Samsung DW60M6050BB [189/224] Yuvish vositasini ishlatish

Samsung DW60M6050BB [189/224] Yuvish vositasini ishlatish
Yuvish vositasi va suvni yumshatkich ishlatish _21
02 YUVISH VOSITASI VA SUVNI YUMSHATKICH ISHLATISH
YUVISH VOSITASINI ISHLATISH
Barcha sikllarda yuvish vositasi bo‘lmasiga vosita solish kerak.
Yaxshi ishlashi uchun tanlangan siklga kerakli miqdorda vosita soling.
DIQQAT: Faqat idish yuvish vositasini ishlating. Oddiy yuvish vositasi ko‘piklanib ketadi va mashina samarasini
pasaytirishi yoki noto‘g‘ri ishlashiga olib kelishi mumkin.
OGOHLANTIRISH: Idish yuvish vositasini yutmang. Bug‘ida nafas olmang. Idish yuvish vositasi tarkibida
qo‘zg‘atuvchi va kaustik ximikatlar bor bo‘lib, nafas yo‘llarida muammo keltirib chiqarishi mumkin. Agar idish
yuvish vositasini yutsangiz yoki bug‘ida nafas olsangiz, darhol shifokorga murojaat qiling.
OGOHLANTIRISH: Idish yuvish vositasini bolalar qo‘li yetmaydigan joyda saqlang.
Yuvish vositasi taqsimlagichini to‘ldirish
1. Vosita taqsimlagichining ajratuvchi mexanizmini bosish orqali
qopqog‘ini oching.
Idish yuvish siklining oxirida qopqoq doim ochiq bo‘ladi.
2. Asosiy yuvish vositasi bo‘lmasiga tavsiya etilgan miqdordagi yuvish
vositasini soling.
3. Qopqoqni chapga surib, pastga bosish orqali yoping.
Tabletkali vositalarni ishlatishga mo‘ljallangan alohida tugma yo‘q.
4. Tozalash natijasi yaxshi chiqishi uchun, ayniqsa buyumlar juda
ifloslangan bo‘lsa, eshikka ozgina (8 g atrofida) vosita qo‘shing. Bu
dastlabki fazada ishlatiladi.
DW60M6050BB_WT_DD81-02437R-00_UZ.indd 21 9/3/2019 6:44:55 PM

Содержание