Samsung NV68R5345BB/WT Руководство по эксплуатации онлайн [119/144] 786975

Samsung NV68R5345BB/WT Руководство по эксплуатации онлайн [119/144] 786975
O'zbek 11
Boshlashdan oldin
Asosiy foydalanish
Taom tayyorlash maromida bo‘lishi uchun har bir anjomni qanday ishlatishni o‘rganib oling.
Panjara * Panjara gril usulida pishirish va qizdirib tayyorlash uchun
mo‘ljallangan. Panjarani bo'rtib turgan qismlarini (ikki tomonidagi
tiqinni) oldinga qaratib joylashtiring.
Panjara bo‘lmasi * Panjara bo‘lmasi patnis bilan birga ishlatilib, pech tubiga suyuqlik
tomishining oldini oladi.
Pishirish patnisi * Pishirish patnisi (chuqurligi: 20 mm) pirog, pishiriq va boshqa qandolat
mahsulotlari tayyorlashda ishlatiladi. Egilgan tomonini oldiga qilib
qo‘ying.
Universal patnis * Universal patnis (chuqurligi : 30 mm) pishirish va qizdirib tayyorlashda
ishlatiladi. Pech tubiga suyuqlik tomishining oldini olish uchun panjara
bo‘lmasidan foydalaning. Egilgan tomonini oldiga qilib qo‘ying.
Chuqur patnis * Chuqur patnis (chuqurligi: 50 mm) panjara bo‘lmasi bilan yoki usiz
qizdirib tayyorlashda ishlatiladi. Egilgan tomonini oldiga qilib qo‘ying.
Gril sixi * Gril sixi tovuq kabi taomlarni tayyorlashda ishlatiladi. Gril sixini
3-qavatda ishlating, u yerda sixni qo‘ygich bor. Grilda tayyorlayotganda
six tutqichini burab, chiqarib oling.
Surilma
yo‘naltirgichlar *
Surilma yo‘naltirgich taxtachasi yordamida patnisni quyidagicha
kiriting:
1. Yo‘naltirgich taxtachasini pechdan chiqarib oling.
2. Patnisni taxtachaga qo‘yib, taxtachani pech ichiga surib kirgizing.
3. Pech eshigini yoping.
Sixli moslama va
kabob *
Selini tutish uchun patnisni 1-holatdagi tokchaga qo‘ying yoki yirik
go‘shtni qo‘yish uchun pech tubiga qo‘ying. Sixga 1,5 kg gacha bo‘lgan
go‘sht ilish tavsiya etiladi.
1. Sixni go‘shtga tiqing. Sixni tiqishga yordam bo‘lishi uchun
tutqichini to‘mtoq uchiga burab kirgizing.
2. Qaynatilgan kartoshka va sabzavotlarni go‘sht atroga qo‘ying.
3. Tayanchni o‘rta tokchaga "V" shaklini oldinga qilib qo‘ying. Sixning
ko‘rsatkich uchini orqaga qilgan holda, tayanchga qo‘ying va
pechning orqa panelidagi aylantirish mexanizmiga kirgunicha
ohista itaring. Sixning to‘mtoq uchi "V" shakli ustiga qo‘yilishi
kerak. (Sixda sixning oldinga surilib ketishini oldini olish uchun
pech eshigiga yaqin joylashtirilishi kerak bo'lgan ikkita bo'rtiq bor,
bo'rtiqlar yana qo'l uchun dasta vazifasini ham bajaradi).
4. Pishirishdan oldin tutqichni bo'shatib yeching.
5. Tayyorlagandan keyin sixni tayanchdan olish oson bo‘lishi uchun
dastani qayta joyiga qotiring.
OGOHLANTIRISH
Six tutqichi joyiga to‘g‘ri o‘rnashsin.
Sixdan foydalanishda ehtiyot bo‘ling. Sanchqi va ignalar o‘tkir bo‘lib,
jarohat yetkazishi mumkin!
Sixni chiqarish paytida kuyib qolmaslik uchun qo‘lqopdan foydalaning,
chunki u qaynoq bo‘ladi.
IZOH
Yulduzchali (*) anjomlarning mavjudligi pech modeliga bog‘liq.
NV68R5345CB_WT_DG68-00542C-02_UZ.indd 11NV68R5345CB_WT_DG68-00542C-02_UZ.indd 11 2021-12-09 오후 3:51:462021-12-09 오후 3:51:46

Содержание

Похожие устройства

Скачать