Samsung WD10N64PR2X [172/216] Ishga tushirishdan avval

Samsung WD10N64PR2X [172/216] Ishga tushirishdan avval
28 O’zbek
Ishga tushirishdan avval
Ishga tushirishdan avval
Dastlabki sozlashlar
”Kalibrlash” funksiyasini bajarish (tavsiya etiladi)
Kalibrlash kir yuvish mashinasi tomonidan vaznni aniq aniqlashni kafolatlaydi. Kalibrlash-ni ishga tushirishdan avval
barabanning bosh ekanligiga ishonch hosil qiling.
1. Kir yuvish mashinasida quvvatni o'chiring, so'ng yana yoqing.
2. Температура (Harorat) va Отсрочка (Kir yuvishni kechiktirish) + tugmasini birgalikda 3 soniya bosib turgan
holda kalibrlash rejimiga kiring. Cb xabari paydo bo'ladi.
3. Kalibrlash siklini ishga tushirish uchun Boshlash/To‘xtatish tugmasini bosib turing. Baraban taxminan 3 daqiqa
soat mili yonalishida va unga qarama-qarshi yo’nalishda aylanadi.
4. Sikl yakuniga yetgach, displeyda 0 paydo bo'ladi va mashina avtomatik tarzda o'chadi. Kir yuvish mashinasi
foydalanish uchun tayyor.
Kir yuvish bo’yicha korsatmalar
1-QADAM - Turlarga ajratish
Kirlarni quyidagi mezonlar bo’yicha turlarga ajrating:
• Yuvish bo’yicha korsatma berilgan yorliq: Yuviladigan kirlarni paxta, aralash matolar, sintetika, ipak, jun va
viskozadan qilingan buyumlar turlariga ajrating.
• Rangi: Oq rangdagilarni ranglilaridan ajrating.
• O’lchami: Turli o’lchamdagi kiyimlarni barabanga birgalikda solish kir yuvish samaradorligini yaxshilaydi.
• Ta’sirchanlik: Yangi jun narsalar, pardalar va shoyi narsalarni alohida nozik matolar uchun mo'ljallangan siklda
yuving. Buyumlarning yorliqlarini tekshiring.
IZOH
Kir yuvishni boshlashdan avval kiyimlar yorliqlarini albatta tekshiring va ularni tegishli turlarga ajrating.
2-QADAM - Chontaklarni bo’shatish
Yuviladigan kiyimlaringizning barcha cho’ntaklarini bo’shating
• Kiyimlardagi tanga, tog’nag’ich va toqa kabi buyumlar boshqa kiyimlar hamda barabanni shikastlashi mumkin.
WD10N64FR2W_DC68-04055J_UZ.indd 28 2019/11/14 14:11:09

Содержание

Похожие устройства

Скачать