirishga mo‘ljallangan.
1-misol
Faraz qilaylik, bir soatlik retseptni 14:00 da tanladingiz va pishirish 18:00 da tugashini xohlaysiz.
Tugash vaqtini qo‘yish uchun Tayyor bo‘lish vaqtini 18:00 ga qo‘ying. Pech 17:00 da pishirishni
boshlaydi va belgilanganidek 18:00 da tugatadi.
Joriy vaqt: 14:00 Belgilangan tayyorlash vaqti:
1 soat
Belgilangan keyinchalik
tugallash vaqti: 18:00
Pech avtomatik ravishda 17:00 da pishirishni boshlaydi va 18:00 da tugatadi.
14:00 15:00 16:00 17:00 18:00
2-misol
Joriy vaqt: 14:00 Belgilangan tayyorlash vaqti:
2 soat
Belgilangan keyinchalik
tugallash vaqti: 17:00
Pech avtomatik ravishda 15:00 da pishirishni boshlaydi va 17:00 da tugatadi.
14:00 15:00 16:00 17:00 18:00
DIQQAT
Ikkitalik tayyorlash rejimida Keyinchalik tugallash ishlamaydi.
Pishgan taomni pechda uzoq saqlamang. Taom buzilishi mumkin.
NV68R2325BS_WT_DG68-00757F-00_UZ.indd 13 2019-12-04  4:01:24

Содержание

Похожие устройства

Скачать