Samsung ME-88SUT/BW [105/112] Idish tanlash bo yicha qo llanma

Samsung ME-88SUT/BW [105/112] Idish tanlash bo yicha qo llanma
O'zbek 21
Idish tanlash bo‘yicha qo‘llanma
Idish tanlash bo‘yicha qo‘llanma
Mikroto’lqinli pechda yaxshi taom tayyorlash uchun mikroto’lqinlar taom ichiga kirishlari va foydalaniladigan
idishlardan qaytmasliklari va ularga singmasliklari kerak.
Shuning uchun idishlarni tanlashda juda ehtiyot bo’lish kerak. Agar idishda mikroto’lqinli pechlarda foydalanish
mumkinligi ko’rsatib qo’yilgan bo’lsa, undan foydalanish mumkin.
Quyidagi jadvalda turli oshxona anjomlari keltirilgan va ularning mikroto’lqinli pechda foydalanish mumkinligi va qay
tarzda foydalanilishi kerakligi ko’rsatilgan.
Oshxona anjomlari
Mikroto’lqinli
pechda
foydalanish
uchun yaroqlil
Izohlar
Alyuminiy folga
✓✗
Taomning ba’zi joylarini kuyib ketishdan himoya qilish
uchun oz miqdorda ishlatilishi mumkin. Folganing pech
devoriga yaqin turishi yoki ko'p miqdorda folga ishlatilishi
elektr yoyi paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin.
Qizartirish uchun idish
8 daqiqadan ko‘p qizdirmang.
Chinni va sopol buyumlar
Odatda chinni, keramika, sir bilan qoplangan keramika
va Xitoy chinnisi, agar ularda metall bezak bo’lmasa, mos
keladi.
Poliefirda bir martalik idish.
Ba’zi bir muzlatilgan mahsulotlar ana shunday idishlarga
solinib o’raladi.
Tez tayyorlanadigan mahsulotlar o’rami
Polistirol stakanchalar va
konteynerlar
Taomni isitish uchun ishlatish mumkin. Polistirolning qizib
ketishi erishga olib kelishi mumkin.
Qog’oz paketlar yoki
gazetalar
O‘t olish xavfi mavjud.
Ikkilamchi xomashyodan
tayyorlangan qog’oz yoki
metall bezak
Elektr yoyini keltirib chiqarishi mumkin.
Shisha idish
Taom tayyorlash va suzish
uchun universal idish
Metall bezagi bo’lmasa, ishlatish mumkin.
Yupqa shisha idish
Taom va suyuqliklarni isitish uchun foydalanish mumkin.
Yupqa shisha keskin qizgan paytda sinishi yoki yorilishi
mumkin.
Shisha bankalar
Qopqog‘ini olib tashlash shart. Faqat isitish uchun yaroqli.
Oshxona anjomlari
Mikroto’lqinli
pechda
foydalanish
uchun yaroqlil
Izohlar
Metall
Idishlar
Elektr yoyi yoki alangalanishni keltirib chiqarishi mumkin.
Paketlarni bog’lash uchun
buralgan simlar
Qog'oz
Tarelkalar, chashkalar,
salfetkalar va oshxona
qog’ozi
Qisqa vaqtda tayyorlash va isitish uchun. Ortiqcha namlikni
yutish uchun.
Qayta ishlangan qog'oz
Elektr yoyini keltirib chiqarishi mumkin.
Plastik
Konteynerlar
Ayniqsa, agar bu issiqlikka chidamli termoplastik bo’lsa.
Boshqa ayrim plastiklar yuqori harorat ta’sirida qiyshayib
qolishi, rangini yoqotishi mumkin. Melaminli plastikdan
foydalanmang.
Yopishqoq plyonka
Namlikni ushlab turish uchun qo’llanishi mumkin. Taomga
tegmasligi kerak. Plyonkani olayotganda ehtiyot bo’ling,
chunki tashqariga issiq bug’ chiqadi.
Muzlatish uchun paketlar
✓✗
Ularni qaynatish mumkin bo’lsa yoki ular pechda ishlatish
uchun yaroqli bo’lsa. Germetik yopilgan bo’lmasligi kerak.
Zarurat tug’ilganida, ularni vilka bilan teshing.
Parafinlangan yoki yog’
o’tkazmaydigan qogoz
Namlikni ushlab turish va sachrashning oldini olish uchun
ishlatilishi mumkin.
: Tavsiya qilinadi
✓✗
: Ehtiyotkorlik bilan foydalaning
: Tavsiya etilmaydi
ME88SUT_BW_DE68-04559B-02_RU+UK+KK+UZ.indb 21 2/18/2019 5:36:57 PM

Содержание

Скачать