Samsung ME-88SUT/BW [91/112] Cheklangan kafolat

Samsung ME-88SUT/BW [91/112] Cheklangan kafolat
O'zbek 7
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
Cheklangan kafolat
Agar moslamaning va/yoki anjomning shikastlanishi mijoz tomonidan qilingan bo'lsa, Samsung anjomni almashtirish
yoki kosmetik defektni tuzatish uchun tuzatish to'lovini undirishi mumkin. Bu talablar qoplaydigan elementlarga
quyidagilar kiradi:
O‘yilgan, qirilgan yoki singan eshik, tutqichlar, old panel yoki boshqaruv paneli.
Buzilgan yoki yo'q bo'lgan lotok, yo'naltiruvchi rolik, mufta yoki reshyotka.
Pechdan faqat ushbu qo'llanmada bayon qilingan undan foydalanish uchun mo'ljallangan maqsadlardagina
foydalaning. Ushbu qo'llanmadagi ogohlantiruvchi xabarlar va xavfsizlik bo'yicha muhim ko'rsatmalar bo'lishi mumkin
bo'lgan barcha holatlar va vaziyatlarni qamrab olmaydi. Pechni o'rnatish, unga texnik xizmat ko'rsatish va undan
foydalanishda foydalanuvchi sog'lom fikr bilan ish ko'rishi, e'tiborli va ehtiyotkor bo'lishi kerak.
Ushbu foydalanuvchi qo'llanmasi bir nechta modellarga mo'ljallanganligi uchun mikroto'lqinli pechning xususiyatlari
ushbu qo'llanmada keltirilgan xususiyatlardan bir oz farq qilishi va ayrim ogohlantiruvchi xabarlar unga tegishli
bo'lmasligi mumkin. Agar sizda qandaydir savollar yoki muammolar bo'lsa, mahalliy Samsung xizmat ko'rsatish
markaziga murojaat qiling yoki www.samsung.com saytidan ma'lumot oling.
Bu pechni faqat ovqat isitishda ishlating. Faqat uy sharoitida foydalanish uchun mo'ljallangan. Ichi to'ldirilgan mato va
yostiqlarni isitmang. Ishlab chiqaruvchi pechdan noto'g'ri foydalanilganligi natijasida yetgan zarar uchun javobgarlikni
o'z zimmasiga olmaydi.
Pech yuzasining buzilishi va xatarli holatlarning yuzaga kelmasligi uchun pechni doim toza va yaxshi ahvolda saqlang.
Mahsulot guruhi bayoni
Bu qurilma B sinf 2-guruhga kiruvchi ISM jihozi hisoblanadi. 2-guruh materiallarni qayta ishlash uchun elektromagnit
nurlanish ko'rinishidagi radiochastotaviy quvvatlar hosil qiluvchi va shunday quvvatlardan foydalanuvchi ISM
qurilmalar, EDM va yoyli payvandlash uchun jihozlarni o'z ichiga oladi.
B sinfiga kiruvchi jihozlar uy sharoitlarida va turar-joy binolarini ta'minlovchi past kuchlanishga ega bo'lgan tarmoqqa
to'g'ridan-to'g'ri ulangan binolarda foydalanish uchun mo'ljallangan.
Ushbu mashinani to'g'ri chiqitga chiqarish (Ishlatilgan elektr va elektronika jihozi)
(Chiqindilarni ajratgan holda yig'ish tizimiga ega bo'lgan mamlakatlarga tegishli)
Mahsulot, aksessuarlar yoki bosma nashrlardagi ushbu markirovka ushbu mahsulot va
uning elektron yordamchi qurilmalarining (masalan, zaryadlash qurilmasi, naushniklar,
USB kabeli) xizmat muddatlarini o'tab bo'lganlaridan keyin boshqa maishiy chiqindilar
bilan birgalikda chiqitga chiqarib bo'lmasligini ko'rsatadi. Keraksiz buyumlarni
nazoratsiz tarzda chiqitga chiqarish tufayli atrof-muhitga yoki odamlarning
salomatliklariga yetkazilishi mumkin bo'lgan zararlarning oldini olish uchun
ko'rsatilgan elementlarni tashlab yuborilayotgan qurilmaning boshqa qismlaridan
ajratib oling va moddiy resurslardan oqilona tarzda takroran foydalanishga
ko'maklashish uchun ulardan qayta foydalaning.
Uyda foydalanuvchilar ekologik jihatdan xavfsiz tarzda qayta foydalanish uchun
ushbu qurilmalarni qayerda va qanday topshirish mumkinligi to'g'risida ma'lumotlar
olish uchun o'zlari ushbu mahsulotni xarid qilgan chakana sotuvchiga yoki mahalliy
hokimiyat ofi siga murojaat qilishlari kerak.
Biznes bilan shug'ullanuvchi foydalanuvchilar o'zlarining ta'minotchilari bilan
bog'lanishlari va xarid shartnomasi qoidalari va shartlari bilan tanishishlari kerak.
Ushbu mahsulot va uning elektron aksessuarlarini tashlab yuboriladigan boshqa tij
oriy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga chiqarmaslik kerak.
ME88SUT_BW_DE68-04559B-02_RU+UK+KK+UZ.indb 7 2/18/2019 5:36:51 PM

Содержание

Скачать