Samsung ME81MRTB/BW Руководство по эксплуатации онлайн [64/80] 786373

Samsung ME81MRTB/BW Руководство по эксплуатации онлайн [64/80] 786373
O’zbek - 4
Moslamadan yoshi 8 dan oshgan bolalar, jismoniy,
sezuvchanlik yoki aqliy qobiliyati cheklangan odamlar
tegishli yo’l-yoriq yoki ko’rsatma berilgan taqdirda va
uning xavfini tushungan holda foydalanishi mumkin.
Bolalar bu qurilma bilan o’ynamasliklari kerak. Tozalash
va texnik xizmat ko’rsatish bolalar tomonidan nazoratsiz
tarzda amalga oshirilmasligi kerak.
Agar elektr manbaiga ulash kabeli shikastlangan bo’lsa,
xatarning oldini olish uchun u ishlab chiqaruvchi,
uning xizmat ko’rsatish agenti yoki malakali shaxslar
tomonidan almashtirilishi kerak.
Bu pech bo’shlig’i va boshqaruv panelidan foydalanish
oson bo’lgan tarzda to’g’ri yo’nalish va balandlikda
o’rnatilishi kerak.
Pechdan ilk marta foydalanganda pech 10 daqiqa ichiga
suv qo’yilgan holda ishlatilishi va keyin foydalanilishi
kerak.
Agar ishlaganda bu pech g’alati shovqin, kuygan hid
yoki tutun chiqarsa, darhol elektr manbaiga ulash
vilkasini uzing va yaqinroqdagi xizmat ko’rsatish
markaziga murojaat qiling.
Pech elektr manbaiga ulash vilkasidan osongina
foydalanish mumkin bo’lgan tarzda joylashtirilishi kerak.
Mikroto‘lqin yordamida pishirishda taom va ichimliklarni
metall idishlarga solish mumkin emas.
Jihoz ichidan idishlarni olayotganda aylanuvchi patnis
siljib ketmasligi uchun ehtiyot bo‘ling.
Jihozni bug‘da tozalagich bilan tozalash mumkin emas.
Mikroto’lqinli pechni suv sepib tozalash mumkin emas.
Bu qurilma treyler, furgon va shunga o’xshash transport
vositalariga o’rnatish uchun mo’ljallanmagan.
Bu qurilmadan jismoniy, sezgi yoki aqliy qobiliyati
cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli bo’lmagan
shaxslar (jumladan bolalar) foydalanishlari mumkin
emas. Ularning xavfsizligi uchun javobgar shaxs
tomonidan bu qurilmadan foydalanish to’g’risida ularga
ko’rsatma bergan yoki nazorat qilib turgan hollar bundan
mustasno.
Bolalar moslama bilan o’ynamasliklarini nazorat qilib
turishingiz kerak.
ME81K_ME81M_ME81A_BWT_DE68-04286A-04_RU+UK+KK+UZ_F.indb 4 2019-11-23  3:14:48

Содержание

Похожие устройства

Скачать