Samsung NV68R5345BB/WT [113/144] Ikki tomonidagi tiqinni oldinga

Samsung NV68R5345BB/WT [113/144] Ikki tomonidagi tiqinni oldinga
O'zbek 5
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
DIQQAT
Agar tashish vaqtida pech shikastlangan bo'lsa, uni ulamang.
Ushbu qurilma faqat maxsus litsenziyaga ega bo'lgan elektrik tomonidan elektr tarmog'iga
ulanishi kerak.
Qurilma ishlamagan yoki shikastlangan hollarda, undan foydalanishga urinmang.
Ta'mirlash ishlari faqat litsenziyaga ega bo'lgan texnik tomonidan bajarilishi kerak. Noto'g'ri
ta'mirlash siz va boshqalarga jiddiy xatar tug'dirishi mumkin. Pech ta'mirlashga muhtoj bo'lsa,
SAMSUNG xizmat ko'rsatish markazi yoki dileringizga murojaat qiling.
Elektr o'tkazgichlar va kabellar pechga tegib turmasligi kerak.
Ushbu pech elektr tarmog'iga tasdiqlangan zanjir uzgich yoki saqlagich orqali ulanishi kerak.
Hech qachon ko'p vilkali adapterlar yoki uzaytirgichlardan foydalanmang.
Qurilma ta'mirlanayotgan yoki tozalanayotgan vaqtda pechning elektr ta'minoti o'chirib qo'yilishi
kerak.
Elektr jihozlarini pechga yaqin joylashgan rozetkalarga ulashda ehtiyot choralariga amal qiling.
Agar bu qurilmada bug‘da pishirish funksiyasi mavjud bo'lsa, suv ta'minoti kartriji shikastlangan
holda, bu qurilmadan foydalanmang. (Faqat bug‘ funksiyasi mavjud modelda)
Kartrij yorilgan yoki singan hollarda, undan foydalanmang va o'zingizga eng yaqin joylashgan
xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling. (Faqat bug‘ funksiyasi mavjud modelda)
Bu pech faqat uy sharoitida taom tayyorlash uchun mo'ljallangan.
Foydalanish vaqtida pechning ichki yuzalari kuydiradigan darajada qiziydi. Qizdirish
elementlariga yoki pechning ichki yuzalariga ular yetarli darajada sovimagunicha tegmang.
Hech qachon pechda tez yonuvchan materiallarni saqlamang.
Pechdan uzoq vaqt davomida yuqori haroratlarda foydalanilganda, pech yuzasi qiziydi.
Taom tayyorlagan vaqtda, pech eshigini ochganda ehtiyot bo'ling, chunki issiq havo va bug' tez
chiqishi mumkin.
Tarkibida spirt bo'lgan taomlarni tayyorlaganda, yuqori harorat tufayli spirt bug'lanib chiqishi va
pechning issiq qismlariga tekkanda bug' alangalanishi mumkin.
Xavfsizlikni ta'minlash uchun bu jihozni suv oqimi yoki yuqori bosim ostidagi bug' bilan
tozalamang.
Pechdan foydalanish vaqtida bolalarni pechdan yetarli darajada uzoqroqda saqlash kerak.
OGOHLANTIRISH: Qurilma va tegish mumkin bo'lgan qismlar
foydalanish vaqtida issiq bo'ladi. Isitish elementlariga tegib
ketmaslik uchun ehtiyot bo'lish kerak. 8 yoshdan kichikroq
bolalalarni, agar ular doimiy nazorat ostida bo'lmasalar, pechga
yaqinlashtirmaslik lozim.
DIQQAT: Pishirish jarayonini kuzatib turish lozim. Qisqa
muddatli pishirish jarayonini uzluksiz kuzatish lozim.
Pech ishlayotgan vaqtda eshikcha yoki tashqi yuzalar qizib
ketishi mumkin.
Qurilma ishlayotgan vaqtda tegish mumkin bo'lgan yuzalarning
harorati baland bo'lishi mumkin. Ishlayotganida sirtlari qizib
ketishi mumkin.
Panjarani bo'rtib turgan qismlarini
(ikki tomonidagi tiqinni) oldinga
qaratib joylashtiring, shunda
panjara katta hajmlarni ola oladi.
NV68R5345CB_WT_DG68-00542C-02_UZ.indd 5NV68R5345CB_WT_DG68-00542C-02_UZ.indd 5 2021-12-09 오후 3:51:412021-12-09 오후 3:51:41

Содержание

Похожие устройства

Скачать