Samsung NV68R5345BB/WT [137/144] Almashtirish

Samsung NV68R5345BB/WT [137/144] Almashtirish
O'zbek 29
Xizmat ko‘rsatish
Yo‘naltirgichlarni chiqarish (modelga qarab)
Ichki devorlarini tozalash uchun pech ichidagi yo‘naltirgichlarni olib tashlang.
1. Yo'naltirgich yuqori qismining o'rtasidan bosing.
2. Yo'naltirgichni taxminan 45° ga eging.
3. Yo'naltirgichni torting va tubdagi ikkitta
teshikdan chiqarib oling.
IZOH
Yo‘naltirgichni biriktirish uchun 1-3 bosqichlarni
teskari tartibda bajaring.
Almashtirish
OGOHLANTIRISH
Lampani almashtirishdan oldin pechni o‘chiring va tokdan uzing.
Faqatgina 25-40 Vt / 220-240 V, 300 °C issiqqa chidamli lampalar ishlating. Mos kelishi
tasdiqlangan lampalarni mahalliy Samsung xizmat ko‘rsatish markazidan xarid qilishingiz
mumkin.
Galogen lampani doim quruq latta bilan ushlang. Bundan maqsad, lampaga barmoq izi yoki
ter tushirmaslikdir, chunki natijada ishlash muddati qisqarishi mumkin.
Pech bo'lmasining tag qismiga latta yoyib qo'ygan holda pech yoritgich lampasi va shisha
qopqoqni himoya qiling.
Lampalar
1. Shisha qopqog‘ini soat miliga teskari
yo‘nalishda aylantirib oching.
2. Pechka yoritgichni almashtiring.
3. Shisha qopqog‘ini soat yo‘nalishida burab,
joyiga qo‘ying.
Pechka yon chirog'i (modeliga qarab)
1. Yon chiroq qoplamasining pastki uchini bitta
qo‘lda ushlab turib, yapaloq o‘tkir jism bilan,
masalan, pichoq bilan qopqoqni ko‘rsatilganidek
qilib oching.
2. Yon chiroqni almashtiring.
3. Chiroq qopqog‘ini joyiga qoying.
NV68R5345CB_WT_DG68-00542C-02_UZ.indd 29NV68R5345CB_WT_DG68-00542C-02_UZ.indd 29 2021-12-09 오후 3:51:552021-12-09 오후 3:51:55

Содержание

Похожие устройства

Скачать