Samsung DW60M6050BB [174/224] Xavfsizlik bo yicha ko rsatmalar

Samsung DW60M6050BB [174/224] Xavfsizlik bo yicha ko rsatmalar
6_ Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
BOLALARNI HIMOYALASH CHORALARI
Bu jihoz o‘yinchoq emas! Jarohat yetmasligi uchun bolalarni yaqinlashtirmang, ularni mashina ichida yoki
orasida o‘ynashiga yoki tugmalarini bosishiga ruxsat bermang. Ular buning xavfini tushunmaydi. Oshxonada
ishlayotganingizda, bolalarni doim nazorat qilib turing.
Bolalar o‘ynayotganida idish yuvish mashinasi ichiga qamalib qolishlari xavfi mavjud.
Bu jihozni 8 va undan katta yoshli bolalar, jismoniy, sezgi yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki bilimi va tajribasi
yetarli bo‘lmagan shaxslar ishlatishi mumkin, bunda ularga ushbu qurilmadan xavfsiz foydalanish to‘g‘risida
ko‘rsatma berilishi yoki nazorat qilib turilishi, buni ishlatishning xatarlarini tushunishlari kerak. Bolalar bu jihoz bilan
o‘ynamasliklari kerak.
Nazorat ostida bo‘lmagan bolalar bu qurilmani tozalashi va profilaktika qilishi mumkin emas.
Kattaroq bolalar mashinani ishlatishi mumkin, buning uchun ularga ishlatish aniq-tiniq tushuntirilgan va noto‘g‘ri
ishlatishdan kelib chiqadigan xavflarni tushungan holda, xavfsiz ishlata olishlari kerak.
BOLALARNI YUVISH VOSITALARIGA YAQINLASHTIRMANG! Idish yuvish vositasi tarkibida qo‘zg‘atuvchi va
korroziv moddalar bor bo‘lib, yutilsa, og‘izni, burunni va tomoqni achishtirishi yoki nafas olishni qiyinlashtirishi
mumkin.
Eshigi ochiqligida mashinaga bolalarni yaqinlashtirmang.
Ichida yuvish vositasi qoldiqlari qolgan bo‘lishi mumkin.
Agar bolalar yuvish vositasini yutsa yoki ichga tortsa, darhol shifokorga murojaat qiling.
OGOHLANTIRISH
OGOHLANTIRISH
OGOHLANTIRISH
OGOHLANTIRISH
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
DW60M6050BB_WT_DD81-02437R-00_UZ.indd 6 9/3/2019 6:44:36 PM

Содержание