Samsung nv75j5170bs [236/304] Xavfsizlik bo yicha ko rsatmalar

Samsung nv75j5170bs [236/304] Xavfsizlik bo yicha ko rsatmalar
8 O'zbek
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
Bu pech faqat uy sharoitlarida taom tayyorlash uchun mo’ljallangan.
Foydalanish vaqtida pechning ichki yuzalari kuydiradigan darajada qiziydi. Qizdirish elementlariga
yoki pechning ichki yuzalariga ular yetarli darajada sovumagunicha tegmang.
Hech qachon pechda tez yonuvchan materiallarni saqlamang.
Pechdan uzoq vaqt davomida yuqori haroratlarda foydalanilganda pech yuzasi qiziydi.
Taom tayyorlagan vaqtda pech eshigini ochganda ehtiyot bo’ling, chunki issiq havo va bug’ tez
chiqishi mumkin.
Tarkibida spirt bo’lgan taomlarni tayyorlaganda yuqori harorat tufayli spirt bug’lanib chiqishi va
pechning issiq qismlariga tekkanda bug’ alangalanishi mumkin.
Xavfsizlikni ta’minlash uchun bu jihozni suv oqimi yoki yuqori bosim ostidagi bug’ bilan tozalamang.
Pechdan foydalanish vaqtida bolalarni pechdan yetarli darajada uzoqroqda saqlash kerak.
Pitsa kabi muzlatilgan taomlar Katta panjarada tayyorlanishi kerak. Agar pishirish jomidan
foydalanilsa, haroratlardagi katta o’zgarishlar tufayli u deformatsiyalanishi mumkin.
U issiq bo’lgan vaqtda pech tag qismiga suv quymang. Bu emallik yuzaning shikastlanishiga olib
kelishi mumkin.
Taom tayyorlash vaqtida pech eshiklari yopib qo’yilishi kerak.
Pech tag qismiga alyumin folga qoplamang va hech qanday pishirish jomi yoki bankalarni
joylashtirmang. Alyumin folga issiqlikni to’sib qo’yadi, bu esa emallik yuzalarning shikastlanishiga va
taomlarning yaxshi tayyor bo’lmasligiga olib kelishi mumkin.
Meva sharbatlari dog’larni qoldiradi, ular pechning emallik yuzasidan ketmaydigan bo’lishi mumkin.
Namligi juda ko’p bo’lgan piroglarni tayyorlaganda ichi chuqur patnisdan foydalaning.
Idishlarni pechning ochiq eshigi ustiga qo’ymang.
Eshikchani ochayotgan yoki yopayotganda bolalarni pechga yaqinlashishlariga yo’l qo’ymang, chunki
ular o’zlarini eshikchaga urib olishlari yoki barmoqlarini eshikchaga qisib olishlari mumkin.
Eshik ustiga chiqmang, egmang, o’tirmang yoki og’ir narsalarni joylashtirmang.
Eshikni haddan tashqari ortiqcha kuch bilan ochmang.
OGOHLANTIRISH: Qurilmani hattoki taom tayyorlash jarayoni tugagandan keyin ham tokdan
ajratmang.
OGOHLANTIRISH: Pechda taom tayyorlanayotganda pech eshigini ochiq qoldirmang.
NV75J5540RS_WT_DG68-00616J-00_UZ.indd 8 2015-05-20 �� 5:03:49

Содержание

Похожие устройства