Samsung DW60M6050BB [173/224] Ishlatishga oid yo l yo riqlar

Samsung DW60M6050BB [173/224] Ishlatishga oid yo l yo riqlar
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar _5
ISHLATISHGA OID YO‘L-YO‘RIQLAR
Bu idish yuvish mashinasi tijorat maqsadlarida foydalanish uchun mo‘ljallanmagan. Uni maishiy sektorda va shu
kabi ishxona va yashash joylarida ishlatish lozim, jumladan:
Do‘konlar
Ofislar va shou-rumlar
va quyidagi joylarda yashovchilar tomonidan:
Yotoqxona va pansionlar.
Uni shu qo‘llanmada belgilangan tarzda maishiy jihoz sifatida, uydagi idishlar va keskichlarni yuvish uchun ishlatish
lozim.
Boshqa maqsadda foydalanishni ishlab chiqaruvchi qo‘llab-quvvatlamaydi va bu xavfli bo‘lishi mumkin.
Noto‘g‘ri ishlatishdan kelib chiqqan zararlar uchun ishlab chiqaruvchi javobgar bo‘lmaydi.
Mashinada eritgich ishlatmang. Portlash xavfi bor.
Idish yuvish vositasini ichga tortmang yoki yutmang. Idish yuvish vositasi tarkibida qo‘zg‘atuvchi va korroziv
moddalar bor bo‘lib, yutilsa, burunni, og‘izni va tomoqni achishtirishi yoki nafas olishni qiyinlashtirishi mumkin. Agar
yuvish vositasi yutilsa yoki ichga tortilsa, darhol shifokorga murojaat qiling.
Eshigi zaruriyatsiz ochiq qolmasin, chunki unga qoqilib ketishingiz mumkin.
Ochiq eshigi ustiga o‘tirmang yoki suyanmang. Natijada mashina ag‘darilib ketib, shikastlanishi va sizga jarohat
yetishi mumkin.
Faqat maishiy idish yuvish mashinalari uchun chiqarilgan yuvish va chayish vositalarini ishlating.
Idish yuvish suyuqligini ishlatmang.
Kuchli kislotaviy tozalash vositalaridan foydalanmang.
Chayish vositasi rezervuariga kukunli yoki suyuq yuvish vositasi solmang. Rezervuarga jiddiy zarar yetadi.
Tuz idishiga tasodifan kukunli yoki suyuq yuvish vositasi solinsa, suv yumshatkichga zarari tegadi. Tuz idishini
to‘ldirishdan oldin kerakli tuz paketini tanlaganingizga amin bo‘ling.
Maxsus yirik zarrali tuz ishlating, boshqa turdagi tuzlar tarkibida erimaydigan qo‘shimchalar bo‘lib, ular
yumshatkichning ishlashiga ta’sir qilishi mumkin.
Keskichlar savati mavjud jihozda (modelga bog‘liq), keskichlar sopini pastga qilib joylashtirilsa, yaxshiroq tozalanadi
va quritiladi. Ammo jarohat yetmasligi uchun pichoq, sanchqi va hokazolarni sopini tepaga qilib joylashtiring.
Qaynoq suvda yuvishga mos kelmaydigan plastik buyumlar, masalan, bir martalik plastik idishlar, plastik keskich
yoki idishlarni mashinada yuvmaslik kerak.
Mashinadagi yuqori harorat tufayli ular erishi yoki shakli buzilishi mumkin.
Boshlanishda pauza funksiyasi mavjud modellarda yuvish vositasini qo‘shishdan oldin dispenser quruq ekanligiga
amin bo‘ling. Kerak bo‘lsa, artib quriting. Nam dispenserga solingan vosita tiqilib qolib, yaxshi taqsimlanmasligi
mumkin.
Pichoq va boshqa o‘tkir jismlar uchini pastga qilib yoki gorizontal holatda savatga solinishi kerak.
OGOHLANTIRISH
OGOHLANTIRISH
DIQQAT
DIQQAT
DIQQAT
DIQQAT
DIQQAT
OGOHLANTIRISH
DW60M6050BB_WT_DD81-02437R-00_UZ.indd 5 9/3/2019 6:44:35 PM

Содержание