Samsung ME-88SUT/BW [92/112] O rnatish

Samsung ME-88SUT/BW [92/112] O rnatish
8 O'zbek
O‘rnatish
O‘rnatish
Anjomlar
Modelga qarab, uning to‘plamiga bir nechta jihozlar kiradi va ular turli funktsiyalarni amalga oshiradi.
01 Rolikli taglik pech markaziga o‘rnatiladi.
Rolikli taglik aylanuvchi patnisni ushlab turadi.
02 Aylanuvchi patnis rolikli taglikda shunday o‘rnatiladiki,
uning markazi muftaga to‘g‘ri kelishi lozim.
Aylanuvchi patnis ovqat tayyorlash uchun asosiy yuza
bo’lib xizmat qiladi; uni osonlik bilan pechdan chiqarib
olish va yuvish mumkin.
DIQQAT
Mikroto’lqinli pechdan rolikli taglik va aylanuvchi patnissiz FOYDALANMANG.
O‘rnatish joyi
A
B
C
D
A. Yuqoridan 20 sm
B. Orqadan 10 sm
C. Yon tomondan 10 sm
D. Poldan 85 sm
Poldan taxminan 85 sm balandlikdagi tekis va silliq yuzani
tanlang. Yuza pechning og'irligini ko'tara olishi lozim.
Havo bemalol aylanishi uchun bo‘sh joy qoldiring: orqa va
yon devorlaridan kamida 10 sm, tepasidan 20 sm.
Mikroto‘lqinli pechni yuqori haroratli yoki yuqori namlikli
joylarga, masalan, boshqa mikroto‘lqinli pech yoki isitish
batareyalari yaqiniga o‘rnatmang.
Ushbu mikroto‘lqinli pechning elektr ta’minotiga
qo‘yilgan texnik talablarga rioya qilish lozim. Zarur
hollarda faqat ruxsat berilgan uzaytirgich kabellardan
foydalaning.
Ilk marta ishlatishdan oldin ichki yuzasini va eshikchaning
zichlagichini nam latta bilan arting.
Aylanuvchi patnis
Pechdan barcha o'rovchi materiallarni olib tashlang. Rolikli
taglik va aylanuvchi patnisni o'rnating. Patnis bemalol
aylanayotganini tekshiring.
ME88SUT_BW_DE68-04559B-02_RU+UK+KK+UZ.indb 8 2/18/2019 5:36:52 PM

Содержание

Скачать