Samsung NV75N7646RB Dual Cook Flex — o'zbek Aqlli Pishirish: Sog'lom Taomlar Tayyorlash Bo'yicha Qo'llanma [182/208]

Превью страниц Страница 182 / 208
Samsung NV75N7646RB Dual Cook Flex [182/208] O zbek
26 O'zbek
Aqlli pishirish
Aqlli pishirish
Qo‘lda pishirish
Akrilamid bo‘yicha OGOHLANTIRISH
Kartoshka chipsi, kartoshka fri va non singari kraxmalli mahsulotlarni pishirishda
ajraladigan akrilamid sog‘liqqa zarar qilishi mumkin. Bu mahsulotlarni past haroratda
pishirib, o‘ta pishirib yubormaslik, kuchli qovurmaslik yoki kuydirmaslik tavsiya etiladi.
DIQQAT
Tez buziladigan mahsulotlar (masalan, sut, tuxum, baliq, go‘sht yoki parranda go‘shti)
pishirishdan oldin pechda 1 soatdan uzoq turmasligi hamda pishirib bo‘lgan zahoti
olinishi lozim. Buzilgan mahsulotlar iste’mol qilinsa, ovqatdan zaharlanish mumkin.
IZOH
Qizidirib olish barcha rejimlarda tavsiya etiladi, tayyorlash qo‘llanmasida
tayinlangan holatlar bundan mustasno.
Eko gril funksiyasidan foydalanganda taomni anjom patnisining markaziga qo‘ying.
Anjomlarga oid maslahatlar
Pech turli xildagi va miqdordagi anjomlar bilan keladi. Quyidagi jadvalda ayrim anjomlar
yo‘q bo‘lishi mumkin. Ammo, bu tayyorlash qo‘llanmasida aytilgan ayni anjom sizda yo‘q
bo‘lsa, borini ishlatib ham o‘sha natijaga erishishingiz mumkin.
Pishirish patnisi va Universal patnis bir-birining o‘rnini bosadi.
Yog‘li taomlarni pishirishda yog‘larni tutish uchun panjara ostiga patnis qo‘yish
tavsiya etiladi. Sizda panjara tortmasi bor bo‘lsa, uni patnis bilan birgalikda ishlatish
mumkin.
Agar sizda Universal patnis yoki chuqur patnis bo‘lsa, yoki ikkalasi ham bo‘lsa, yog‘li
taomlarni chuqurrog‘ida pishirgan ma’qul.
Taymer
Tayyorlash paytida taymer vaqtni yoki ishlash davomiyligini tekshirishda yordam beradi.
1. ni bosing.
2. / tugmalarini bosib, kerakli
davomiylikni belgilang, keyin OK ni
bosing.
IZOH
Vaqti tugagach, pech tovush chiqarib, displeyda “00:00” ko‘rsatiladi.
Taymer sozlamalarini istalgan vaqtda o‘zgartirish mumkin.
Tovushni yoqish/o'chirish
Tovushni o‘chirish uchun ni 3 soniya
bosib turing.
Tovushni yoqish uchun yana 3 soniya
bosib turing.
Amallar
NV7000N_NV75N7646RS_WT_DG68-01056G-00_UZ.indd 26 2018-11-26  11:02:50

Содержание

633

Aqlli pishirishda sog'liqni saqlash uchun akrilamidni kamaytirish va tez buziladigan mahsulotlarni to'g'ri tayyorlash bo'yicha muhim maslahatlar. Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlang.