Samsung WD10N64PR2X [173/216] Qadam kir yuvish to ridan foydalanish

Samsung WD10N64PR2X [173/216] Qadam kir yuvish to ridan foydalanish
O’zbek 29
Ishga tushirishdan avval
Tugma va kashtali kiyimlarini ichini ag’darib soling
• Agar yuvish vaqtida shimlar va kurtkalarning zamoklari ochiq bo’lsa, baraban shikastlanishi mumkin. Zamoklar
yopilishi va ip bilan bog’lab qo’yilishi kerak.
• Uzun bog’ichlari bo’lgan kiyimlar boshqa kiyimlar bilan aralashib ketishi mumkin. Kir yuvishni boshlashdan avval
iplarning biriktirib qo’yilganligiga ishonch hosil qiling.
3-QADAM - Kir yuvish to’ridan foydalanish
• Ko’krakpechlar (suvda yuvish mumkin bo’lgan) kir yuvish toriga joylashtirilishi kerak. Ko’krakpechlarning metall
qismlari boshqa kirlarni teshishi va yirtishi mumkin.
• Paypoq, qo’lqop, chulki paypoqlari va romolchalar singari kichkina va yengil kiyimlar eshikka tiqilib qolishi
mumkin. Ularni nozik materialdan qilingan kir yuvish tor qopchalariga joylashtiring.
• Kir yuvish to’r qopchasini boshqa kirlarga qoshmagan holda alohida yuvmang. Bu kir yuvish mashinasini siljitib
yuborishi va shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo’lgan kuchli tebranishlarni hosil qilishi mumkin.
4-QADAM - Dastlabki yuvish (zarur bo’lgan hollarda)
Agar kir juda kirlangan bo'lsa, tanlangan yuvish sikli uchun dastlabki yuvish opsiyasini tanlang. Kir yuvish vositasini
avtomatik emas, balki qo'l kuchi bilan solganda yoki suyuq yuvish vositasi ishlatganda, Dastlabki yuvish opsiyasidan
foydalanmang.
5-QADAM - Yuklanish sig’imini aniqlash
Kir yuvish mashinasini ortiq darajada yuklantirmang. Ortiq darajada yuklantirish kir yuvish mashinasining tog’ri
yuvmasligiga olib kelishi mumkin. Kiyim turi uchun yuklanish sig’imini bilish uchun 38-sahifaga qarang.
IZOH
Choyshablar yoki parli adyollarni yuvishda yuvish vaqti ortishi yoki siqish samaradorligi pasayishi mumkin.
Choyshablar yoki yostiq jildlari uchun tavsiya qilingan eng yuqori siqish tezligi 800 ayl./daq. va yuklanish sig'imi 2,0
kg yoki undan kam.
DIQQAT
• Bir tekis taqsimlanmagan kir barabanning aylanishini kamaytiradi.
• Kirlar barabanga yaxshilab solingan, eshikka qisilib qolmaganligiga ishonch hosil qiling.
• Eshikni qattiq yopmang. Eshikni ohista yoping. Aks holda, eshik yaxshi yopilmasligi mumkin.
6-QADAM - Tog’ri kir yuvish vositasi turidan foydalanish
Kir yuvish vositasining turi mato turi (paxta, sintetika, nozik matolar, jun), rang, yuvish harorati va kirlanish darajasiga
bog’liq bo’ladi. Doimo avtomat kir yuvish mashinalari uchun mo’ljallangan “kam ko’piklovchi” kir yuvish vositasidan
foydalaning.
WD10N64FR2W_DC68-04055J_UZ.indd 29 2019/11/14 14:11:09

Содержание

Похожие устройства

Скачать