Redmond rbm-m1919 [41/52] Меню menyu tugmachasi avtomatik tayyorlash dasturini

Redmond rbm-m1919 [41/52] Меню menyu tugmachasi avtomatik tayyorlash dasturini
41
UZB
RBM-M1909, RBM-M1919
jarilgan ish jihozning ishdan
chiqishi, jarohatlanish va
mulklarning zararlanishiga
olib kelishi mumkin.
DIQQAT! Har qanday nosozlik
yuz berganda asbobdan foyda-
lanish taqiqlanadi.
Texnik xususiyatlari
Modeli ................................................................................ RBM-M1909, RBM-M1919
Quvvati.....................................................................................................................550 Vt
Kuchlanish ........................................................................................220-240 V, 50 Gts
Elektr toki urishidan himoyalash ........................................................................I sinf
Pishiriq uchun shakl hajmi ....................................................................................... 3 l
Pishiriq vazni.......................................................................................500/750/1000 g
Boshqaruv paneli ............................................................................................... sensorli
Korpus materiali.....................................................................zanglamaydigan po’lat
Pishiriq uchun shakl qoplamasi ..................................................... kuyishga qarshi
Suyuq kristalli displey ................................................................................ monoxrom
Quvvatlarga bog’liq bo’lmagan xotira ..................................................... 10 daqiqa
Gabarit o’lchamlari ......................................................................369 × 267 × 306 mm
Sof og’irligi ...................................................................................................5,3 kg ± 3%
Elektr shnurining uzunligi .................................................................................. 1,2 m
Funksiyalar
Tayyor taomlar haroratini ushlab turish (avtomatik isitish) ......... 1 soatgacha
Ishga tushirishni kechiktirish .............................................................. 15 soatgacha
Ustki qatlam rangini tanlash ..................................................................................bor
Tovushli signal bo’yicha........................................................ masalliqlarni qo’shish
Majmua toplami
Non pishirgich ......................................................................................................1 dona
Pishiqiriq uchun shakl ........................................................................................1 dona
Bagetlar pishirish uchun shakl ........................................................................1 dona
O’lchov stakani .....................................................................................................1 dona
O’lchov qoshiqchasi ............................................................................................1 dona
Xamirni aralashtirish uchun kurak .................................................................2 dona
Kurakni olish uchun ilmoqcha ......................................................................... 1 dona
Foydalanish boyicha qo’llanma ...................................................................... 1 dona
Xizmat ko’rsatish kitobchasi ............................................................................. 1 dona
«101 ta retsept» kitobi.......................................................................................1 dona
Ishlab chiqaruvchi o’z mahsulotini takomillashtirish davomida bunday o’zgarishlar
to’g’risida avvaldan xabardor qilmagan holda mahsulot dizayni, majmualar
to’plami hamda texnik xususiyatlariga o’zgarishlar kiritish huquqiga ega.
Non pishirgichning tuzilishi A1
1. Jihoz korpusi
2. Boshqaruv paneli
3. Qopqoqni ochish uchun dasta
4. Korish oynasi bo’lgan olinuvchi qopqoq
5. Pishiriq uchun shakl dastasi
6. Pishiqiriq uchun shakl
7. Qizdirish kamerasi
8. Ventilyatsiya tirqishlari
9. Elektr ta’minot shnuri
10. Xamirni aralashtirish uchun kurak
11. Bagetlar pishirish uchun shakl
12. O’lchov stakani
13. O’lchov qoshiqchasi
14. Aralashtirish kuragini olish uchun ilmoqcha
Boshqaruv paneli A2
1.
«Меню» («Menyu») tugmachasi avtomatik tayyorlash dasturini
tanlash. Tanlangan dastur raqami displeyda namoyish qilinadi.
2.
«Вес» («Vazn») tugmachasi tayyor mahsulot vaznini tanlash. Standart
boyicha vazn 750 g.
3. «Корочка» («Ust qatlam») tugmachasi mahsulot ust qatlami rangi-
ni tanlash tugmachasi («Светлая» («Och»), «Средняя» («O’rtacha»),
«Темная» («To’q»)). Standart holatda «Средняя» parametri tanlangan
bo’ladi.
4. «+» tugmachasi kechiktirilgan ishga tushirish vaqtini / tayyorlash
vaqtini orttirish.
5. «–» tugmachasi — kechiktirilgan ishga tushirish vaqtini / tayyorlash
vaqtini kamaytirish.
6.
«Варка» («Qaynatib pishirish») tugmachasi «ВАРКА» dasturini tezkor
tanlash.
7. «Замес» («Qorish») tugmachasi «ЗАМЕС» dasturini tezkor tanlash.
8. «Старт/Стоп» («Ishga tushirish/To’xtatish») tugmachasi — tayyorlash
dasturini ishga tushirish / tayyorlash dasturini to’xtatish / tayyorlash
dasturini uzib qo’yish va kutish rejimiga qaytish.
9.
«Мультипекарь» («Multinovvoy») tugmachasi «МУЛЬТИПЕКАРЬ»
dasturini tezkor tanlash.
10. Displey.
Displeyning tuzilishi A3
1. Tayyorlash dasturining tartib raqami
2. Tayyorlash vaqti / ishga tushirishni kechiktirish vaqti qiymati indikatori
3. Tanlangan ust qoplam rangi indikatori
4. Pishiriq vazni indikatori
5. Avtomatik isitish rejimi indikatori
6. Qorish indikatori
7. «Bolalardan himoya qilish» indikatori
8. Pishiriq ust qatlami rangi
9. Tayyorlash bosqichlari indikatori
10. Tindirish indikatori
11. Tayyorlash jarayonining tugaganligini ko’rsatuvchi indikator
12. Masalliqlarni dastlabki isitish indikatori
13. Ishga tushirishni kechiktirish rejimi indikatori
I. FOYDALANISHNI BOSHLASHDAN AVVAL
Mahsulot va uning butlochi qismlarini qutidan ehtiyotlik bilan oling. Barcha
qadoqlash materiallari va reklama nakleykalarini olib tashlang.
Ogohlantiruvchi nakleykalar, ko’rsatkili nakleykalar (mavjud bo’lsa) va uning
korpusidagi mahsulot seriya raqami ko’rsatilgan yorliqni albatta o’z joyida
saqlang! Mahsulotda seriya raqamining bo’lmasligi sizni kafolatli xizmat
ko’rsatishdan avtomatik ravishda mahrum qiladi.
Tashigandan yoki quyi haroratlarda saqlagandan keyin yoqishdan avval
kamida 2 soat jihozni xona haroratida saqlab turish kerak.
Mahsulot ko’rpusini nam latta bilan arting va quriting. Jihozdan dastlabki
foydalanish vaqtida noxush hidlar paydo bo’lishining oldini olish uchun uni
tozalashni amalga oshiring («Jihoz ustidan qarov» bo’limiga qarang).
Yoqishdan avval qurilmaning ichki va tashqi qismlarining shikastlanishlar, singan
joylar va boshqa nuqsonlarga ega emasligiga ishonch hosil qiling. Jihozni qattiq
tekis gorizontal sirtga, issiqlik manbalari, jihozga suv, qaynoq yog’ va boshqa ios
narsalar tushishi mumkin bo’lgan joylardan uzoqroqqa ornating. O’rnatishda jihoz
yaqinida bezakli qoplamalar, elektron jihozlar va yuqori haroratdan shikastlanis-
hi mumkin bo’lgan boshqa buyumlarning bo’lmasligini kuzatib boring. Non pis-
hirgichni stol qirg’og’iga yaqin holatda hamda devor va boshqa jihozlarga taqa-
gan holatda joylashtirmang. Osma mebellar ostiga joylashtirganda qopqoqni
ochish uchun yetarlicha joy qolganligiga ishonch hosil qiling.
II. NON PISHIRGICHDAN FOYDALANISH
Quvvatlarga bog’liq bo’lmagan xotira
REDMOND RBM-M1909, RBM-M1919 nonpishirgichi quvvatlarga bog’liq
bo’lmagan xotiraga ega. Tayyorlash dasturi ishlayotgan vaqtda elektr ta’minoti
uzilib qolganda berilgan barcha sozlanmalar 10 daqiqa davomoda jihoz
xotirasida saqlanadi. Elektr ta’minoti qayta tiklanganda dasturning bajari-
lishi avtomatik ravishda davom ettiriladi.
Ta’minot 10 daqiqadan ortiqroq vaqt bo’lmagan hollarda barcha sozlanma-
lar standart qiymatlariga o’rnatiladi. Sozlanmalar standart qiymatlariga
qaytadan ornatilganda elektr ta’minotiga qaytadan ulanilganda jihoz kutish
rejimiga o’tadi.
Agar retseptda sutli, goshtli mahsulotlardan yoki boshqa tez buzuvchi ma-
hsulotlardan foydalanilsa, jihozni elektr tarmog’idan uzing va uni sovuting.
Pishirish uchun shaklni chiqarib oling, uni tozalang va yangi masalliqlardan
foydalanib retsept boyicha tayyorlashni qaytadan boshlang. Tozalashda
«Jihoz ustidan qarov» bo’limidagi ko’rsatmalarga qat’iy amal qiling.
Agar foydalaniladigan masalliqlar tez buziladigan bo’lmasa, tayyorlash das-
turini qaytadan ishga tushirish (agar pishirish jarayoni boshlanmagan bo’lsa).
Korish oynasi orqali mahsulotning tayyorligini nazorat qilib turing, zarur
bo’lgan hollarda dasturning bajarilishini to’xtatib qo’ying.
Dastur qaytadan ishga tushirilgan hollarda tayyorlangan nonning sifati
kutilganiga mos kelmasligini hisobga olish lozim.
«Bolalardan himoya qilish» funksiyasi
Qo’shimcha xavfsizlikni ta’minlash uchun REDMOND RBM-M1909, RBM-M1919
nonpishirgichida bolalardan himoya qilish funksiyasi ko’zda tutilgan. U tug-
malarning tasodofan bosilishining oldini oladi. Bolalardan himoya qilish
funksiyasini jihoz ishlayotgan rejimga bog’liq bo’lmagan holda faollashtirish
mumkin (avtomatik tayyorlash dasturini tanlash rejimidan tashqari).
Bu funksiyani yoqish uchun nonpishirgichning istalgan ish rejimida «Вес»
va «Корочка» tugmachalarini bir vaqtda bosing va bir necha soniya ushlab
turing. Displeyda indikatori paydo bo’ladi. Bolalardan himoya qilish
funksiyasini o’chirish uchun yana «Вес» va «Корочка» tugmachalarini bir
vaqtda bosing va bir necha soniya ushlab turing.

Содержание