Samsung ME81MRTB/BW Руководство по эксплуатации онлайн [63/80] 786373

Samsung ME81MRTB/BW Руководство по эксплуатации онлайн [63/80] 786373
O’zbek - 3
01 XAVFSIZLIK BO‘YICHA KO‘RSATMALAR
Bu qurilma faqat ro‘zg‘orda ishlatishga mo‘ljallangan,
uni quyidagi joylarda ishlatmang:
do‘kon, idora yoki boshqa ishxonalarda xodimlar
oshxonasida;
og‘ilxonalarda;
mehmonxona va boshqa yashash joylarida mijozlar
tomonidan;
to‘shak va nonushta turidagi mehmonxonalarda.
Faqat mikroto’lqinli pechlarda foydalanish uchun xavfsiz
bo’lgan idishlardan foydalaning.
Plastik yoki qog’oz idishlardagi taomlarni isitganda yonib
ketish xavfi mavjudligi tufayli ehtiyot bo’ling.
Bu mikroto’lqinli pech taomlar va ichimliklarni isitish
uchun mo’ljallangan. Taomlar yoki kiyimlarni quritish va
yostiqchalar, shippaklar, gubkalar, nam kiyimlar kabilarni
isitish jarohat olish, uchqun chiqishi yoki yong’in
xavfining vujudga kelishiga olib kelishi mumkin.
Tutun chiqsa, qurilmani o’chiring yoki elektr tarmog’iga
ulash kabelini rozetkadan sug’uring va har qanday
alangani o’chirish uchun eshikchani ochib qo’ying.
Ichimliklarni mikroto’lqin yordamida isitish natijasida
qaynab, otilib ketishi mumkin, shuning uchun idishlarni
ushlashda ehtiyot bo’lish lozim.
Ovqatlantirish uchun butilka va bolalar ozuqalari uchun
bankalarning ichidagilarni aralashtirish yoki silkitish
hamda kuyishning oldini olish uchun iste’mol qilishdan
avval haroratini tekshirib ko’rish kerak.
Butun tuxum va qotirib pishirilgan tuxumni mikroto’lqinli
pechda isitib bo’lmaydi, chunki ular hattoki isitish
jarayoni tugagandan keyin ham mikroto’lqinli pech ichida
portlab ketishi mumkin.
Pechni muntazam ravishda tozalab turish va har qanday
taom qoldiqlarini olib tashlash lozim.
Pechni toza holatda saqlamaslik uning sirtining
buzilishiga olib kelishi mumkin, bu esa qurilmaning
xizmat qilish muddatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi va xavfli
holatlarga olib kelishi mumkin.
Mikroto’lqinli pech pechtaxta ustida yoki alohida
foydalanish uchun mo’ljallangan, pech shkaf ichiga
o’rnatilmasligi kerak.
ME81K_ME81M_ME81A_BWT_DE68-04286A-04_RU+UK+KK+UZ_F.indb 3 2019-11-23  3:14:48

Содержание

Похожие устройства

Скачать