Samsung NV68R5345BB/WT [112/144] Xavfsizlik bo yicha ko rsatmalar

Samsung NV68R5345BB/WT [112/144] Xavfsizlik bo yicha ko rsatmalar
4 O'zbek
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
Mikroto'lqinli pechning shishali eshigini tozalash uchun abraziv
materiallar yoki o'tkir metall qirg'ichlardan foydalanmang,
chunki ular shisha yuzasini tirnashi, natijada oyna darz ketishi
mumkin.
Agar qurilma tozalash funksiyasiga ega bo‘lsa, tozalashdan
avval ortiqcha to‘kilgan narsalar olib tashlanishi va bug‘da
tozalash yoki o‘z-o‘zini tozalash paytida barcha anjomlar pech
ichidan olib qo‘yilishi kerak. Tozalash funksiyasining mavjudligi
modelga bog‘liq bo‘ladi.
Agar bu qurilma tozalash funksiyasiga ega bo‘lsa, tozalash
vaqtida yuzalar odatdagidan qattiqroq qizishi mumkin,
shu sababli bolalarni pechga yaqinlashtirmang. Tozalash
funksiyasining mavjudligi modelga bog‘liq bo‘ladi.
Faqat shu pech uchun tavsiya qilingan harorat datchigidan
foydalaning. (Faqat sixli modelda)
Bug' yordamida tozalagichdan foydalanmaslik kerak.
OGOHLANTIRISH: Lampani almashtirishdan avval elektr toki
urishini oldini olish uchun qurilmani albatta uzib qo'ying.
Qizib ketmasligi uchun jihoz dekorativ eshik ortida
o‘rnatilmasligi kerak.
Agar elektr manbaiga ulash kabeli shikastlangan bo'lsa,
xatarning oldini olish uchun u ishlab chiqaruvchi, uning
xizmat ko'rsatish agenti yoki malakali shaxslar tomonidan
almashtirilishi kerak.
Aytib o‘tilgan mahkamlash usuli yelimlovchi vositalardan
foydalanishga mo‘ljallanmagan, chunki ular ishonchli
mahkamlash vositasi hisoblanmaydi.
Moslamadan yoshi 8 dan oshgan bolalar, jismoniy, sezuvchanlik
yoki aqliy qobiliyati cheklangan odamlar tegishli yo'l-yoriq yoki
ko'rsatma berilgan taqdirda va uning xavni tushungan holda
foydalanishi mumkin. Bolalar bu qurilma bilan o'ynamasliklari
kerak. Tozalash va texnik xizmat ko'rsatish bolalar tomonidan
nazoratsiz tarzda amalga oshirilmasligi kerak. Pech va uning
tashqi simlarini 8 yoshdan kichik bo'lgan bolalarning qo'llari
yetmaydigan tarzda saqlang.
Foydalanish vaqtida pech issiq bo'ladi. Pech ichidagi isitish
elementlariga tegib ketmaslik uchun ehtiyot bo'lish kerak.
OGOHLANTIRISH: Foydalanish vaqtida tegish mumkin bo'lgan
qismlar issiq bo'ladi. Yosh bolalardan uzoqroq saqlash kerak.
NV68R5345CB_WT_DG68-00542C-02_UZ.indd 4NV68R5345CB_WT_DG68-00542C-02_UZ.indd 4 2021-12-09 오후 3:51:412021-12-09 오후 3:51:41

Содержание

Похожие устройства

Скачать