Samsung NV75N7646RB Dual Cook Flex — yangi pechni ishlatish bo'yicha qo'llanma va tavsiyalar [167/208]

Превью страниц Страница 167 / 208
Samsung NV75N7646RB Dual Cook Flex [167/208] Anjomlar
O'zbek 11
Boshlashdan oldin
Yangi pech isi
Pechni birinchi marta ishlatishdan oldin uning ichini tozalang, shunda isi ketadi.
1. Pech ichidagi anjomlarni olib tashlang.
2. Pechni Konveksiya 200 °C yoki An’anaviy 200 °C da bir soat ishlating. Bunda pech
ichida qolgan jismlar kuyib ketadi.
3. Tugallangach, pechni o‘chiring.
Aqlli xavfsizlik mexanizmi
Pech ishlayotganida eshigini ochsangiz, pech chirog‘i yonadi hamda ventilyator
bilan isitish elementlari ishlashdan to‘xtaydi. Bundan maqsad - kuyish yoki jismoniy
jarohatning oldini olish hamda keraksiz quvvat sarni tejashdir. Bunday holda eshikni
yopsangiz bas, pech ishlashda davom etadi, chunki bu tizimdagi kamchilik emas.
Anjomlar
Birinchi marta foydalanganda, anjomlarni illiq suvda yuvish vositasi yordamida yumshoq
latta bilan yuving.
05
04
03
02
01
01 1-qavat 02 2-qavat
03 3-qavat 04 4-qavat
05 5-qavat
Anjomni pech ichidagi tegishli joyiga
kiriting.
Anjom bilan pech tubi oralig‘ida, bundan
tashqari boshqa anjomlar bilan ham
kamida 1 sm bo‘shliq qoldiring.
Idish va anjomlarni pechdan olishda
ehtiyot bo‘ling. Qaynoq taom va anjomlar
kuydirishi mumkin.
Anjomlar qiziganida shakli o‘zgarishi
mumkin. Ular sovigach, asl ko‘rinishiga va
ishlashiga qaytadi.
Asosiy foydalanish
Taom tayyorlash maromida bo‘lishi uchun har bir anjomni qanday ishlatishni o‘rganib
oling.
Panjara Panjara gril usulida pishirish va qizdirib tayyorlash uchun
mo‘ljallangan. Panjarani bo'rtib turgan qismlarini (ikki tomonidagi
tiqinni) oldinga qaratib joylashtiring.
Panjara bo‘lmasi * Panjara bo‘lmasi patnis bilan birga ishlatilib, pech tubiga suyuqlik
tomishining oldini oladi.
Pishirish patnisi * Pishirish patnisi (chuqurligi: 20 mm) pirog, pishiriq va boshqa
qandolat mahsulotlari tayyorlashda ishlatiladi. Egilgan tomonini
oldiga qilib qo‘ying.
Universal patnis * Universal patnis (chuqurligi : 30 mm) pishirish va qizdirib
tayyorlashda ishlatiladi. Pech tubiga suyuqlik tomishining oldini
olish uchun panjara bo‘lmasidan foydalaning.
Egilgan tomonini oldiga qilib qo‘ying.
NV7000N_NV75N7646RS_WT_DG68-01056G-00_UZ.indd 11 2018-11-26  11:02:41

Содержание

633

Yangi pechni birinchi marta ishlatishdan oldin tozalash va tayyorlash bo'yicha muhim tavsiyalar. Pechni qanday to'g'ri ishlatish kerakligini bilib oling.