Samsung NV68R2340RB/WT [115/132] Tayyorlash rejimi

Samsung NV68R2340RB/WT [115/132] Tayyorlash rejimi
O'zbek 15
Amallar
Tayyorlash rejimlari
Rejim Harorat miqyosi (°C) Taklif etilgan harorat (°C)
Konveksiya
30-250 170
Orqa isitish elementi issiqlik chiqaradi, bu issiqlik konveksiya
ventilyatori tomonidan teng tarqatiladi. Bir vaqtning o‘zida turli
qavatlarda pishirish va qizdirib tayyorlash uchun shu rejimni ishlating.
Eko konveksiya
30-250 170
Eko konveksiya pishirish paytida quvvatni tejash uchun
optimallashgan isitish tizimidan foydalanadi. Pishirish vaqti ozgina
uzayadi, lekin pishirish natijasi bir xil bo‘ladi. Bu rejimda qizdirib olish
talab etilmaydi.
IZOH
Quvvat sarfi sinfini aniqlashda ishlatiladigan EKO konveksiya isitish
rejimi EN60350-1 standartiga muvofiqdir
Yuqori issiqlik +
konveksiya
40-250 190
Yuqori isitish elementi issiqlik chiqaradi, bu issiqlik konveksiya
ventilyatori tomonidan teng tarqatiladi. Bu rejim ustini qizartirib
pishirish uchun qo‘llanadi (masalan, go‘sht yoki lazanya).
Quyi issiqlik +
Konveksiya
40-250 190
Quyi isitish elementi issiqlik chiqaradi, bu issiqlik konveksiya
ventilyatori tomonidan teng tarqatiladi. Bu rejimni pitsa, non yoki
pirog uchun ishlating.
Pishirib olish
80-200 160
Pishirib olishda pech harorati 220 °C ga yetgunicha avtomatik tarzda
qizdirish sikli boshlanadi. Keyin yuqori isitish elementi va konveksiya
ventilyatori taomni (go‘shtni) quritishni boshlaydi. Quritgandan so‘ng
go‘sht past haroratda pishiriladi. Bu rejimni mol go‘shti, parranda yoki
baliq go‘shti uchun ishlating.
Tayyorlash rejimi
1. Rejim yoki funksiyani tanlash uchun rejim
tanlagichni burang.
2. Kerak bo‘lsa tayyorlash vaqti va/yoki haroratini
qo‘ying.
Ko‘proq ma’lumot uchun Ko‘p ishlatiladigan
sozlamalarni ko‘ring.
Pechning ichki harorati tasvirchasi bilan
belgilangan darajagacha qiziydi.
Qizidirib olish barcha rejimlarda tavsiya etiladi,
tayyorlash qo‘llanmasida tayinlangan holatlar bundan
mustasno.
IZOH
Tayyorlash vaqti va/yoki haroratini tayyorlash paytida o‘zgartirishingiz mumkin.
NV68R2325BS_WT_DG68-00757F-00_UZ.indd 15 2019-12-04  4:01:26

Содержание

Похожие устройства

Скачать