Vitek VT-1609 ST [42/48] Ўзбек

Vitek VT-1609 ST [42/48] Ўзбек
42
ЎЗБЕК
Ish tugaganidan keyin darhol, tozalashdan
avval asbobni o’chiring va tarmoq simining
vilkasini rozetkadan olib tashlang.
Tarmoq simining vilkasini nam qo’lingiz
bilan ushlamang.
Yoqilgan asbobni qarovsiz tashlab ketish
taqiqlanadi.
Bolalarga asbobni o’yinchoq sifatida
foydalanishga ruxsat bermang.
Asbobdan bolalar yoki imkoniyatlari
cheklangan kishilar foydalanganda yoki
ularning yonida foydalanish paytida
alohida ehtiyot choralariga amal qilish
lozim.
Motorli blokni suvga yoki boshqa
suyuqliklarga botirish, shuningdek uni suv
oqimi ostida yuvish taqiqlanadi. Motorli
blokni tozalash uchun nam matodan
foydalaning.
Tarmoq simi, vilkasi yoki boshqa
detallar shikastlangan holda asbobdan
foydalanmang.
Moslamani mustaqil ravishda
ta’mirlamang. Tarmoq simi shikastlangan
holda yoki asbobni ta’mirlash uchun
ro’yxatdan o’tgan servis markaziga
murojaat qiling.
Elektr asbobini quruq, salqin, bolalar yeta
olmaydigan joyda saqlang.
Moslama faqat uyda foydalanish uchun
mo’ljallangan, sharbat chiqargichdan tijorat
maqsadida foydalanish taqiqlanadi.
Ishga tayyorlash
Asbobni o’rami ichidan chiqarib oling.
Birinchi marta yoqishdan avval asbobning
ish kuchlanishi eletr tarmoqning
kuchlanishiga muvofi q ekanligiga ishonch
hosil qiling.
Asbobdan birinchi marta foydalanishdan
avval oziq-ovqat mahsulotlariga tegishi
mumkin bo’lgan barcha yechib olinadigan
detallarni yaxshilab yuvib chiqing va ularni
quriting.
Eslatma: Filtrlovchi qirg’ichni qo’lingizda
ushlaganda ehtiyot bo’ling, qirg’ichning o’tkir
tig’lari va sirti mavjud.
Sabzavotlarni/mevalarni yaxshilab yuving
va zarur bo’lgan holda mahsulotlarni solish
og’ziga oson kiradigan mayda bo’laklarga
to’g’rang.
«Danakli» mevalardan (masalan, olcha,
shaftoli) sharbat olinganda albatta ulardan
avval danakchalarni olib tashlang.
Sharbatni tayyorlash
Sharbat chiqargichni tekis quruq yuzaning
ustiga qo’ying.
Asbobni yig’ishdan avval uning
o’chirilganligi va elektr tarmog’idan
uzilganligiga ishonch hosi qiling.
Sharbat yig’ish uchun idishni (5) motorli
blok (9) ustiga o’rnating.
Filtrlovchi qirg’ichni (4) sharbat yig’ish
uchun idishning (6) ustiga o’rnating,
u to’g’ri o’rnatilganda Siz o’ziga xos
tiqillashni eshitasiz.
Eslatma: Filtrlovchi qirg’ichning biror-
bir shikastlari aniқlanganda undan
foydalanmang.
Sharbat yig’ish uchun idish ustiga (5)
qopqoqni (3) o’rnating.
Meva qoldiqlari uchun konteynerni (8)
o’rnating.
Fiksatorni (7) ko’taring, va uni qopqoqdagi
(3) tuynuklarga to’g’rilab o’rnating.
Sharbatni quyish uchun jo’mrak ostiga (6)
idishni (11) yoki boshқa mos keladigan
idishni qo’ying.
Tarmoq simining vilkasini rozetkaga
kiriting.
Sharbat chiqargichni yoqing, ishlash
tezligini o’zgartirish dastagini (10) «I/past
aylanish tezligi» yoki «II/yuqori aylanish
tezligi» holatiga o’tkazing.
Eslatma:
- «1/past aylanish tezligi» yumshoq
mevalardan/sabzavotlardan sharbatni
chiqarish uchun (pomidorlar, nok,
qulupnay, apelsinlar, olxo’ri, uzum, qovoq,
piyoz, bodring va hokazo).
- «2/yuqori aylanish tezligi» qattiq
1609.indd 421609.indd 42 08.06.2009 16:33:5808.06.2009 16:33:58

Содержание

Скачать