Samsung WW60J32G0PWOLD [63/0] Foydalanishga oid muhim ogohlantirishlar

Samsung WW60J32G0PS/LD [63/168] Foydalanishga oid muhim ogohlantirishlar
O’zbek 7
Xavfsizlik bo’yicha ma’lumotlar
Elektr manbaiga ulash shnurini qattiq tortmang yoki ortiq darajada bukmang.
Elektr manbaiga ulash shnurini oramang yoki bog’lamang.
Elektr manbaiga ulash shnurini metall buyumlarga osmang, elektr manbaiga ulash shnuri ustiga og’ir buyumlarni
qo’ymang, elektr manbaiga ulash shnurini buyumlar orasiga joylashtirmang yoki elektr manbaiga ulash shnurini
mashinaning orqa devorida joylashgan maydonga kiritmang.
• Bu elektr toki urishi yoki yong’inga olib kelishi mumkin.
Viklani rozetkadan sug’urishda elektr manbaiga ulash shnuridan tortmang.
• Elektr manbaiga ulash vilkasini vilkadan ushlagan holda rozetkadan sug’urib oling.
• Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yonginga olib kelishi mumkin.
Ushbu kir yuvish mashinasi elektr tarmog’iga ulash shnuri, vodoprovod krani va suv chiqarish trubasidan foydalanish
mumkin bo’lgan tarzda ornatilishi kerak.
O’rnatishga oid ogohlantiruvchi ma’lumotlar
DIQQAT
Ushbu mashina elektr manbaiga ulash vilkasidan osongina foydalanish mumkin bo’lgan tarzda joylashtirilishi kerak.
• Ushbu talabga amal qilmaslik elektr tokining chiqib ketishi tufayli elektr toki urishi yoki yonginga olib kelishi
mumkin.
Ushbu mashinani uning og’irligini ko’tara oladigan qattiq, tekis polga o’rnating.
• Ushbu talabga amal qilmaslik anomal tebranishlar, mashinaning polda siljib ketishi, shovqin chiqishi yoki
mahsulot nosozliklariga olib kelishi mumkin.
Foydalanishga oid muhim ogohlantirishlar
OGOHLANTIRISH
Agar mashina suv bilan to’lib qolsa, darhol suv va elektr taminotini o’chiring va o’zingizga eng yaqin joylashgan
xizmat korsatish markaziga murojaat qiling.
• Elektr manbaiga ulash vilkasiga nam qo’llaringiz bilan tegmang.
• Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.
Agar ushbu mashina g’alati shovqinli tovushlar, kuygan hid yoki tutun chiqarsa, darhol elektr manbaiga ulash
vilkasini uzing va o’zingizga eng yaqin joylashgan xizmat korsatish markaziga murojaat qiling.
• Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yonginga olib kelishi mumkin.
Gaz (masalan, propan, siqilgan gaz va hokazo) oqib chiqqan hollarda elektr manbaiga ulash vilkasiga tegmasdan
xonani darhol shamollating. Ushbu mashina yoki elektr manbaiga ulash shnuriga tegmang.
• Ventilyatordan foydalanmang.
• Uchqun chiqishi portlash yoki yong’inga olib kelishi mumkin.
WW60J32G0PW_DC68-04083F-UZ.indd 7 2020/8/10 9:31:46

Содержание

Скачать