Samsung NV68R2340RB/WT [116/132] Avto tayyorlash

Samsung NV68R2340RB/WT [116/132] Avto tayyorlash
16 O'zbek
Amallar
Amallar
Avto tayyorlash
Tajribasiz oshpazlar uchun pechda jami 20 ta avtomatik tayyorlanadigan retseptlar mavjud.
Bu xususiyatdan foydalanib, vaqtingizni tejang yoki o‘rganishni tezlashtiring. Tayyorlash vaqti va
harorati tanlangan dastur va porsiya hajmiga qarab rostlanadi.
1. Rejim tanlagichini aylantirib, ni tanlang.
2. Qiymat shkalasini aylantirgan holda dasturni
tanlab, OK tugmasini bosing. Mavjud vazn
miqyosi (porsiya hajmi) sizga taqdim etiladi.
3. Qiymat shkalasini burab, porsiya hajmini qo‘ying,
keyin tayyorlashni boshlash uchun OK ni bosing.
IZOH
Avtomatik pishirish dasturlarining ayrimlariga qizdirish ham kiradi. Bu holatda qizdirish rivoji
ko‘rsatiladi. Qizdirish signali berilgach, taomni pechga soling. Keyin Avtomatik pishirishni boshlash
uchun Tayyorlash vaqti tugmasini bosing.
Ko‘proq ma’lumot uchun shu qo‘llanmaning Avtomatik tayyorlash dasturlari bo‘limini ko‘ring.
Rejim Harorat miqyosi (°C) Taklif etilgan harorat (°C)
An'anaviy
30-250 200
Issiqlik yuqori va quyi isitish elementlaridan chiqadi. Bu funksiyadan
aksariyat taom turlarini standart pishirish va qovurish uchun
foydalanish mumkin.
Quyi issiqlik
100-230 190
Quyi isitish elementi issiqlik chiqaradi. Bu rejimni pishirish oxirida kish
yoki pitsaning tagini qizartirishda ishlating.
Katta gril
100-250 240
Katta maydonli gril issiqlik chiqaradi. Bu rejimni taom ustini
qizartirishda ishlating (masalan, go‘sht, lazanya yoki gratin).
Eko gril
100-250 240
Issiqlik kichkina yuzaga ega bo'lgan gril tomonidan chiqariladi. Bu
funksiyadan baliq va masalliqli bagetlar singari kamroq issiqlik talab
qiladigan kichkina taomlarni tayyorlash uchun foydalanish zarur.
NV68R2325BS_WT_DG68-00757F-00_UZ.indd 16 2019-12-04  4:01:27

Содержание

Похожие устройства

Скачать