Samsung DW60M6050BB [175/224] Idish yuvish mashinasini o rnatish yo riqnomasi

Samsung DW60M6050BB [175/224] Idish yuvish mashinasini o rnatish yo riqnomasi
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar _7
IDISH YUVISH MASHINASINI O‘RNATISH YO‘RIQNOMASI
Jihozni o‘rnatishdan oldin shikast yetmaganini ko‘zdan kechiring. Shikastlangan jihozni aslo ishlatmang.
Shikastlangan jihoz xavfli bo‘lishi mumkin.
Idish yuvish mashinasi faqat o‘chirgichli mos rozetkaga suqish orqali elektr ta’minotiga ulanishi kerak. Mashina
o‘rnatilganidan keyin rozetka qulay joyda bo‘lishi, istalgan vaqtda elektr ta’minotidan uzish mumkin bo‘lishi kerak.
(11-betdagi “Qismlari va xususiyatlari” bo‘limiga qarang.)
Mashina orqasida rozetka bo‘lmasligi kerak. Mashina vilkani siqib qo‘yib, qizib ketish va yong‘in xavfi yuzaga kelishi
mumkin.
Idish yuvish mashinasi plita tagiga o‘rnatilmasligi kerak. Plitadan chiqqan yuqori harorat idish yuvish mashinasiga
ziyon yetkazishi mumkin. Xuddi shu sababli uni ochiq alanga yaqiniga yoki isitkich kabi issiqlik chiqaradigan
boshqa jihozlar yaqiniga o‘rnatmaslik kerak.
Idish yuvish mashinasi to‘liq o‘rnatilib, eshik prujinalari sozlanmagunicha elektr tarmog‘iga ulamang.
Jihozni ulashdan oldin ma’lumotlar taxtachasidagi ulash sxemasi (kuchlanish va ulangan yuklanish) elektr
ta’minotiga mos kelishini tekshiring. Shubha bo‘lsa, malakali elektrik bilan maslahatlashing.
Bu jihoz bilan samarali yerga ulash tizimi orasida uzluksiz aloqa o‘rnatilganidan keyingina uning elektr xavfsizligiga
kafolat berish mumkin. Asosiy xavfsizlik talablariga rioya qilinishi va muntazam tekshirib borilishi hamda uydagi
elektr tizimida nosozlik yuzaga kelsa, malakali elektrik tomonidan tekshirilishi lozim.
Yerga ulash tizimining nosozligi oqibatlariga (masalan, tok urishi) ishlab chiqaruvchi javobgar bo‘lmaydi.
Jihozni elektr ta’minotiga troynik yoki uzaytirgich orqali ulamang. Bu jihozning xavfsizligiga kafolat bermaydi
(masalan, qizib ketish xavfi).
Bu jihozni kema kabi ko‘chma inshootga o‘rnatish uchun o‘rnatishdan kelib chiqadigan xatarlar malakali muhandis
tomonidan baholanishi zarur.
Suv ulanmasining plastik korpusida elektr komponent mavjud. Korpusni suvga botirmaslik kerak.
Aqua-Stop shlangida elektr simlar joylashgan. Suv quyish shlangi uzun bo‘lgan taqdirda ham aslo qirqmang.
O‘rnatish, profilaktika va ta’mirlash ishlari faqat tegishli malakali va bilimli mutaxassis tomonidan, amaldagi milliy va
mahalliy xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda bajarilishi lozim. Malakasiz shaxslar tomonidan tuzatish va boshqa
ishlarni bajarish xavfli bo‘lishi mumkin. Ruxsatsiz bajarilgan ishlar uchun ishlab chiqaruvchi javobgar bo‘lmaydi.
OGOHLANTIRISH
DIQQAT
OGOHLANTIRISH
OGOHLANTIRISH
DIQQAT
DIQQAT
DIQQAT
DW60M6050BB_WT_DD81-02437R-00_UZ.indd 7 9/3/2019 6:44:36 PM

Содержание